O‘zbekiston Respublikasi


Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə89/369
tarix10.04.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#85249
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   369
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar





  • Umumlashtirilgan ko’rinishda asosiy kapital qanday qiymatning bir qismi hisoblanadi?

  • XYuSning buxgalteriya balansida asosiy kapital qanday sifatda aks ettiriladi?

  • Asosiy kapitalning asosini nimalar tashkil etadi?

  • Mehnat va mahsulotni yaratish jarayonida asosiy kapital nimaning qismi sifatida maydonga chiqadi?

  • Asosiy kapitalning doiraviy aylanishi unga tegishli bo’lgan qiymatning qanday uch funktsional shakllarida harakat qilishini anglatadi?

  • Kapitalning doiraviy aylanishi davomida aylanma kapitaldan farqli o’laroq asosiy kapital qanday o’ziga xos xususiyatlarga ega?

  • Ishlab chiqarish jarayonida asosiy kapitalni buyum-lashgan shakli sifatida nimalar maydonga chiqadi?

  • Iqtisodiy mo’ljallanganligiga ko’ra asosiy fondlar qanday manbalardan tashkil topadi?

  • Asosiy ishlab chiqarish fondlari deb nimaga aytiladi?

  • Noishlab chiqarish asosiy fondlarining tarkibiga XYuSning qanday mulklari kiradi? Ular bo’yicha amorti-zatsiya hisoblanadimi?

  • Asosiy fondlarning tarkibi va ularning aktiv va passiv qismlarini tushuntirib bering.

  • Asosiy kapital doiraviy aylanishining samarador-ligini tahlil qilishda qanday omillarni hisobga olish maqsadga muvofiq?

  • Hozirgi paytda amaliyotda amortizatsiya ajratmalarini hisoblashning asosiy usullari va ularning o’ziga xos xususiyatlarini tushuntirib bering.

  • Chiziqli metod qo’llanilganda bir oy uchun hisoblangan amortizatsiyaning summasi qanday aniqlanadi?

  • Nochiziqli metod asosida amortizatsiya normasini hisoblash qanday amalga oshiriladi?

  • Asosiy kapitalning doiraviy aylanish jarayonida vujudga keladigan o’z moliyaviy resurslarining tarkibiga, amortizatsiya fondidan tashqari, yana qanday daromadlar va turli tushilmalar ham kirishi mumkin?

  • Asosiy fondlarni shakllantirish uchun jalb qilina-digan pul mablag’larining manbalarini qanday guruhlarga bo’lish mumkin va har bir guruhning tarkibiga nimalar kiradi?

  • Asosiy kapitalning doiraviy aylanishi jarayonida ishtirok etadigan moliyaviy resurslardan foydalanishning samaradorligi qanday aniqlanadi?

  • Asosiy kapitaldan samarali foydalanishni baholashda XYuS moliya-xo’jalik faoliyatining natijaliligini ochib beruvchi qanday umumiy moliyaviy-iqtisodiy ko’rsatkich-lardan foydalanish maqsadga muvofiq?

  • Ishlab chiqarishning umumiy rentabelligi ko’rsatkichi qanday aniqlanadi?

  • Fond qaytimi va fond sig’imi ko’rsatkichlarini hisob-lash tartiblari qanday?

  • Smenalik koeffitsienti qanday aniqlanadi?

  • Asosiy ishlab chiqarish fondlarining eskirish koeffitsienti nimani ifodalaydi va u qanday aniqlanadi?

  • Asosiy ishlab chiqarish fondlarining yangilanish koeffitsienti nimani anglatadi va u qanday hisoblanadi?

  • Asosiy ishlab chiqarish fondlarining chiqish (chiqib ketish) koeffitsienti qanday aniqlanadi?

  • Asosiy kapital doiraviy aylanishining samaradorligi nimalarni oldindan aniqlab (belgilab) beradi?

  • Aylanma kapital nimani o’zida ifodalaydi va u XYuS balansining qanday nomlangan bo’limida aks ettiriladi?

  • Aylanma kapital qanday guruhlarga bo’linadi?

  • Aylanma kapital qanday funksiyalarni bajaradi va ularni qanday shakllarda amalga oshiradi?

  • Aylanma kapitalning tarkibiy tuzilmasini uni funk-tsional jihatdan qanday ikki tashkil etuvchi belgilab (aniqlab) beradi?

  • Tarkibiy tuzilma jihatidan aylanma kapitalning natural-buyum shakllariga nimalar kiradi?

  • Aylanma kapitalning tarkibiy tuzilmasini tashkil etuvchi muomala fondlarining tarkibini aytib bering.

  • Aylanma mablag’lar (kapital)ni shakllantirish va moliyalashtirish manbalari nimalardan iborat?

  • Aylanma mablag’lar (kapital)ni shakllantirish va moliyalashtirishning o’z manbalari tarkibiga nimalar kiradi?

  • O‘z mablag’lariga tenglashtirilgan manbalarni aytib bering.

  • Qarz mablag’lar tarkibiga nimalar kiradi?

  • Aylanma kapitalning foydalanish samaradorligini xarakterlovchi umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar nimalardan iborat va ular qanday aniqlanadi?

  • Sof aylanma kapitalni qanday aniqlash mumkin?

  • Sof aylanma kapitalni boshqarishning natijaliligini nima xarakterlab beradi va u qanday aniqlanadi?

  • Aylanma mablag’larni boshqarishda ularni likvidlik darajasi bo’yicha strukturizatsiya qilish maqsadlari uchun likvidlilikning qanday ko’rsatkichidan faol foydalani-ladi va ularni aniqlash tartibi qanday?

  • Bozor iqtisodiyoti sharoitida aylanma kapitaldan foydalanishning samaradorligi qanday omillarga bog’liq?

  • Aylanma kapitalni norma (me’yor)lashtirish deyilganda nimalar tushuniladi va unga ko’ra aylanma mablag’lar qanday guruhlarga bo’linadi?

  • Norma (me’yor)lashtiriladigan aylanma mablag’larning tarkibiga nimalar kiradi?

  • Norma (me’yor)lashtirilmaydigan aylanma mablag’lar-ning tarkibi nimalardan iborat?

  • Moddiy aylanma mablag’larni rejalashtirishning asosini nima tashkil etadi?

  • Aylanma mablag’larni norma (me’yor)lashtirish jarayoni qanday bosqichlardan iborat?

  • Ishlab chiqarish zaxiralarining me’yori(normasi) nima-lardan iborat va u, eng avvalo, nimalarga bog’liq?

  • Me’yor nimalarga nisbatan o’rnatiladi (belgilanadi)?

  • Qandaydir bir resurslarning zaxiralariga avanslash-tiriladigan aylanma mablag’lar normativining formulasi qanday ko’rinishga ega?

  • Xususiy normativlar qanday omillarning hisoblanishi natijasida vujudga keladi?

  • Yig’ma (jamlangan) normativ qanday hosil bo’ladi?

  • Xomashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlarning alohida turlari bo’yicha zaxiralarning kunlik (kundagi) normasi qanday zaxiralar summalarini inobatga olib o’rnatiladi (belgilanadi)?

  • Transport zaxirasining mazmunini tushuntirib bering.

  • Tayyorlov zaxirasi nimalarga bog’liq?

  • Texnologik zaxira nima va u qanday normalar asosida hisoblanadi?

  • Zaxiraning kunlardagi normasi qanday summalarning yig’indisidan iborat?

  • Tugallanmagan ishlab chiqarish bo’yicha aylanma mablag’larni me’yorlashtirish qanday ko’rsatkichlar bo’yicha amalga oshiriladi va u qanday formula yordamida aniqlanadi?

  • Ishlab chiqarish tsiklining davomiyligi (uzoqligi) nimalar bilan belgilanadi?



  1. Yüklə 1,07 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   369




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə