O‘zbekiston Respublikasi


Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə66/369
tarix10.04.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#85249
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   369
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar





  • Bozor iqtisodiyotida XYuSlar o’rtasidagi o’zaro aloqa-larning umumiy modeli qanday ko’rinishga ega?

  • Iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida XYuSlarni moliyaviy isloh qilishning asosiy vazifalari nimalardan iborat?

  • XYuSlar, firmalar va korporatsiyalarni moliyaviy is-loh qilishda kapitalizatsiya jarayoni qanday rol o’ynaydi?

  • Kapitallashtirishning asosiy manbaini aytib bering.

  • Sof foydani kapitallashtirish koeffitsienti qanday aniqlanadi?

  • Aktivlarni kapitallashtirish koeffitsientining aniq-lanish tartibi qanday?

  • Kapitallashtirish jarayoni nimalarga asoslanishi kerak?

  • Nega XYuSlar tomonidan moliyaviy isloh qilish dasturini ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq?

  • Moliyaviy isloh qilish dasturi nimalarni ko’zda tutadi?

  • Moliyaviy boshqaruvning yaxlit samarali tizimini shakllantirish qanday shartlar asosida amalga oshirilishi mumkin?

  • XYuS, firma va korporatsiyalarni moliyaviy isloh qilinish samaradorligini baholashning asosiy ko’rsatkichi nima va uni qanday aniqlash mumkin?

  • Dyupon formulasining ko’rinishi qanday va uning yordamida nimani hisoblash mumkin?

  • Aktivlar qancha ko’p aylansa, ularning rentabelligi qanday o’zgaradi?

  • Bir so’mlik o’z kapitaliga to’g’ri keluvchi aktivlar qanchalik ko’p bo’lsa, rentabellik darajasi shuncha yuqori bo’ladi, degan tasdiq to’g’rimi?

  • Qanday ko’rsatkich XYuSning moliyaviy faolligini, uning aylanma (aktivlar) kapitalning qo’shimcha manbalarini jalb qilish borasidagi mahoratini aks ettiradi?

  • XYuS aktivlarining takror ishlab chiqarishdagi rolini baholash uchun qanday koeffitsientdan foydalanish maq-sadga muvofiq?

  • Xo’jalik faolligi koeffitsienti qanday aniqlanadi va u nimani ifodalaydi?

  • Kapitalning optimal(oqilona) tarkibiy tuzilishi koeffitsienti qanday aniqlanadi?

  • XYuSni moliyaviy isloh qilish dasturini tuzish jarayonida qanday tadbirlar belgilanadi va ulardan qanday samara olinishi ko’zda tutiladi?

  • XYuSni moliyaviy isloh qilish rejasining barcha bo’linmalari nimalarga muvofiqlashtirilishi kerak?

  • Ishlab chiqarish-iqtisodiy va moliyaviy faoliyatning rezerlari nimalardan iborat?

  • Moliyaviy rezervlarni qidirib topishning asosiy usulini ayting.

  • Moliyaviy rezervlarni shakllantirish omillari tizimi qanday guruhlarga bo’linadi?

  • Moliyaviy, ishlab chiqarish va boshqaruv sohalaridagi eng muhim rezerv nimadan iborat?

  • XYuS moliyaviy barqarorligining ichki va tashqi rezervlari qanday omillarga bog’liq bo’ladi?

  • Aktivlarning rentabelligi qanday aniqlanadi?

  • Fond qaytimi ko’rsatkichining aniqlanish tartibi qanday va u nimaga tavsifnoma beradi?

  • Kapitalning faollik koeffitsienti qanday aniqla-nadi?

  • Aylanma mablag’larning nisbiy ozod bo’lishi nimani xarakterlaydi va uni qanday aniqlash mumkin?

  • Moliyaviy leverij deb nimaga aytiladi va u qanday aniqlanadi?

  • Moliyaviy leverij samarasini olish va uni taqsim-lashning umumiy ko’rinishi qanday?

  • To’lovga qobillik koeffitsientining aniqlanish tartibi qanday va u nimani xarakterlaydi?

  • XYuSni bankrot deb e’lon qilmaslik uchun qanday omillarga alohida e’tibor qaratmoq lozim?

  • Har bir guruh omillari hisobidan foyda miqdori o’zgarishining hisob-kitobi qanday tarzda amalga oshirilishi kerak?

  • Tannarx, baho, realizatsiya, realizatsiya qilingan mahsulot assortimenti omillarining ta’siri ostida foydaning o’zgarishi qanday aniqlanadi?

  • Moliyaviy isloh qilish jarayonida XYuS faoliyat ko’rsatishning qanday parametrlariga chiqishga harakat qilishi kerak?



  1. Yüklə 1,07 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   369




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə