3. Aylanma mablag’larni mye’yorlashtirish Asosiy kapital doiraviy aylanishining mohiyati, tarkibiy tuzilmasi va samaradorligi



Yüklə 108,6 Kb.
səhifə1/11
tarix23.06.2022
ölçüsü108,6 Kb.
#89971
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
moliya referat10


Asosiy va aylanma kapital doiraviy aylanishining
Moliyaviy aspyektlari
Reja:
1. Asosiy kapital doiraviy aylanishining mohiyati, tarkibiy tuzilmasi va samaradorligi
2. Aylanma kapital: mazmuni, tarkibiy tuzilmasi va foydalanish samaradorligi
3. Aylanma mablag’larni mye’yorlashtirish


1. Asosiy kapital doiraviy aylanishining mohiyati, tarkibiy tuzilmasi va samaradorligi

Umumlashtirilgan kо‘rinishda asosiy kapital mehnat vosita-lariga (binolar, inshootlar, uzatish qurilmalari, mashinalar va dastgohlar, transport vositalari va foydali foydalanish muddati 12 oydan oshadigan boshqa vositalar) joylashtirilgan avanslashti-rilgan kapital qiymatining bir qismidir. XYUSning buxgaltyeriya balansida asosiy kapital aylanmadan tashqaridagi aktivlar sifa-tida aks yettiriladi. Uning asosini asosiy vositalar tashkil yeta-di. Bu aktivlarning boshqa yelementlari, ya’ni nomoddiy aktivlar, tugallanmagan qurilish, moddiy boyliklarga daromadli joylash-tirish, uzoq muddatli Moliyaviy qо‘yilmalar, bevosita yoki bilvo-sita asosiy kapitalni kengaytirilgan ishlab chiqarishga xizmat qiladi. Mehnat va mahsulotni yaratish jarayonida asosiy kapital ishlab chiqarish omili va ishlab chiqarishning moddiy-texnik aso-si shaklida amal qiladigan unumli kapitalning qismi sifatida maydonga chiqadi.


Asosiy kapitalning doiraviy aylanishi unga tyegishli bо‘lgan qiymatning quyidagi uch funksional shakllarida harakat qilishi-ni anglatadi:

  • pulli;

  • unumli;

  • tovarli.

Asosiy kapital qiymatining bu shakllarda amal qilishi foyda olishni va mehnat vositalarining takror ishlab chiqarili-shini ta’minlaydi.
Kapitalning doiraviy aylanishi davomida aylanma kapital-dan farqli о‘laroq asosiy kapital о‘zining istye’mol shaklini birdaniga yо‘qotmaydi, ya’ni davomli muddatda yeskiradi. YAngidan yaratilayotgan mahsulotga u о‘zining qiymatini asta-syekinlik bi-lan, yeskirish darajasiga qarab о‘tkazadi va tо‘liq qayta tiklangun-ga qadar kо‘plab ishlab chiqarish sikllari davomida uni tiklab boradi. Bu jarayon amortizasiya dyeb ataladi va u о‘rnatilgan mye’yorlarga muvofiq ravishda har oyda hisoblanadi.
Ma’naviy yeskirishini inobatga olgan holda mehnat vosita-lari boshlang’ich qiymatini tо‘liq tiklash vaqti amortizasiya davri dyeb ataladi. Bu davr tugaganidan sо‘ng asosiy kapitalga avanslash-tirilgan pulli qiymat о‘z aylanishini tugatadi va yana mehnat vositasiga aylanadi. Bu fursatga yetgunga qadar о‘tkazilayotgan qiymat asta-syekinlik bilan va uzluksiz ravishda amortizasiya fon-di kо‘rinishida jamg’arilib boriladi. Sо‘ngra istye’mol qilingan kapitalni yangidan qayta tiklashga foydalaniladi.
Ishlab chiqarish jarayonida asosiy kapitalni buYumlashgan shakli sifatida asosiy fondlar – uzoq vaqt davomida natural-istye’molli shaklda ishlab chiqarish jarayonida foydalanilayotgan moddiy boyliklar yig’indisi – maydonga chiqadi. Iqtisodiy mо‘ljal-langanligiga kо‘ra asosiy fondlar quyidagilarga bо‘linadi:

Ishlab chiqarish jarayonida buYumlashgan-natural shaklda ishtirok yetadigan va kо‘plab ishlab chiqarish sikllari davomida о‘zining qiymatini tayyor mahsulotga qismlarga bо‘lib о‘tkazuvchi mehnat vositalariga asosiy ishlab chiqarish fondlari deyiladi.
Noishlab chiqarish asosiy fondlarining tarkibiga XYUSning balansida bо‘lgan va noishlab chiqarish maqsadlari uchun foydala-nishga mо‘ljallangan XYUSning mulklari kiradi. Ular bо‘yicha amortizasiya hisoblanmaydi. Bu fondlarning qiymati ularning yeskirishi munosabati bilan XYUSning foydasi hisobidan takror ishlab chiqariladi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining tarkibiy tuzilmasi tarmoq, texnologik, ishlab chiqarish va xizmat qilish muddati jihatidan bо‘lishi mumkin. Tarmoq tuzilmasi alohida olingan tarmoqdagi asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatining butun iqtisodiyot bо‘yicha Shu fondlar qiymatidagi salmog’ini xarakter-laydi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining texnologik tuzilma-si alohida guruh ichidagi turli kо‘rinishlarining salmog’ini kо‘rsatadi. Ishlab chiqarish tarkibiy tuzilmasi ishlab chiqarish jarayonida ishtirok yetayotgan mehnat vositalari turli kо‘rinish-larining nisbatidan iborat bо‘lib, investisiyalarning texnologik ilg’orligi va ularning oqilona joylashtirilganligini aks yettira-di. Asosiy fondlarning xizmat qilish muddati jihatidan tarki-biy tuzilmasi ularning ahvolini yosh guruhlari va takror ishlab chiqarish sur’atlari bо‘yicha ifodalaydi. Kyeyingi yillarda asosiy fondlarning yetarli darajada faol takror ishlab chiqarilmagan-ligi uchun ularning yoshi va yeskirishi ortib bormoqda.
Asosiy fondlar pulli tarzda baholanadi va hisoblanadi hamda buxgaltyeriya hisobida asosiy vositalar sifatida aniqlana-di. Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • binolar;

  • inshootlar (nyeft va gaz qazib oluvchi, gidrotexnik, trans-port xо‘jaligi inshootlari va boshqalar);

  • uzatuvchi moslamalar (elektr uzatuvchi, aloqa, quvurlar va h.k.);

  • ishchi va kuch mashinalari va dastgohlari;

  • о‘lchovchi va tartibga soluvchi (о‘zgartiruvchi) priborlar va qurilmalar;

  • uy-joylar;

  • hisoblash texnikasi va orgtexnika;

  • transport vositalari;

  • instrumyentlar;

  • ishlab chiqarish va xо‘jalik invyentarlari va buYumlari;

  • ishchi va mahsuldor qoramollar;

  • kо‘p yillik о‘simliklar.

YUqoridagilardan tashqari asosiy vositalarning tarkibiga yana tashkilotning mulkida bо‘lgan yer maydonlari, tabiatdan foy-dalanish ob’yektlari (suv, qazilma boyliklari va boshqa tabiiy resurslar), asosiy vositalarning ijaraga olingan ob’yektlari ham kiradi.
Ishchi va kuch mashinalari hamda dastgohlari, о‘lchovchi va tartibga soluvchi (о‘zgartiruvchi) qurilmalar hamda priborlar, hisoblash texnikasi, transport vositalari, instrumyentlar, ishlab chiqarish va xо‘jalik invyentarlari, odatda, asosiy fondlarning aktiv qismiga kiritilib, ular mehnat pryedmyetlariga bevosita ta’sir kо‘rsatadi. Ularning qolgan qismlari yesa asosiy fondlar-ning passiv qismiga kiritiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida asosiy kapital aktiv qismining maksimal ravishda oshirilishi yeng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Asosiy kapital doiraviy aylanishining samaradorligini tahlil qilishda quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiq:

  • Moliyaviy nuqtai nazardan asosiy kapitalning doiraviy aylanishi Moliyaviy resurslar tyegishli fondlarining tashkil yeti-lishi bilan kuzatiladi. Bu bir vaqtning о‘zida ham asosiy kapital, ham aylanma kapital aylanishiga tо‘liq tyegishlidir;

  • Shu doiraviy aylanish jarayonida vujudga kyeladigan mo-liyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini baholash mu-him hisoblanadi;

  • Joriy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish va yeskir-gan asosiy ishlab chiqarish fondlarini yangilashning о‘z vaqtida amalga oshirilishi samaradorligini baholash kerak.

XYUS ning Moliyaviy resurslari tarkibida о‘zlik va jalb qilingan pul mablag’lari bо‘lishi mumkin. Takror ishlab chiqarish jihatidan asosiy kapitalning doiraviy aylanishi istye’mol qilingan asosiy fondlarni almashtirish (yangilash) uchun amorti-zasiya mablag’larining amortizasiya fondida jamg’arilishini kо‘zda tutadi. Hisobot davri davomida asosiy vositalar ob’yektlari bо‘yicha amortizasiya ajratmalari hisoblashni qо‘llash usullariga bog’liq bо‘lmagan holda har oyda hisoblanadi. Mavsumiy ishlab chiqarishda ham asosiy vositalar bо‘yicha amortizasiya ajratmala-rining yillik summasi hisobot yilida tashkilotning ishlash davri davomida bir tekisda hisoblanadi. Agar asosiy vositalar-ning ob’yektlari ryekonstruksiya va modernizasiya qilishda bо‘lsa, yoki ular uch oydan kо‘proq muddatga konsyervasiya qilishga о‘tkazilgan bо‘lsa, bunday holatlarda amortizasiya ajratmalarini hisoblash tashkilot rahbarining qaroriga muvofiq tо‘xtatilishi mumkin.
Amortizasiyalashtiriladigan mol-mulklar о‘zlarining foyda-li foydalanish muddatlariga bog’liq ravishda konkryet amortiza-siya guruhlariga birlashtiriladi. Birinchi guruhga foydali foydalanish muddati 1 yildan 2 yilgacha bо‘lgan mol-mulklar kiri-tilsa, oxirgi guruhga yesa foydali foydalanish muddatlari 30 yil-dan ortiq bо‘lgan mol-mulklar kiritiladi.
Amortizasiya guruhlariga kiritiladigan asosiy vositalar-ning klassifikasiyalanishini har bir mamlakatning hukumati aniqlab beradi. Amortizasiya guruhlari kо‘rsatilmagan asosiy vositalarning turlari bо‘yicha ularning foydali foydala-nish muddatlari ularni tayyorlagan tashkilotlarning tavsiyalari va texnik shart-sharoitlariga muvofiq ravishda soliq tо‘lovchining о‘zi tomonidan о‘rnatiladi.
Hozirgi paytda amaliyotda amortizasiya ajratmalarini hi-soblashning ikki asosiy myetodidan foydalaniladi:

  • chiziqli;

  • chiziqsiz.

Amortizasiya ajratmalarini hisoblashning chiziqli myetodi binolar, inshootlar, uzatish qurilmalariga nisbatan ularning foydalanishga topshirish muddatlariga bog’liq bо‘lmagan holda qо‘llaniladi. Asosiy vositalarning qolgan boshqa ob’yektlariga nisbatan amortizasiya summalarini hisob-kitob qilishning Yuqo-ridagi ikki myetodidan – chiziqli va chiziqsiz – biri qо‘llanilishi mumkin.
CHiziqli myetod qо‘llanilganda bir oy uchun hisoblangan amor-tizasiyaning summasi Shu ob’yekt uchun aniqlangan amortizasiya nor-masi va ob’yektning dastlabki (tiklash) qiymatiga nisbatan qu-yidagicha aniqlanadi:



Yüklə 108,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə