O‘zbekiston Respublikasi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə68/369
tarix10.04.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#85249
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   369
T. Malikov O. Olimjonov moliya

T = F аа + F мхм + F их + F ф
Bu yerda: T - tushum;

F аа - asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismoniy eskirishini tiklashga mo’ljallangan amortizatsiya ajratma- lari fondi;

F мхм - moddiy xarajatlarni (xomashyo, materi- allar, yoqilg’i, elektroenergiya va boshqalarni sotib olish) moliyalash- tirish fondi;

F их - ish haqi fondi;

F ф - tovarlarni sotishdan olingan foyda

(soliqlar to’languncha va foydadan boshqa to’lanmalar amalga oshirilguncha).


Ayrim iqtisodchi olimlarning ilmiy tadqiqotlarida moddiy xarajatlar va mehnat haqini moliyalashtirish uchun mo’ljallangan pul mablag’lari XYuSning moliyaviy resurslari tarkibiga kiritilmaydi. Ularning ayrimlari tomonidan esa XYuSning moliyaviy resurslari tarkibiga hatto pulli tushum ham kiritilmayotir. Bunday yondoshuv- larning noto’g’ri ekanligi shubhasiz.

Xorijiy davlatlarda pul tushumi yalpi daromad tarzida talqil qilinadi. Bu narsa XYuS moliyaviy resurslari fondini shakllantirish va qayta yangilashda tushumning umumlashtirilgan ahamiyatini o’zida aniqroq aks ettiradi. Moddiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun mo’ljallangan pul tushumlarining bir qismi, XYuSning real moliyaviy resursi mol etkazib beruvchilar va kontr-agentlarning

hisobvaraqlariga o’tkazilmasdan uning aylanmasida bo’lgan paytda, unga qo’shimcha daromad kelti-radi..

O‘zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga o’tishning dastlabki yillarida XYuSlarnig bir-birlariga o’zaro mol etkazib berish va xizmat ko’rsatish bo’yicha mablag’larni o’z vaqtida to’lamaslik holatlari avj olib ketdi. Inflyatsiya darajasi o’ta yuqori bo’lganligi uchun o’sha davrlarda bank kreditlari stavkasining 100% dan ham baland bo’lganligi holatida sotib olgan mahsulotning pulini o’z vaqtida to’lamaslik shu XYuS ga noqonuniy, lekin qo’shimcha daromad manbai bo’lib xizmat qildi. Shunday holatlar ish haqini o’z vaqtida to’lamaslik tufayli ham yuz berdi. Xodimlarga, ishchi va xizmatchilarga bir necha oylab oylik maoshlarni berishning kechiktirilganligi (orqaga surilganligi) ba’zi bir “tadbirkor” va “bankir”larning tekinga boyish manbalaridan biriga aylandi, chunki o’z vaqtida to’lanmagan ish haqi mablag’lari ularning ixtiyorida bo’lib, ulardan vaqtincha boshqa maqsadlarda foydala-nishlari mumkin edi.

Amortizatsiya ajratmalari fondi XYuSlar moliyaviy resurslarining tarkibiy tuzilmasida muhim rol o’ynaydi. Chunki bunday ajratmalar pul tushumlaridan qancha ajratilganligi va ularning XYuS tegishli hisobvaraqlarida joylashganligiga qarab XYuSlarning real moliyaviy resurslari bo’lib hisoblanadi.

Ishlab chiqarishning rivojlanishi va tovar hamda moliya bozorlarida XYuS faoliyatining faollashuvi natijasida uning moliyaviy resurslari tarkibiy tuzilmasida foyda hal qiluvchi o’rinni egallay boshlaydi. Foyda XYuS o’z mablag’larining asosiy manbai bo’lib, ishlab chiqarish apparatining yangilanishini, sifatning yaxshilanishini, chiqarilayotgan mahsulot assortimentining kengayishini va h.k.larni ta’minlaydi. Foyda hisobidan XYuSning rezerv fondlari, maxsus maqsadlarga mo’ljallangan fondlar tashkil etiladi.

Foyda massasi va normasi, uning xarajatlarga nisbati XYuSning kreditga layoqatligini va uning qarz mablag’larni jalb qilish imkoniyatini, uzoq va qisqa muddatli kreditlarni olishni aniqlab beradigan muhim indikatorlardir. Qarz mablag’larning XYuS o’z mablag’lariga nisbati 1/3 va undan katta darajaga etib, uning to’lovga layoqatligiga kreditorilarga ham, hamkorlariga ham shubha tug’dirmasligi mumkin.

Tijorat XYuSlarning moliyaviy resurslari quyidagi manbalardan tashkil topadi:



      • mahsulot sotishdan tushum hisobidan shakllanadigan moliyaviy resurslar (foyda; amortizatsiya ajratmalari fondi; ish haqi fondi; moddiy xarajatlarni tiklash fon-di);

      • ishlab chiqarilgan mahsulotga bog’liq bo’lmagan sotishdan keladigan tushumlar(mol-mulk; asosiy faoliyatga daxldor bo’lmagan xizmatlar va boshqalar) hisobidan olinadigan moliyaviy resurslar;

      • moliyaviy bozorda shakllanadigan moliyaviy resurslar (kreditlar va zayomlar; o’z aktsiyalari va qimmatli qog’oz-larning boshqa ko’rinishlarini sotish; boshqa emitentlarning qimmatli qog’ozlari bo’yicha dividendlar va foizlar; sug’urta qoplamalari va boshqalar);

      • kreditorlik qarzlari hisobidan tashkil topadigan moliyaviy resurslar (mol etkazib beruvchi va pudratchilarga; mehnat haqi bo’yicha; sotsial sug’urtaga doir; byudjet oldidagi va boshqalar);

      • badallar va maqsadli xarakterdagi tushilmalar hisobidan shakllantiriladigan moliyaviy resurslar (boshqa tashkilotlar va jismoniy shaxslardan tushilmalar, byudjet subsidiyalari va h.k.).




    1. Yüklə 1,07 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   369




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə