Oʻzbekiston respublikasi


Moliya bozorini tartibga solishda davlatning funksiyalari



Yüklə 5,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə227/257
tarix15.01.2022
ölçüsü5,76 Mb.
#82884
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   257
MOLIYA BOZORI (2) - Sirojiddin Abrorov

Moliya bozorini tartibga solishda davlatning funksiyalari 
№ 
Funksiyalar 
Funksiyalar tavsifi 
1  Strategiyani belgilash  
Moliya  bozorini  rivojlantirish  konsep-
siyasi  uni  amalga  oshirish  dasturlari  ish-
lab chiqiladi 

Huquqiy tartibga 
solish 
Moliya  bozori  faoliyati  boʻyicha  meʼyo-
riy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqiladi 
3  Maʼmuriy funksiya 
Moliya  bozori  ishtirokchilari  faoliyati 
bevosita maʼmuriy tartibga solinadi 


 
301 
4  Ragʻbatlantirish 
Moliya bozorini rivojlantirish, iqtisodiyot 
tarmoqlariga boʻsh pul mablagʻlarini jalb 
qilish  maqsadida  barcha  moliyaviy 
instrumentlardan  foydalanish  iqtisodiy 
dastaklar orqali ragʻbatlantiriladi  
5  Nazorat 
Moliya  bozori  ishtirokchilari  tomonidan 
yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan huquqbu-
zarliklarning oldini olinadi 
6  Arbitraj 
Moliya  bozori  ishtirokchilari  oʻrtasida 
nizoli vaziyatlar hal qilinadi  
 
Yana shuni ham taʼkidlash kerakki, davlat moliya bozorini tartibga 
soluvchi  institut  ekanligidan  tashqari  moliya  bozorining  muhim 
ishtirokchisi hamdir. Bunda davlat qimmatli qogʻozlar emitenti hamda 
yirik investor sifatida moliya bozori ishtirokchisiga aylanishi mumkin. 
Shu nuqtai nazardan davlatning oʻzi ham moliya bozorida maʼlum bir 
majburiyatlarga va huquqlarga ega boʻladi. 
Moliya  bozorida  davlat  tomonidan  tartibga  solishdan  tashqari 
oʻzini  oʻzi  tartibga  solish  amaliyoti  ham  muhim  ahamiyatga  ega 
hisoblanadi.  Bunda  tartibga  solish  oʻzini  oʻzi  tartibga  soluvchi 
tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Oʻzini oʻzi tartibga soluvchi 
tashkilotlar  sifatida  faoliyat  turlari  boʻyicha  moliya  bozori 
ishtirokchilarining  ixtiyoriy  professional  birlashmalari  faoliyat 
koʻrsatadi.  Bunday  birlashmalar  oʻz  aʼzolari  tomonidan  professional 
faoliyatni  amalga  oshirishda  bajarilishi  shart  boʻlgan  majburiyatlarni, 
qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar oʻtkazish boʻyicha standartlarni 
belgilaydi va ularga amal qilinishini nazorat qilib boradi.  
Oʻzini  oʻzi  tartibga  soluvchi  tashkilotlar  moliya  bozori 
ishtirokchilarining  professional  faoliyatni  amalga  oshirishlari  uchun 
sharoitlarni  taʼminlash,  faoliyatni  amalga  oshirish  qoidalariga  amal 
qilinishi  ustidan  nazorat  qilish,  professional  ishtirokchilar  mijozlari 
manfaatlarini himoya qilish kabi masalalarni hal qiladi. Buning uchun 
esa  oʻzini  oʻzi  tartibga  soluvchi  tashkilotlar  davlat  tomonidan  qabul 
qilingan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga zid boʻlmagan moliya bozorida 
professional  faoliyatni  amalga  oshirish  boʻyicha  standartlar  va 
qoidalarni  tasdiqlash  huquqiga  ega  hisoblanadi.  Ular  tomonidan 


 
302 
tasdiqlangan  standartlar  va  qoidalar  aʼzolar  tomonidan  bajarilishi 
majburiy hisoblanadi. 
Jahon  amaliyotida  oʻzini  oʻzi  tartibga  soluvchi  tashkilotlar 
faoliyatining  asosi  moliya  bozorini  tartibga  solish  boʻyicha  davlat 
vakolatlarining bir qismini ularga oʻtkazish hisoblanadi. Shundan kelib 
chiqqan holda oʻzini oʻzi tartibga soluvchi tashkilotlar oʻz aʼzolarining 
faoliyatini  nazorat  qilishda,  mutaxassislarni  oʻqitishda  va  malakasini 
oshirishda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Bu  oʻz  navbatida  moliya 
bozorini  tartibga  solish  boʻyicha  davlat  organlari  xarajatlarini 
kamaytirish  imkonini  beradi,  moliya  bozorini  rivojlantirishda 
professional  ishtirokchilar  manfaatdorligini  kuchaytiradi,  professional 
faoliyat standartlari va qoidalariga rioya qilish taʼminlanadi. 

Yüklə 5,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə