O‘zbekiston Respublikasi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə87/369
tarix10.04.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#85249
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   369
T. Malikov O. Olimjonov moliya

N = E x (U1 + U 2 ) : 2 x B
Bu yerda: N – aylanma mablag’larning normativi;

E – aylanma mablag’larga bo’lgan kunlik ehtiyoj;

U1 + U 2 - navbatdagi ikki mol etkazib berish- larning kunlardagi uzunligi;

B – aylanma mablag’ birligining bahosi.
Aylanma mablag’larning har bir elementlari bo’yicha normativning alohida hisoblanishi natijasida xususiy normativlar vujudga keladi. O‘z navbatida, barcha xususiy normativlarni qo’shish natijasida yig’ma (jamlangan) normativ hosil bo’ladi.

Xomashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlarning alohida turlari bo’yicha zaxiralarning kunlik (kundagi) normasi quyidagi zaxiralar summalarini inobatga olib o’rnatiladi (belgilanadi):



  • transport zaxirasi;

  • tayyorlov zaxirasi;

  • texnologik zaxira;

  • joriy zaxira;

  • sug’urta zaxirasi.

Transport zaxirasi yukning yo’ldagi kunlari va shu yuk uchun hujjatlarni to’lash va ularning harakatlanish kunlari sonini o’z ichiga oladi. Tayyorlov zaxirasi qabul qilishni rasmiylashtirish, navlarga ajratish, ortish-tushirish, kom-plektatsiya qilish, moddiy resurslarni maxsus qayta tiklash va h.k.lar bog’liq. Bu zaxira norma yoki haqiqatda sarflangan vaqt asosida o’lchanadi. Texnologik zaxira ishlab chiqarish texnologiyasiga bog’liq va texnologik normalar asosida hisoblanadi.

Asos sifatida joriy maksimal ombor zaxirasi oli-nadi, chunki u materiallarni navbatdagi ikki etkazib berish intervali o’rtasida ishlab

chiqarish jarayonining uzluksiz-ligini ta’minlaydi. Maksimal joriy zaxira materiallarga bo’lgan o’rtacha kunlik ehtiyoj va navbatdagi ikki mol etkazib berish intervali o’rtasidagi uzunlikning (davomiylikning) ko’paytmasiga teng. Mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish hajmining o’sishi joriy ombor zaxirasining oshirilishini talab qiladi. Shuningdek, maksimal joriy zaxira ishlab chiqarishning bir maromdaligini (ritmligini) ta’minlash uchun har doim biroz o’zgartirilishi kerak. Sug’urta zaxirasi rezerv sifatida, odatda, joriy ombor zaxirasining 50% doirasida qabul qilinadi.

Shunday qilib, zaxiraning kunlardagi normasi tran-sport zaxirasi, tayyorlov zaxirasi, texnologik zaxira, joriy ombor zaxirasi va sug’urta zaxiralarining summasiga teng bo’lgan summalar yig’indisidan iborat.

Tugallanmagan ishlab chiqarish bo’yicha aylanma mablag’-larni norma (me’yor)lashtirish buyumlarning guruhlari bo’yicha amalga oshiriladi va u quyidagi formula yordamida aniqlanadi:


Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   369




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə