O‘zbekiston Respublikasi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə84/369
tarix10.04.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#85249
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   369
T. Malikov O. Olimjonov moliya

K ал = (PM + MQ) : QP 0,2
Bu yerda: K ал - mutloq (absolyut) likvidlik

koeffitsienti;



PM – pul mablag’lari;

MQ - qisqa muddatli moliyaviy qo’yilmalar;

QP - qisqa muddatli majburiyatlar (kelgusi davr daromadlarisiz).
Bu koeffitsientning istaluvchi darajasi  0,2 dan iborat bo’lib, biroq amaliyotda bu narsa o’z faoliyatining turli davrlarida XYuSning moliyaviy siyosati va ishining samaradorligiga bog’liqdir.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida aylanma kapitaldan foydalanishning samaradorligi juda ko’p omillarga bog’liq. U, eng avvalo, to’lov intizomining ahvoli, aylanma mablag’-larning turli funktsional elementlariga joylashtirilgan investitsiyalarning hajmi bilan belgilanadi. Shuningdek, ishlab chiqarish sohasida aylanma kapitaldan samarali foydalanishga ishlab chiqarishning chiqitsiz yuqori texno-logiyalarga asoslanganligi, materiallar qiymatining pasayishi, ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini

minimallashtirish, ishlab chiqarish zaxiralari va ularning harakatini oqilona tashkil qilish hamda natijali boshqaruv ta’sir etadi.

Muomala sohasida bunday omillar qatoriga mol etkazib beruvchilar va iste’molchilar bilan ishlarni yaxshilash, xo’jalik aloqalarining samarali usullaridan foydalanish, zamonaviy marketingni amalga oshirish, tayyor mahsulot zaxiralarini kamaytirish va uning realizatsiya qilinishini tezlashtirish kabilar kiradi. To’lov qobi-liyatini mustahkamlash va mablag’larning aylanuvchanligini tezlashtirish maqsadida debitorlik qarzlari va pul oqimlarini boshqarishni yaxshilash ham bu o’rinda alohida ahamiyat kasb etadi.




    1. Yüklə 1,07 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   369




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə