O‘zbekiston Respublikasi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə70/369
tarix10.04.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#85249
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   369
T. Malikov O. Olimjonov moliya


мр
S = (P * - P) : P

Bu yerda: S мр - XYuS moliyaviy resurslaridan

foydalanish samaradorligi;

P * - P – bevosita moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish natijasida XYuS tomonidan olingan daromad.
Bevosita moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish natijasida XYuS tomonidan olingan daromad tarkibiga quyidagilar kiradi:


  • XYuS tomonidan aktsiya va boshqa qimmatli qog’ozlarni emissiya qilish asosida bozorda joylashtirishdan olingan dividendlar;

  • boshqa emitentlar qimmatli qog’ozlarini sotib olishdan olingan dividend lar;

  • banklardagi pul omonatlaridan olingan foiz daromad-lari;

  • XYuS foydasidagi valyutalar kurslari bo’yicha farqlar;

  • va boshqalar.

Ajablanarlisi shundaki, XYuS moliyaviy operatsiya-larining daromadliligini xarakterlovchi ko’rsatkich ular-ning samaradorligini sof moliyaviy natijaning sof moliyaviy xarajatlarga nisbati shaklida ifodalab, ko’pchi-lik hollarda XYuS moliya-xo’jalik faoliyatining haqiqiy samaradorligini aks ettirmaydi. Iqtisodiyot real sektori samaradorligining ko’rsatkichlarida va baholarida bankrot holatida bo’lishlariga qaramasdan moliyaviy “spekulyatsiya”-ning imkoniyatlari ularni “cho’kmasdan” turishlariga sharoit yaratadi.

Real sektor XYuSlarida, moddiy ishlab chiqarishda moliyaviy resurslardan foydalanishning samaradorligini mos ravishda baholash talablariga u yoki bu darajada sotuv rentabelligi ko’rsatkichi (foydaning mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan tushumga nisbati) javob beradi. Bu nisbatdagi surat va maxraj pul mablag’laridan iborat bo’lganligi uchun sotuv rentabelligini, ayrim holatlarni istisno qilgan tarzda, sof moliyaviy ko’rsatkich sifatida e’tirof etish mumkin. Shunday bo’lishiga qaramasdan bu yerda yana bir narsani inobatga olmoq lozim, ya’ni samara-dorlikning o’lchovi sifatida yuqoridagi ko’rsatkichning haqqo-niylik darajasi juda ko’p omillarga, xususan, tushum va foydani shakllantiruvchi bozor baholari monopol baho-larni shakllantirishning salbiy ta’sirlaridan qanchalik ozod ekanligiga bog’liq.

Yuqorida ko’rib o’tilgan barcha moliyaviy ko’rsatkichlarda mazmun va shakl o’rtasida dialektik qarama-qarshilikning mavjudligi namoyon bo’ladiki, bu narsa bizning holat (vaziyat)da XYuSlar moliyasining (iqtisodiyot yaxlit moliyaviy sektorining ham) o’z iqtisodiy asosidan, ishlab chiqarishdan ajralib chiqish (uzilish)ga va unga bog’liq bo’lmagan holda mustaqil hayot kechirish imkoniyatini qo’lga kiritishga intilishi orqali ifodalanadi. XYuSlar moliya-xo’jalik faoliyatining samaradorligini tahlil qilish va baholashda moliyaviy ko’rsatkichlar (masalan, tushum va foyda) moddiy aylanma mablag’larning aylanuvchanligi, asosiy ishlab chiqarish fondlari va nomoddiy aktivlarning fond qaytimi (sig’imi) kabi iqtisodiy ko’rsatkichlar bilan birgalikda qaralsa, bu qarama-qarshilik, ma’lum darajada, pasayadi (kamayadi). Ana shu munosabat bilan eng umumlashtiruvchi ko’rsatkichlardan biri quyidagi formulaga muvofiq ravishda hisoblanadigan XYuSning iqtisodiy rentabelligi (biznesning rentabelligi) ko’rsatkichidir:


Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   369




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə