Oʻzbekiston respublikasi



Yüklə 5,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə231/257
tarix15.01.2022
ölçüsü5,76 Mb.
#82884
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   257
MOLIYA BOZORI (2) - Sirojiddin Abrorov

Rossiya Federatsiyasi,
 Rossiya 
Banki / megaregulyator amal qiladi 
-qimmatli qogʻozlar emissiya risolasi registratsiyasi 
-QQB emitentlari, professional ishtirokchilari nazorati 
-qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va takomillashtirish 
-fond bozorida axborotlar oshkor qilinishini taʼminlash 
-QQB ishtirokchilari mutaxassislari attestatsiyasi 
- QQB professional ishtirokchilarini litsenziyalash 
-Oʻzini oʻzi tartibga soluvchi tashkilotlarni litsenziyalash 
Qozogʻiston,
 Moliya bozori va 
moliyaviy tashkilotlarni nazorat 
qilish qoʻmitasi / megaregulyator 
amal qiladi 
-davlat tomonidan tartibga solish masalalari boʻyicha meʼyoriy-huquqiy 
hujjatlarni ishlab chiqish 
-nodavlat qimmatli qogʻozlar chiqarish, muomalasi va qoplash tartibi va 
shartlarini belgilash va ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish 
-faoliyat turlari boʻyicha lizensiyalar berish, litsenziyani toʻxtatib turish, qayta 
yangilash va mahrum qilish 
-markaziy depozitariy, yagona registrator va litsenziat rahbar xodimlariga 
nomzodlar belgilash 
305
 
 


 
 
Beshinchi, guruh mamlakatlarda fond bozorini tartibga solish bilan 
bir vaqtning oʻzida bozorning alohida segmentlariga ixtisoslashgan bir 
necha  organlar  shugʻullanadi.  Bunday  amaliyot  asosan  fond bozorida 
tijorat  banklari  faol  ishlaydigan  mamlakatlarda,  masalan  Fransiyada 
rivojlangan.  
Fond  bozorini  tartibga  solishning  shakllari  va  metodlari  xilma-
xilligidan  kelib  chiqqan  holda  uzoq  va  yaqin  xorijiy  mamlakatlar 
misolida  koʻrib  chiqish  maqsadga  muvofiq.  Qimmatli  qogʻozlar 
bozorini  boshqarishga  nisbatan  umumiy  yondashuvlarning  koʻpligiga 
qaramasdan  har  bir  mamlakatda  fond  bozorini  davlat  tomonidan 
tartibga  solish  institutlarining  shakllanishi  va  rivojlanishi  oʻz 
xususiyatlariga ega.  
Oʻzbekistonda moliya bozorini tartibga solish faoliyat sohalaridan 
kelib  chiqqan  holda  turli  tashkilotlar  tomonidan  tartibga  solinadi. 
Xususan, qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari faoliyatini tartibga 
solish  Davlat  raqobat  qoʻmitasi  huzuridagi  qimmatli  qogʻozlar 
bozorini  muvofiqlashtirish  va  rivojlantirish  markazi,  shuningdek 
Moliya vazirligi tizimidagi Moliya bozori va davlat aktivlari boʻyicha 
daromadlar  tushumini  nazorat  qilish  boshqarmasi  tomonidan  amalga 
oshiriladi.  Sugʻurta  kompaniyalari  faoliyati  esa  Moliya  vazirligi 
tizimidagi  Sugʻurta  nazorati  davlat  inspeksiyasi  tomonidan,  tijorat 
banklari,  mikrokredit  tashkilotlari  va  lombardlar  esa  Markaziy  bank 
tomonidan nazorat qilinadi va tartibga solinadi.  
Umumiy  holda  yagona  muvofiqlashtiruvchi  organ  mavjud 
emasligi  sababli  mamlakatimizda  ham  ayni  paytda  markazlashgan 
tartibda  megaregulyator  orqali  tartibga  solish  amaliyotini  joriy  etish 
masalasi koʻrib chiqlmoqda. Chunki oxirgi 20-25 yil davomida xorijiy 
mamlakatlarda  yagona  muvofiqlashtiruvchi  organ  orqali  moliya 
bozorini  tartibga  solish  masalasiga  alohida  eʼtibor  qaratilmoqda. 
Bunday  amaliyot  qimmatli  qogʻozlar,  moliya,  sugʻurta  va 
mikromoliyalash  xizmatlari  bozorida  raqobat  muhitini  yaratish, 
monopoliyalarni  cheklash,  ehtimoliy  spekulyatsiyalarning  oldini 
olishda muhim ahamiyat kasb etadi. 


 
307 
 

Yüklə 5,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə