Oʻzbekiston respublikasi


 Moliya bozorini tartibga solish amaliyoti



Yüklə 5,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə228/257
tarix15.01.2022
ölçüsü5,76 Mb.
#82884
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   257
MOLIYA BOZORI (2) - Sirojiddin Abrorov

 
17.2. Moliya bozorini tartibga solish amaliyoti 
 
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  davlat  tomonidan  tartibga  solishi 
moliya  bozori  amaliyotida  ham  muhim  ahamiyatga  ega.  Mamlakatlar 
kesimida  moliya  bozorini  tartibga  solishda  xilma-xillik  kuzatilsada, 
davlat tomonidan tartibga solish amaliyoti maʼlum darajada umumiylik 
kasb etadi. Shundan kelib chiqqan holda quyida xalqaro va milliy ama-
liyotda moliya bozorini tartibga solish amaliyotini koʻrib chiqamiz. 
Moliya  bozorini  tartibga  solishda  davlat  barcha  mamlakatlarda 
hattoki bozor iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan davlatlarda ham 
hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bunda moliya bozorini tartibga solishda 
davlatning  ishtiroki  qonun  ijodkorligi  faoliyati,  meʼyoriy-huquqiy 
tartibga  solish,  bevosita  tartibga  solish  mexanizmlari  hisoblangan 
faoliyatni litsenziyalash, attestatsiyadan oʻtkazish  kabi amaliyotlardan 
foydalanish,  qonunchilikka  rioya  qilinishi  boʻyicha  nazorat  kabilar 
vositasida amalga oshiriladi. 
Moliya  bozorining  tarkibiy  qismi  sifatida  qimmatli  qogʻozlar 
bozorini  davlat  tomonidan  tartibga  solish  boʻyicha  turli  tashkilotlar 
faoliyat  yuritishi  asosida  mamlakatlarni  beshta  yirik  guruhga  ajratish 
mumkin. Har bir guruh haqida quyida toʻxtalib oʻtamiz.
109
 
                                                 
109
 
Закиров Э.
 Зарубежный опыт регулирования рынка ценных бумаг. //Бизнес-эксперт. 
Т., 2015, №8. 


 
303 
Birinchi,  guruh  mamlakatlarida  fond  bozorini  davlat  tomonidan 
tartibga solish organlari bevosita qonunchilik hokimiyatiga yoki davlat 
yuqori mansabdor shaxslariga boʻysunuvchi nisbatan mustaqil institut-
lardir.  Bunga  bevosita  mamlakat  prezidentiga  boʻysunuvchi  AQSH 
Qimmatli  qogʻozlar  va  fond  birjalari  boʻyicha  komissiyasi  misol 
boʻladi. Avstraliyada fond bozori faoliyatini tartibga solish Avstraliya 
Qimmatli  qogʻozlar  va  investitsiyalar  komissiyasi  hamda  Avstraliya 
prudensial  nazorat  kengashi, Polshada Qimmatli qogʻozlar va birjalar 
komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Vengriya moliyaviy nazorat 
boshqarmasi Vengriyada moliya bozori regulyatori hisoblanadi. 
Ikkinchi, guruh mamlakatlarda davlat tartibga solish funksiyalarini 
moliya  vazirliklari  bajaradi.  Bunda  moliya  vazirligi  tarkibida  milliy 
fond  bozorini  boshqarishga  javobgar  maxsus  boʻlinmalar  belgilanadi. 
Angliyada moliyaviy xizmatlar va moliya bozori ishtirokchilari tizimi 
moliya  bozori  yagona  regulyatori  –  Buyuk  Britaniya  moliya  vazirligi 
tarkibiga kiruvchi Moliyaviy xizmatlar idorasi nazorat zonasiga kiradi. 
Bunday  holat  Shvetsiyada  ham  mavjud  boʻlib,  Shvetsiya  moliya 
vazirligi  huzuridagi  mustaqil  agentlik  sifatida  faoliyat  koʻrsatuvchi 
Davlat  moliya  inspeksiyasi  moliya  bozorini  tartibga  solishni  amalga 
oshiradi.  Niderlandiyada  fond  bozorini  tartibga  solish  funksiyalari 
Moliya bozori boshqarmasiga yuklatilgan. 
Uchinchi, guruh mamlakatlarda fond bozorini tartibga solish bilan 
markaziy  banklar  shugʻullanadi.  Niderlandiyada  Moliya  bozori 
boshqarmasi  fond  bozorida  professional  faoliyat  ustidan  bevosita 
nazoratni  amalga  oshiradi.  Umumiy  holda  mamlakat  moliya 
bozorining  barcha  sektorlarini  nazorat  qilish  Niderlandiya  Markaziy 
banki vakolatlariga kiradi. Rossiya Federatsiyasida yaqin vaqtlargacha 
fond bozorini federal tartibga solish Moliya bozori federal xizmati va 
boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshirilardi, lekin 2013 yil 1 
sentyabrdan  bunday  tuzilma  bartaraf  etilib,  ularning  funksiyalari 
moliya  bozorining  yagona  megaregulyatoriga  oʻtkazilgan.  Rossiyada 
megaregulyator rolini bajarish Rossiya bankiga yuklatildi. 
Toʻrtinchi,  guruh  mamlakatlarda  fond  bozorini  tartibga  solish 
boʻyicha  nazorat  va  boshqa  funksiyalar  tartibga  soluvchi  yagona 
organdan tashqari mahalliy hokimiyat organlari maxsus boʻlinmalariga 
ham yuklatilgan. Bunday amaliyot Germaniyada qoʻllaniladi. 
 


 
 
17.2-jadval  

Yüklə 5,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə