Oʻzbekiston respublikasi



Yüklə 5,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə226/257
tarix15.01.2022
ölçüsü5,76 Mb.
#82884
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   257
MOLIYA BOZORI (2) - Sirojiddin Abrorov

 
 
 
XVII BOB. MOLIYA BOZORINI TARTIBGA SOLISH 
 
17.1. Moliya bozorini tartibga solishning zarurligi va 
nazariy jihatlari  
 
Moliya  va  uning  alohida  segmentlari  hisoblangan  qimmatli  qo-
gʻozlar  bozori,  valyuta  bozori,  hosilaviy  qimmatli  qogʻozlar  bozori 
boʻyicha  yangiliklar,  mish-mishlar,  dunyo  miqyosida  yoki  alohida 
mamlakatdagi  siyosiy  yoki  iqtisodiy  holatlarning  oʻzgarishi,  fors-
major  holatlari  (katastrofalar,  avariyalar,  ob-havo  bilan  bogʻliq 
holatlar)  moliyaviy  intrumentlar  bahosida  ham  oʻz  aksini  koʻrsatadi. 
Oʻz  navbatida  bu  jihatlar  bozor  ishtirokchilari,  investorlar,  emitentlar 
moliyaviy  holatiga  bevosita  taʼsir  qiladi.  Baholardagi  bunday  keskin 
reaksiya  yuqoridagilardan  tashqari  qonunchilikka  zid  xatti-harakatlar, 
turli koʻrinishdagi moliyaviy firibgarliklar uchun asos hisoblanadi.  
Moliya bozoridagi holat nafaqat alohida kompaniya va investorlar, 
balki yaxlit iqtisodiyot, davlatlar, mintaqalar, butun jahondagi holatga 
bogʻliq.  Moliya  bozorlarini  qonunchilikka  zid  xatti-harakatlar  va 
firibgarliklardan  himoya  qilish  masalasi  jahon  hamjamiyati  uchun 
nihoyatda  muhim  hisoblanadi.  Aynan  shuning  uchun  moliya  bozori 
rivojlangan  barcha  davlatlarda  birinchi  navbatda  davlat  tomonidan 
tartibga  solishni  ham  oʻz  ichiga  olgan  tartibga  solish  tizimi 
shakllangan.  Moliya  bozorini  tartibga  solishning  eng  qatʼiy 
tizimlaridan  biri  AQSHda  qoʻllaniladi.  Mamlakatda  moliya  bozorida 
faoliyatning barcha jihatlari barcha detallari bilan qonunchilik asosida 
tartibga  solingan  va  unga  amal  qilish  boʻyicha  qatʼiy  nazorat 
oʻrnatilgan. 
Moliya  bozorini  tartibga  solish  –  moliya  bozori  barcha 
ishtirokchilari (banklar, moliyaviy vositachilar, emitentlar, investorlar, 
qimmatli  qogʻozlar  bozori  professional  ishtirokchilari  va  boshqalar) 
faoliyatini  tartibga  solishdir.  Unda  moliya  institutlari  faoliyati  turli 
davlat  organlari  tomonidan  tartibga  solinishi  mavjudligi  holatlarida 
oʻzaro muvofiqlashtirilgan holda tartibga solish amaliyoti qoʻllaniladi. 


 
299 
Moliya bozorini tartibga solishda ichki va tashqi mexanizmlardan keng 
foydalaniladi. 
Ichki  tartibga  solish  ichki  meʼyoriy  hujjatlar  (ustav,  faoliyatni 
amalga  oshirish  qoidalari,  faoliyatga  doir  standantlar,  etika  qoidalari 
va  boshqalar)  asosida  moliya  bozori  ishtirokchilari  faoliyati  tashkil 
etilishini nazarda tutadi. 
Moliya  bozorini  tartibga  solishning  tashqi  mexanizmlari  sifatida 
megaregulyator va makroregulyator keng qoʻllaniladi. Moliya bozorini 
megaregulyator  orqali  tartibga  solish  xalqaro  tashkilotlar  tomonidan 
belgilangan talablar, tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Makroregul-
yator esa bevosita davlat tomonidan tartibga solishni nazarda tutadi va 
odatda  qimmatli  qogʻozlar  bozorini  tartibga  solish  boʻyicha  vakolatli 
davlat  organi  belgilanadi.  Jamoatchilik  tashkilotlari  orqali  moliya 
bozorini  tartibga  solish  amaliyoti  ham  jahon  amaliyotida  tashqi 
mexanizm sifatida keng qoʻllaniladi. 
Moliya  bozorlarini  tartibga  solishning  bosh  maqsadi  bozorning 
shaffofligi  va  samaradorligini  taʼminlash  uchun  ishtirokchilar 
huquqlarini  himoya  qilishdir.  Bunda  maqsaddan  kelib  chiqqan  holda 
belgilanadigan vazifalar quyidagilardan iborat: 
-  moliya  bozori  va  uning  barcha  ishtirokchilari  samarali  ishlashi 
uchun sharoit yaratish
- moliya bozoridagi tartibni saqlab turish
-  moliya  bozorining  barcha  ishtirokchilarini  alohida  shaxslarning 
firibgarliklaridan,  jinoyatlaridan,  umumiy  holda  noqonuniy  xatti-
harakatlaridan himoya qilish; 
- moliya bozorining barcha segmentlarida moliyaviy instrumentlar 
boʻyicha  baholar  shakllanishini  erkin  talab  va  taklif  asosida  tashkil 
etish; 
-  pul  mablagʻlarini  qayta  taqsimlash  mexanizmi  sifatida  moliya 
bozori va uning yangi segmentlari rivojlanishini ragʻbatlantirish; 
-  moliya  bozori  ishtirokchilari  zimmasidagi  majburiyatlar 
(masalan, axborotlarni oshkor qilish boʻyicha)ning bajarilishi boʻyicha 
nazoratni amalga oshirish qilish va boshqalar. 
Moliya  bozorining  regulyativ  infratuzilmasi  moliya  bozorining 
normal ishlashini taʼminlovchi tizimlardan biridir. Unga quyidagilarni 
kiritish mumkin: 


 
300 
-  tartibga  soluvchi  organlar  (davlat  tartibga  soluvchi  organlari  va 
oʻzini oʻzi tartibga soladigan tashkilotlar); 
-  tartibga  soluvchi  funksiyalar  va  jarayonlar  (registratsiya, 
litsensiya, attestatsiya, nazorat); 
-  huquqiy  infratuzilma  (moliya  bozori  ishlashi  uchun  meʼyoriy-
huquqiy baza); 
- moliya bozoridagi kasbiy etika
- amaliy odatlar va anʼanalar. 
Moliya  bozorini  tartibga  solish  davlat  va  oʻzini  oʻzi  tartibga 
solishga  boʻlinadi.  Oʻz  navbatida  qimmatli  qogʻozlar  bozorini  davlat 
tomonidan  tartibga  solish  toʻgʻridan-toʻgʻri  (maʼmuriy)  va  bilvosita 
(iqtisodiy) tartibga solishga ajratiladi. 
Davlat  tomonidan  toʻgʻridan-toʻgʻri  (maʼmuriy)  tartibga  solish 
moliya bozori ishtirokchilariga nisbatan majburiy talablarni belgilash, 
faoliyat  turlarini  litsenziyalash  (bank  faoliyati,  qimmatli  qogʻozlar 
bozorida  professional  faoliyat,  sugʻurta  faoliyati,  investitsiya  fondlari 
faoliyati  va  boshqalar),  qimmatli  qogʻozlarni  davlat  roʻyxatidan 
oʻtkazish,  oshkoralik  va  bozor  ishtirokchilarining oʻzaro  teng  holatda 
xabardorligini taʼminlash va hokazolar orqali amalga oshiriladi. 
Moliya  bozorini  bilvosita  (iqtisodiy)  tartibga  solish  esa  byudjet-
soliq  siyosati,  pul-kredit  siyosati,  xususiylashtirish  (davlat  mulkini 
boshqarish) siyosati kabilar vositasida amalga oshiriladi.  
Umumiy  holda  moliya  bozorini  tartibga  solishda  davlat  quyidagi 
funksiyalarni bajaradi (17.1-jadval). 
 
17.1-jadval 

Yüklə 5,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə