O‘zbekiston Respublikasi


Aylanma kapital: mazmuni, tarkibiy tuzilmasi va foydalanish samaradorligi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə79/369
tarix10.04.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#85249
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   369
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Aylanma kapital: mazmuni, tarkibiy tuzilmasi va foydalanish samaradorligi

Aylanma kapital XYuS aylanma (o’zgaruvchan) aktiv-lariga avanslashtirilgan kapital qiymatini o’zida ifoda-laydi. Bu kapital XYuS balansining “Aylanma aktivlar” deb nomlangan ikkinchi bo’limida aks ettiriladi. Odatda, aylanma kapital quyidagi bir necha asosiy guruhlarga bo’linadi:



  • takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishini hisobga olgan holda funktsional mo’ljallanganligi bo’yicha;

  • shakllantirish va moliyalashtirish manbalariga ko’ra;

  • likvidlik darajasiga qarab;

  • va boshqa belgilariga muvofiq.

Aylanma kapital juda ko’p funksiyalarni bajaradi. Ularning orasidan quyidagilarni alohida ajratib ko’rsa-tish mumkin:

  • takror ishlab chiqarish;

  • rag’batlantirish;

  • taqsimlash;

  • ishlab chiqarish va muomala sohasining yagonaligini ta’minlash;

  • ishlab chiqarish jarayoning uzluksizligini ta’minlash;

  • va boshqalar.

Aylanma kapital o’z funksiyalarini ham pulli va ham natural- buyum shakllarida amalga oshiradi.

Aylanma kapitalning tarkibiy tuzilmasini uni funk-tsional jihatdan quyidagi ikki tashkil etuvchisi belgilab (aniqlab) beradi:



  • aylanma kapitalning natural-buyum shakllari yoki aylanma ishlab chiqarish fondlari;

  • muomala fondlari.

Tarkibiy tuzilma jihatidan aylanma kapitalning natural-buyum shakllariga, eng avvalo, ishlab chiqarish zaxiralaridan iborat bo’lgan quyidagilar kiradi:

  • xomashyo va asosiy materiallar;

  • sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar;

  • yoqilg’i;

  • qadoqlash va qadoqlash materiallari;

  • joriy ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar;

  • inventarlar va xo’jalik buyumlari;

  • tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari;

  • o’z ishlab chiqarishining yarim tayyor mahsulotlari;

  • kelgusi davr xarajatlari;

  • boshqa xarajatlar.

Aylanma kapitalning tarkibiy tuzilmasini tashkil etuvchi muomala fondlari quyidagi guruhlardan iborat:

  • tayyor mahsulot va qayta sotishga mo’ljallangan tovarlar, ortib jo’natilgan tovarlar;

  • pul mablag’lari – kassadagi pullar, hisob-kitob va valyuta hisobvaraqlaridagi pullar, bankdagi maxsus hisob- varaqlari (akkreditivlar va chek daftarchalari, depozit hisobvaraqlari, boshqa to’lov hujjatlari);

  • qisqa muddatli (bir yildan ortiq bo’lmagan muddatda) moliyaviy qo’yilmalar – boshqa XYuSlar qimmatli qog’ozlariga investitsiyalar, davlat va mahalliy zayomlarning foizli obligatsiyalari, boshqa XYuSlarga berilgan zayomlar, aktsionerlardan o’z aktsiyalarini sotib olish;

  • debitorlik qarzlarining barcha ko’rinishlari, sotib oluvchilar va buyurtmachilarning qarzlari, olinuvchi veksellar, “qiz” va bo’ysunuvchi jamiyatlarning qarzlari, ustav kapitaliga badallar

bo’yicha ta’sischilarning qarz-lari, berilgan avanslar, boshqa debitorlarning mablag’-lari.

Aylanma kapitalning boshqa qismi pulli ko’rinishda shakllantiriladi va aylanma fondlarning iqtisodiy elementlariga pulli kapitalni doimiy avanslashtirish ko’rinishida doiraviy aylanishda bo’ladi. Pul mablag’-larining doiraviy aylanishi XYuS tomonidan ishlab chiqarishga zarur bo’lgan moddiy resurslar qiymatining to’lanishi bilan boshlanadi va shu xarajatlarning mahsulotni sotishdan olingan tushum ko’rinishida qaytishi bilan tugallanadi.

Doiraviy aylanish jarayonida aylanma kapital doimiy qiymat kategoriyasi sifatida saqlanib qolsa-da, o’z tarkibiy qismlarining funktsional shakllarini uzluksiz ravishda quyidagi ketma-ketlikda o’zgartiradi: pul mablag’lari – xomashyo va materiallar zaxiralari – tayyor mahsulot – debitorlik qarzlari – tushum ko’rinishida tushadigan pul mablag’lari. Bunda aylanma kapital kompaniya moliyaviy holatining o’lchovchisi va tartibga soluvchisi hisoblanadi.

Aylanma mablag’lar (kapital)ni shakllantirish va moliyalashtirish manbalari quyidagilardan iborat:



  • o’z va ularga tenglashtirilgan mablag’lar;

  • qarz va jalb qilingan mablag’lar.

O‘z navbatida, aylanma mablag’lar (kapital)ni shakllan-tirish va moliyalashtirishning o’z manbalari tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • ustav kapitali;

  • foyda;

  • emission daromad.

Emission daromad, ayrim hollarda, ta’sischilik foydasi deb ham yuritiladi.

O‘z mablag’lariga tenglashtirilgan manbalar qat’iy passivlardan, ya’ni XYuS aylanmasida doimiy ravishda mavjud bo’ladigan jalb qilingan mablag’lardan iborat. Ish haqi va sotsial sug’urta bo’yicha qarzlar, qadoqlarni qaytarish bo’yicha garovlar, kelgusi davr xarajatlarini qoplash bo’yicha zaxiralar shu shaklda vaqtinchalik foydalanilishi mumkin.

Qarz mablag’lar o’z aylanma mablag’larining etmagan qismini to’ldirishga mo’ljallangan. Ularning tarkibiga:


  • banklarning qisqa muddatli kreditlari;

  • zayomlar;

  • uzoq muddatli kreditlarning bo’sh mablag’lari kiradi. Jalb qilingan mablag’lar:

  • mol etkazib beruvchi va pudratchilarning kreditorlik qarzlari;

  • to’lanuvchi veksellar;

  • “qiz” XYuSlar va bo’ysunuvchi jamiyatlar hamda byudjet oldidagi qarzlar;

  • olingan bo’nak (avans)lar;

  • va boshqa kreditorlar ko’rinishida maydonga chiqadi.

Aylanma kapitalning foydalanish samaradorligini ifodalovchi umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar aylanma mablag’-lar aylanishining soni va aylanma mablag’lar bir marta aylanishining uzoqligi hisoblanadi va ular quyidagicha aniqlanadi:


Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   369




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə