Oʻzbekiston respublikasi


Blokcheyn  texnologiyalar



Yüklə 5,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə218/257
tarix15.01.2022
ölçüsü5,76 Mb.
#82884
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   257
MOLIYA BOZORI (2) - Sirojiddin Abrorov

Blokcheyn  texnologiyalar
  –  kriptovalyutalarni  asosini  tashkil 
etuvchi  texnologiyalar  boʻlib,  moliya  bozorini  taraqqiy  etishini  yangi 
bosqichga olib chiquvchi, raqamli innovatsion texnologiyalar boʻlgan, 
kriptografik  tizim  orqali  himoyalangan  va  kiberxavfsizlikning  yuqori 


 
289 
darajasiga ega texnologiyalardir. Tranzaksiyalar bloklarda qayd etiladi, 
har bir blok oʻzidan oldingi blok bilan bogʻlanadi va natijada bloklar 
zanjiri  hosil  boʻladi.  Hosil  boʻlgan  bloklar  zanjiri  esa  “
Blokcheyn
” 
(Blokchain)  deb  ataladi.  Blokcheyn  texnologiyalarning  xususiyati 
ularning  markazlashmaganligi  va  taqsimlanganligidir  (B,  C,  1-rasm) 
va  aynan  shu  xususiyati  bilan  an’anaviy  markazlashgan  (A,  1-rasm) 
toʻlov  tizimlaridan  farqlanadi.  Blokcheyn  texnologiyalarni  yaratuvchi 
va  ularni  yangilab  borish  bilan  shugʻullanuvchilar  maynerlar  deb 
ataladi.  Maynerlar  (Miners)  buning  uchun  mukofotga  ega  boʻladilar. 
Hozirgi kunda Mayning (Mining) bilan shugʻullanuvchilar soni keskin 
ortmoqda.  Mayning  bu  kriptovalyutani  murakkab  matematik 
formulalar  orqali  yaratish  (qazib  olish)dir.  Buning  natijasida  ular 
mukofot  (Bitkoyn)ga  ega  boʻladilar.  Ma’lumotlarga  koʻra,  Moskvada 
oxirgi  2017  yilda  videokartalar  sotuvi  3  marta  koʻpayib,  bozordagi 
talab taklifdan ortib ketishi kuzatilgan. Moskva axborot texnologiyalar 
departamenti  ma’lumotlariga  koʻra  2017  yilning  1  kvartalida 
videokartalar  oʻrtacha  9300  rublda  baholangan,  bu  esa  2016  yil  IV 
choragiga  nisbatan  6%ga  arzon  boʻlsa,  shu  yilning  I  choragiga 
nisbatan  esa  9%ga  qimmatroqdir.  “Yandeks  Market”  ma’lumotlariga 
koʻra  Rossiyada  videokartalar  narxi  2017  yil  yanvar  oyida  oʻrtacha 
13997  rublni,  may  oyida  esa  17 040  rublni  tashkil  etgan.  “Marvel-
distributsiya”  kompaniyasi  departamenti  direktori  A.  Kirichevskiy 
soʻzlariga  koʻra,  joriy  davrda  videokartalarga  boʻlgan  talab  keskin 
koʻtarilib,  bunday  holat  oxirgi  10  yilda  kuzatilmaganligini  hamda 
buning natijasida 200-600$ narxdagi yuqori unumdorlikka ega kartalar 
defitsiti  yuzaga  chiqayotganligini  va  ularni  sotib  olish  navbati  3–4 
oyga choʻzilayotganligini ta’kidlab oʻtdi. Bunday koʻrsatkichning boisi 
mayning  bilan  shugʻullanuvchilarning  sonini  keskin  ortganligidir. 
Bunda  ularga  kuchli  kompyuterlar  kerak  boʻladi.  Mayning  bilan 
shugʻullanuvchilarni yuzaga chiqishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar 
haqida  ogohlantirish  befoyda,  ular  baribir  buni  inobatga  olishmaydi. 
Xuddi  XVII  asrda  shu  kabi  dalillarni  inobatga  olmasdan  “tulip”  lola 
oʻsimligi piyozlari bilan oldi-sotdi qilishga qattiq kirishgan gollandlar 
kabi. 


 
290 
 
A. Markazlashgan 
B. Markazlashmagan 
S. Taqsimlangan 
 
16.1-rasm.

Yüklə 5,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə