3. Aylanma mablag’larni mye’yorlashtirish Asosiy kapital doiraviy aylanishining mohiyati, tarkibiy tuzilmasi va samaradorligi


Aylanma kapital: mazmuni, tarkibiy tuzilmasi va foydalanish samaradorligi



Yüklə 108,6 Kb.
səhifə6/11
tarix23.06.2022
ölçüsü108,6 Kb.
#89971
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
moliya referat10

2. Aylanma kapital: mazmuni, tarkibiy tuzilmasi va foydalanish samaradorligi

Aylanma kapital XYUS aylanma (о‘zgaruvchan, mobil) aktiv-lariga avanslashtirilgan kapital qiymatini о‘zida ifodalaydi. Bu kapital XYUS balansining “Aylanma aktivlar” dyeb nomlangan ikkinchi bо‘limida aks yettiriladi. Odatda, aylanma kapital quyi-dagi bir nyecha asosiy guruhlarga klassifikasiya qilinadi:



  • takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok yetishini hi-sobga olgan holda funksional mо‘ljallanganligi bо‘yicha;

  • shakllantirish va Moliyalashtirish manbalariga kо‘ra;

  • lividlilik darajasiga qarab;

  • va boshqa belgilariga muvofiq.

Aylanma kapital juda kо‘p funksiyalarni bajaradi. Ular-ning orasidan quyidagilarni alohida ajratib kо‘rsatish mumkin:

  • takror ishlab chiqarish;

  • rag’batlantirish;

  • taqsimlash;

  • ishlab chiqarish va muomala sohasining yagonaligini ta’-minlash;

  • ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash;

  • va boshqalar.

Aylanma kapital о‘z funksiyalarini ham pulli, ham natural-buYum shakllarida amalga oshiradi.
Aylanma kapitalning tarkibiy tuzilmasini uni funksional jihatdan quyidagi ikki tashkil yetuvchi belgilab beradi:

  • aylanma kapitalning natural-buYum shakllari yoki aylanma ishlab chiqarish fondlari;

  • muomala fondlari.

Tarkibiy tuzilma jihatidan aylanma kapitalning natural-buYum shakllariga, yeng avvalo, ishlab chiqarish zaxiralaridan ibo-rat bо‘lgan quyidagilar kiradi:

  • xom ashyo va asosiy matyeriallar;

  • sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar;

  • yoqilg’i;

  • qadoqlash va qadoqlash matyeriallari;

  • joriy ta’mirlash uchun yehtiyot qismlar;

  • invyentarlar va xо‘jalik buYumlari;

  • tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari;

  • о‘z ishlab chiqarishining yarim tayyor mahsulotlari;

  • kyelgusi davr xarajatlari;

  • boshqa xarajatlar.

Aylanma kapitalning tarkibiy tuzilmasini tashkil yetuvchi muomala fondlarining tarkibi quyidagilardan iborat:

  • tayyor mahsulot va qayta sotishga mо‘ljallangan tovarlar, ortib jо‘natilgan tovarlar;

  • pul mablag’lari – kassadagi pullar, hisob-kitob va valYuta hisobvaraqlaridagi pullar, bankdagi maxsus hisobvaraqlari (akkreditivlar va chek daftarchalari, dyepozit hisobvaraqlari, bosh-qa tо‘lov hujjatlari);

  • qisqa muddatli (bir yildan ortiq bо‘lmagan muddatda) Moliyaviy qо‘yilmalar – boshqa XYUSlar qimmatli qog’ozlariga in-vyestisiyalar, davlat va mahalliy zayomlarning foizli obligasiya-lari, boshqa XYUSlarga berilgan zayomlar, aksionyerlardan о‘z aksiyalarini sotib olish;

  • dyebitorlik qarzlarining barcha kо‘rinishlari, sotib oluv-chilar va buYurtmachilarning qarzlari, olinuvchi vyeksyellar, shо‘ba va bо‘ysunuvchi jamiyatlarning qarzlari, ustav kapitaliga badallar bо‘yicha ta’sischilarning qarzlari, berilgan avanslar, boshqa dyebitorlarning mablag’lari.

Aylanma kapitalning boshqa qismi pulli kо‘rinishda shakl-lantiriladi va aylanma fondlarning iqtisodiy yelementlariga pulli kapitalni doimiy avanslashtirish kо‘rinishida doiraviy aylanishda bо‘ladi. Pul mablag’larining doiraviy aylanishi XYUS tomonidan ishlab chiqarishga zarur bо‘lgan moddiy resurslar qiy-matining tо‘lanishi bilan boshlanadi va Shu xarajatlarning mah-sulotni realizasiya qilishdan olingan tuShum kо‘rinishida qay-tishi bilan tugallanadi.
Doiraviy aylanish jarayonida aylanma kapital doimiy qiy-mat kategoriyasi sifatida saqlanib qolsa-da, о‘z tarkibiy qismla-rining funksional shakllarini uzluksiz ravishda quyidagi kyetma-kyetlikda о‘zgartiradi: pul mablag’lari – xom ashyo va matyeriallar zaxiralari – tayyor mahsulot – dyebitorlik qarzlari – tuShum kо‘ri-nishida tushadigan pul mablag’lari. Bunda aylanma kapital kompa-niya Moliyaviy holatining о‘lchovchisi va tartibga soluvchisi hisob-lanadi.
Aylanma mablag’lar (kapital)ni shakllantirish va Moliyalash-tirish manbalari quyidagilardan iborat:

  • о‘zlik va ularga tyenglashtirilgan mablag’lar;

  • qarz va jalb qilingan mablag’lar.

О‘z navbatida, aylanma mablag’larni shakllantirish va mo-liyalashtirishning о‘z manbalari tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • ustav kapitali;

  • foyda;

  • yemission daromad.

YEmission daromad, ayrim hollarda, ta’sischilik foydasi dyeb ham Yuritiladi.
О‘zlikka tyenglashtirilgan manbalar qat’iy passivlardan, ya’ni XYUS aylanmasida doimiy ravishda mavjud bо‘ladigan jalb qilingan mablag’lardan iborat. Ish haqi va ijtimoiy sug’urta bо‘yicha qarzlar, qadoqlarni qaytarish bо‘yicha garovlar, kyelgusi davr xarajatlarini qoplash bо‘yicha zaxiralar Shu shaklda vaq-tinchalik foydalanilishi mumkin.
Qarz mablag’lari о‘z aylanma mablag’larining yetmagan qismini tо‘ldirishga mо‘ljallangan. Ularning tarkibiga:

Jalb qilingan mablag’lar:

  • mol yetkazib beruvchi va pudratchilarning kreditorlik qarz-lari;

  • tо‘lanuvchi vyeksyellar;

  • “qiz” XYUSlar va bо‘ysunuvchi jamiyatlar hamda byudjet ol-didagi qarzlar;

  • olingan avanslar;

  • va boshqa kreditorlar kо‘rinishida maydonga chiqadi.

Aylanma kapitalning foydalanish samaradorligini tavsif-lovchi umumlashtiruvchi kо‘rsatkichlar aylanma mablag’lar aylani-shining soni va aylanma mablag’lar bir marta aylanishining uzoq-ligi hisoblanadi va ular quyidagicha aniqlanadi:



Yüklə 108,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə