O‘zbekiston Respublikasi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə78/369
tarix10.04.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#85249
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   369
T. Malikov O. Olimjonov moliya

F с = (F аич : T) x 100%
Bu yerda: F с - fond sig’imi;

F аич - asosiy ishlab chiqarish fondlarining yillik o’rtacha qiymati;

T - realizatsiyadan olingan sof tushum.
Dastgohlar yoki asbob-uskunalar ishlashining smenalik koeffitsienti ulardan foydalanish va ularning yuklan-ganlik darajasini ifodalab, yil, chorak, oy va kun davomida har bir birlik dastgoh yoki asbob-uskunalarning necha smenada ishlaganligini ko’rsatadi va u quyidagicha aniq-lanadi:
K с = H к : D у yoki K с = H c : S max
Bu yerda: K с - smenalik koeffitsienti;

H к - kun davomida haqiqatda ishlagan dastgoh (mashina)/soatlar;

D у - dastgoh (mashina)larning umumiy soni;

H c - bir smenada haqiqatda ishlagan dastgoh (mashina)/soatlar soni;

S max - bir smenada maksimal ishlashi mumkin

bo’lgan dastgoh (mashina)/soatlar soni;


Asosiy ishlab chiqarish fondlarining eskirish koeffi-tsienti yangidan yaratilgan mahsulotga o’tkazilishi natija-sida ular iste’mol qiymatining kamayishini ifodalaydi va u quyidagicha aniqlanadi:
K э = (A арен : F ичфб ) x 100%
Bu yerda: K э - eskirish koeffitsienti;

A арен - foydalanishda bo’lgan davr mobaynida asosiy ishlab chiqarish fondlarining renovatsiyasi (qayta tiklanishi)ga hisoblangan amortizatsiya ajratma- larining summasi;

F ичфб - asosiy ishlab chiqarish fondlarining boshlang’ich qiymati.

Asosiy ishlab chiqarish fondlarining yangilanish koef-fitsienti XYuS investitsion talabini qondirishning inten-sivligini ifodalaydi va u quyidagicha hisoblanadi:


K я = (Q аичф : Q баич ) x 100%
Bu yerda: K я - yangilanish koeffitsienti;

Q аичф - yil davomida kiritilgan asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymati;

Q баич - barcha asosiy ishlab chiqarish fondlari-

ning yil oxiridagi qiymati.


Asosiy ishlab chiqarish fondlarining chiqish (chiqib ketish) koeffitsienti esa eskirgan ishlab chiqarish appa-ratining foydalanishdan chiqib ketish dinamikasini ifodalaydi va u quyidagicha aniqlanadi:

Q ч = (Q аичфл : Q аичфб ) x 100%
Bu yerda: Q ч - chiqish (chiqib ketish) koeffitsienti;

Q аичфл - yil davomida tugatilgan (likvidatsiya qilingan) asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymati;

Q аичфб - asosiy ishlab chiqarish fondlarining

yil boshidagi qiymati.


Shunday qilib, asosiy kapital doiraviy aylanishining samaradorligi, ko’p jihatdan, amortizatsiya ajratmalarining maqsadli foydalanilishini, ishlab chiqarish apparatining rivojlanishiga emission daromad va sof foydaning kerakli miqdorlarda reinvestitsiya qilinishini oldindan aniqlab beradi. Shu bilan birgalikda bu yerda, yangi texno-logik tizimlardan foydalanish, mashina va dastgohlarning yuklamalik darajasi, asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’z vaqtida yangilanishi va chiqib ketishi, moliyalashtirishning mumkin bo’lgan barcha manbalarini faol jalb qilish muhim ahamiyat kasb etadi.


    1. Yüklə 1,07 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   369




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə