Oʻzbekiston respublikasi


  Xorijiy  banklar  yoki  Amerika  banklarining  xorijiy  filial-



Yüklə 5,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/257
tarix15.01.2022
ölçüsü5,76 Mb.
#82884
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   257
MOLIYA BOZORI (2) - Sirojiddin Abrorov

10.  Xorijiy  banklar  yoki  Amerika  banklarining  xorijiy  filial-
larida dollarda shakllantirilgan depozitlar qanday nomlanadi?  
a) yevrodollar; 
b) yevrobond; 
d) yevronota; 
e) yevrovalyuta. 
 


 
29 
 
 
 
III BOB. OBLIGATSIYALAR BOZORI 
 
3.1. Obligatsiyalar muomalasi nazariy jihatlari  
 
Qimmatli  qogʻozlar  bozorining,  umuman  moliya  bozorining  mu-
him instrumentlaridan biri obligatsiyalar hisoblanadi.
 Obligatsiya 
– uni 
chiqargan  shaxs  va  egasi  oʻrtasidagi  qarz  munosabatni  tasdiqlovchi 
qimmatli  qogʻozdir.  Oʻzbekiston  Respublikasi  “Qimmatli  qogʻozlar 
bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga koʻra: 
obligatsiya 
– obligatsiyani saq-
lovchining  obligatsiyaning  nominal  qiymatini  yoki  boshqa  mulkiy 
ekvivalentini  obligatsiyani  chiqargan  shaxsdan  obligatsiyada  nazarda 
tutilgan  muddatda  olishga,  obligatsiyaning  nominal  qiymatidan  qayd 
etilgan  foizni  olishga  boʻlgan  huquqini  yohud  boshqa  mulkiy  huquq-
larini  tasdiqlovchi  emissiyaviy  qimmatli  qogʻoz.  Obligatsiya  uning 
egasiga  obligatsiyaning  nominal  qiymatidan  qatʼiy  belgilangan  foiz 
boʻyicha  daromadni  olish  huquqini  belgilaydi.  Obligatsiya  boʻyicha 
daromad foiz yoki diskontda ifodalanadi. 
Shunday qilib, obligatsiya – oʻz ichiga ikkita quyidagi asosiy ele-
mentni mujassamlashtirgan qarzni ifodalovchi qimmatli qogʻozdir: 
-  emitent  obligatsiya  titulida  koʻrsatilgan  summani  muddati 
kelganda uning egasiga qaytarishi
-  emitent  majburiyati  obligatsiya  egasiga  obligatsiya  nominal 
qiymatidan  kelib  chiqqan  holda  qatʼiy  belgilangan  foiz  toʻlovlarini 
amalga oshirishi. 
Aksiya  va  obligatsiya  oʻrtasidagi  tamoyilial  farq  aksiya  ulush 
munosabatini anglatishi, obligatsiya esa qarz munosabatini anglatishi-
da  namoyon  boʻladi.  Bunda  aksiyani  sotib  olgan  investor  kompaniya 
emitentning  mulkdoriga,  yaʼni  ulushidan  kelib  chiqqan  egasiga 
aylanadi. Obligatsiya sotib olgan investor kompaniya-emitentning kre-
ditoriga  aylanadi.  Bundan  tashqari,  aksiyadan  farqli  oʻlaroq,  obligat-
siyaning  muomalada  boʻlish  muddati  qatʼiy  belgilangan  va  muddati 
kelganda  soʻndiriladi.  Obligatsiya  aksiyaga  nisbatan  afzallikka  ega 
boʻlib,  bu  afzallik  kompaniya  tugatilganda  birinchi  navbatda  obligat-


 
30 
siya  boʻyicha  foiz  toʻlovlari,  soʻngra  aksiya  boʻyicha  devidendlar 
toʻlanadi;  emitent-kompaniya  likvidatsiya  yoki  tugatilishi  jarayonida 
mulkni  taqsimlashda  aksiyadorlar  kompaniyaning  barcha  majburi-
yatlari  shu  jumladan,  obligatsiyalar  boʻyicha  qarz  majburiyatlarini 
soʻndirgandan  keyin  qolgan  mulkdan  ulush  olishlari  mumkin.  Obli-
gatsiya  qarz  instrumenti  boʻlganligi  sababli  kompaniya  emitent 
boshqaruvida qatnashish huquqini bermaydi. 
Obligatsiyalar  davlat  hukumati,  turli  davlat  organlari  va 
munitsipalitetlar mablagʻlarni jamgʻarish instrumenti sifatida namoyon 
boʻladi. Korxonalar ham qoʻshimcha moliyaviy  mablagʻlarga zarurati 
yuzaga kelganda korporativ obligatsiyalar muomalaga chiqarishlari va 
joylashtirishlari mumkin. 
Obligatsiyalarni  chiqarish  kompaniya-emitent  uchun  bir  qator 
jozibador  ahamiyatga  ega:  obligatsiya  emissiyasi  orqali  kompaniya 
zarur  mablagʻlarni  kreditorlarning  kompaniya  moliyaviy  hoʻjalik 
faoliyatiga  aralashuvisiz  jalb  qilishi  mumkin.  Ammo,  obligatsiya 
zayomlari  orqali  jalb  qilingan  mablagʻlarni  kompaniya  xuddi  bank 
kreditlariga qoʻshimcha mablagʻlar sifatida koʻrib chiqishi zarur. Hatto 
fond bozori yuqori rivojlangan  mamlakatlarda  ham  emissiya qilingan 
obligatsiyalar korxonalarning mablagʻlarga boʻlgan yalpi ehtiyojlarini 
qoplamaydi.  Obligatsiyalar  oʻz  mohiyatiga  koʻra  qarz  munosabatini 
bildirganligi  sababli  bank  krediti  tamoyillari  ularga  ham  xosdir. 
Shuning  uchun  obligatsiyalar  emissiyasini  amalga  oshirish  huquqi 
faqat kredit layoqatiga javob beruvchi korxonalarga beriladi. 
Respublikamizda  aksiyadorlik  jamiyatlari  tomonidan  obligatsiya-
larni  emissiya  qilish  tartibi  Oʻzbekiston  Respublikasi  “Aksiyadorlik 
jamiyatlari  va  aksiyadorlar  huquqlarini  himoya  qilish  toʻgʻrisida”gi 
hamda  “Qimmatli  qogʻozlar  bozori  toʻgʻrisida”  Qonunlariga  asosan 
belgilanadi. Ushbu qonunlarga asosan aksiyadorlik jamiyatlari obligat-
siyalarni emissiya qilishda quyidagi shartlarga amal qilishi zarur: 
-  jamiyat  qonun  hujjatlariga  va  oʻz  ustaviga  muvofiq  korporativ 
obligatsiyalarni  va  boshqa  qimmatli  qogʻozlarni  chiqarishga  hamda 
joylashtirishga haqli; 
-  qimmatli  qogʻozlarni,  shuningdek,  korporativ  va  infratuzilma 
obligatsiyalarni chiqarish hujjatsiz shaklda chiqariladi


 
31 
-  emitentning  korporativ  obligatsiyalarni  chiqarish  toʻgʻrisidagi 
qarori  qabul  qilingan  sanadagi,  auditorlik  tashkiloti  xulosasi  bilan 
tasdiqlangan oʻz kapitali miqdori doirasida
-  keyingi  uch  yilda  rentabellik,  toʻlovga  qobiliyatlilik,  moliyaviy 
barqarorlik  va  likvidlilikning  auditorlik  tashkiloti  xulosalari  bilan 
tasdiqlangan  ijobiy  koʻrsatkichlariga  ega  boʻlgan,  shuningdek  qonun 
hujjatlarida  belgilangan  tartibda  mustaqil  reyting  bahosini  olgan 
emitentlar tomonidan chiqarilishi mumkin. 
Yuqoridagilarni kelib chiqqan holda, obligatsiya - bu: 
- emitentning qarz majburiyati; 
-  byudjet  daromadlaridan  oshgan  xarajatlar  qismini  moliyalash-
tirish manbai; 
- aksiyadorlik jamiyatlari investitsiya loyihalarini moliyalashtirish 
manbai; 
- aholi va korxonalar uchun qoʻshimcha daromad olish manbai. 
Obligatsiyalarning qoʻllanish doirasi kengligi sababli, ularni turlari 
va sifati boʻyicha tasniflash maqsadga muvofiqdir. Obligatsiyalarning 
keng  tasnifini  keltirish  uchun  respublikamiz  obligatsiya  bozoridagi 
obligatsiyalardan tashqari jahon moliya bozori va transmilliy korporat-
siyalar  amaliyotida  keng  qoʻllaniluvchi  obligatsiyalar  turlaridan  ham 
foydalanamiz (3.1-jadval).  
3.1-jadval 

Yüklə 5,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə