Oʻzbekiston respublikasi



Yüklə 5,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə217/257
tarix15.01.2022
ölçüsü5,76 Mb.
#82884
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   257
MOLIYA BOZORI (2) - Sirojiddin Abrorov

Kriptovalyutalar –
 raqamli yoki virtual valyuta hisoblanib, ularda 
xavfsizlik  uchun 
kriptografiya  (grekcha  soʻz, 
maxfiy  belgilar  bilan 
yozilgan xat
)
dan foydalaniladi. Kirptografiya – bu ma’lumotni koʻzda 
tutilmagan  foydalanuvchilardan  himoyalash  yoʻlida,  axborotni 
oʻzgartirish  bilan  bogʻliq  boʻlgan  gʻoya  va  usullar  yigʻindisidir. 
Tarixiy  jihatdan,  kriptografiya  maxfiy  ma’lumotlar,  asosan,  maxfiy 
xizmat  va  razvedka  idoralari  tomonidan  maxfiy  ma’lumotlardan 
himoya  qilish  uchun  ishlatilgan.  Ushbu  sohadagi  olimlarning 
koʻpchiligi,  har  qanday  hukumat  yoki  bank  kabi  boshqa  vositachilar 
bilan  bogʻlanmagan  avtonom  raqamli  valyutaning  oʻzi  yashaydigan 
maxfiylik  va  erkinlik  tufayli  foydali  va  qulay  deb  hisoblaydilar. 


 
288 
Bunday  tizimda  pulni  boshqa  joyga  oʻtkazilishi,  mahalliy  va  xalqaro 
miqyosdagi  hududlar  davlat  tartib-qoidalarini  chetlab  oʻtgan  holda 
osonlik  va  tezda  amalga  oshirilishi  mumkin.  AQSHda  kriptografiya 
asoschisi  Horst  Fietsel  tomonidan  “Dighital  Enscryption  Standard” 
(DES)  ning  1975-yil  17-martda  Federal  Reyestriga  kiritilishi  bilan 
qabul qilinadi.  
 Ushbu  tizim  xavfsizlik  xususiyati  tufayli  kriptovalyutalarini 
soxtalashtirish  murakkab  hisoblanadi.  Kriptovalyutaning  alohida 
xususiyatlaridan  biri  uning  muomilaga  kiritilish  jarayonidir.  Ya’ni,  u 
hech qanday markaziy hokimiyat tomonidan berilmaydi va uni davlat 
aralashuvi  yoki  manipulyatsiyasidan  holi  hisoblanadi.  Oʻz  oʻrnida 
Kriptovalyutalarda  ham  kamchiliklar  ham  mavjud.  Shuningdek, 
ularning  moliya  bozoridagi  dastlabki  rivojlanish  bosqichlari,  xavf-
xatarlari, imkoniyatlari va ularning kelajakdagi holati kriptovalyutalar 
bozorini alohida jihatini asoslaydi. 
 Kriptografik  pullarning  kelajagini  bashorat  qilish  oson  emas, 
chunki  rasmiy  tuzilmalar  sohasida  ayniqsa  juda  koʻp  ishlar  qilinishi 
kerak. Shu bilan birga, banklar va boshqa moliya institutlari kelajakda 
moliyaviy  bitimlar  uchun  alternativ  sifatida  kriptovalyutalarni  koʻra 
olishi kerak. Soʻnggi yillarda jahon moliya bozorida katta oʻzgarishlar 
roʻy  bermoqda.  Shuningdek,  valyuta  instrumentlari  sifatida 
ishlatiladigan  vositalarni,  savdo  operatsiyalarini  iloji  boricha 
osonlashtirsh  va  qulaylashtrirish,  bozor  ehtiyojlariga  mos  ravishda 
oʻzgarishlarini  va  rivojlanishni  talab  etmoqda.  Tovar  ayriboshlanishi 
uchun  foydalaniladigan  vositalar  pul  deb  ataladi.  Pul  -  bu  oʻzaro 
kelishuv vositasi boʻlib, bozorning barcha ishtirokchilari buni amalga 
oshirishda  ishtirok  etadilar.  Insoniyat  va  jamiyat,  iqtisodiy 
munosabatlar,  bozorlar  tobora  rivojlanib  borishi  sababli,  murakkab 
tovar  almashinuvi  vositalariga  ehtiyoj  paydo  boʻldi.  Shu  munosabat 
bilan,  shifrlangan  valyutalarning  joriy  etilishi  xalqaro  toʻlov  tizimini 
bir necha yil avval tasavvur qilib boʻlmaydigan darajada kengayishiga 
sabab boʻlmoqda. 
 

Yüklə 5,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə