O‘zbekiston Respublikasi


Aylanma mablag’larni me’yor(norma)lashtirish



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə85/369
tarix10.04.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#85249
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   369
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Aylanma mablag’larni me’yor(norma)lashtirish


Aylanma kapitalni rejalashtirish va undan foyda-lanishni tashkil qilish uchun unga nisbatan bo’lgan ehtiyojni aniqlash usullari va rejalashtirish tizimini ishlab chiqmoq lozim. Moddiy resurslar va ular zaxiralarining hara-katini boshqarish tizimini avtomatlashtirish xususida o’ylamoq, aylanma kapital va uni shakllantirish manba- laridan samarali foydalanish, materiallarning sarfla-nishi va ularning saqlanishi ustidan nazoratni ta’minlash kerak.

Yuqoridagilarni amalga oshirish maqsadlariga xizmat qilish uchun aylanma mablag’lar quyidagi ikki ikki guruhga bo’linadi:



  • me’yor(normalashtiriladigan aylanma mablag’lar;

  • me’yor(norma)lashtirilmaydigan aylanma mablag’lar.

Me’yorlashtiriladigan aylanma mablag’larga aylanma ishlab chiqarish fondlari va realizatsiya qilinmagan tayyor mahsulot zaxiralari kiradi. Me’yorlashtirilmaydigan aylanma mablag’lar esa ombordagi tayyor mahsulot zaxira-laridan tashqari muomala fondlarining barcha element-larini o’z tarkibiga oladi. Aylanma kapitalning o’lchamini optimallashtirish uchun moddiy aylanma mablag’larning rejalashtirilishi amalga oshiriladi.

Moddiy aylanma mablag’larni rejalashtirishning asosini normativ usuli tashkil etadi. Unga ko’ra aylanma mablag’larning normativi belgilanadi, transport, sug’urta, tayyorgarlik, texnologik, joriy zaxiralarni ham qo’shgan holda zaxiralar normalashtiriladi, moddiy resurslarning barcha ko’rinishlari, tugallanmagan ishlab chiqarish, ombor-dagi tayyor mahsulotga nisbatan xarajatlar normasi o’rna-tiladi.

Aylanma mablag’larni me’yorlashtirish jarayoni bir necha bosqichlardan iborat. Dastlab, aylanma mablag’larning har bir elementi bo’yicha ishlab chiqarish zaxiralarining normasi ishlab

chiqiladi. Ishlab chiqarish zahiralarining me’yori ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlovchi ularning ilmiy asoslangan rejali hajmidan iborat bo’lib, u eng avvalo, quyidagilarni o’z ichiga oluvchi XYuS ish sharoitiga bog’liq:



Norma (me’yor) normalashtiriladigan moddiy resurs-larga (ularning har bir turi bo’yicha) bo’lgan o’rtacha kunlik ehtiyojlarning hajmi va mol etkazib berishlar o’rtacha intervali (oraliq)ning uzunligini hisobga olgan holda kunlik zaxiralarda o’rnatiladi (belgilanadi). Demak, agar ana shu oraliq, masalan, 24 kunga teng bo’lgan bo’lsa, shunga mos ravishda zaxiralar shu kunlar oralig’ida ishlab chiqarish tsiklining normal (sog’lom) rivojlanishini ta’minlashga etarli bo’lmog’i lozim.

Kunlarda ifodalangan zaxiralar va ma’lum bir ko’rinishdagi tovar-moddiy boyliklar xarajatlarining normasi (me’yori) asosida normalashtiriladigan zaxira-larni yaratish uchun zarur bo’lgan aylanma mablag’larning hajmi aniqlanadi. Agar me’yor kunlarda aniqlansa (belgilansa), u holda aylanma mablag’larning normativi XYuSning sog’lom (normal) faoliyat ko’rsatishi uchun minimal darajada zarur bo’lgan tovar-moddiy boyliklarning pulda ifodalangan rejalashtirilgan zaxiralaridan iboratdir.

Qandaydir bir resurslarning zaxiralariga avanslash-tiriladigan aylanma mablag’lar normativining formulasi quyidagi ko’rinishga ega:


Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   369




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə