O‘zbekiston Respublikasi


Xo’jalik yurituvchi sub’yekt moliyaviy resurslaridan



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə69/369
tarix10.04.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#85249
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   369
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Xo’jalik yurituvchi sub’yekt moliyaviy resurslaridan


foydalanish samaradorligi
Iqtisodiy munosabatlarni takror ishlab chiqarish shakllaridan biri sifatida XYuSlar moliyasining harakati minimal xarajatlarda maksimal natijalarning olinishini nazarda tutuvchi samaradorlikning umumiqtisodiy me’zo-niga bo’ysunadi. Shu sababli XYuS moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini quyidagi formula orqali tasavvur etish mumkin:
S мр = N м ф : X мр
Bu yerda: S мр - XYuS moliyaviy resurslaridan

foydalanish samaradorligi;



N м ф - ma’lum davr (o’tgan yoki rejali) uchun XYuS faoliyatining moliyaviy natijasi;

X мр - shu moliyaviy natijani qo’lga kiritish uchun

XYuS tomonidan sarflangan (yoki rejalashtirilgan) moliyaviy resurslar xarajatlari


XYuS moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini aniqlashda shu narsani inobatga olish kerakki, moliyaviy natija faqatgina moliyaviy emas, balki moddiy va mehnat resurslari

xarajatlarining natijasi hamdir. Shuning uchun ham, masalan, mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan foydani taqqoslab turib, buning natijasida faqat faoliyatning sof moliyaviy tomonini xarakterlovchi ko’rsatkichga ega bo’lamiz, deb hisoblash maqsadga muvofiq emas. Bu XYuS moliyaviy-xo’jalik faoliyati samaradorligini ifodalovchi yaxlit ko’rsatkichlardan biri bo’lib, unga kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida moddiy-ishlab chiqarish va moliyaviy oqimlarning ajralmas bog’liqligi xosdir.

Yuqorida bildirilgan fikr o’ziga moliyaviy natija va moliyaviy xarajatlarning tavsifini mujassam etuvchi XYuS moliyaviy-xo’jalik faoliyatining samaradorligini xarakterlovchi boshqa ko’rsatkichlarga ham to’liq tegishlidir. Shunday bo’lishiga qaramasdan tahliliy maqsadlar uchun bu majmua (to’plam)dan aynan XYuSning moliyaviy faoliyatini, uning moliyaviy va baho siyosatining samaradorligini o’xshash tarzda(aynan) xarakterlovchi ko’rsatkichlarni ajratib olish muhimdir.

Shunisi taajjublanarliki, XYuS moliyaviy faoliyatining samaradorligini o’xshash(aynan) ifodalovchi bo’lib fond, moliya- kredit va pul bozorlaridagi ular operatsiyalarining daromadliligi hisoblanadi. Bu yerda, ma’lumki, pul (P* ) go’yoki to’g’ridan-to’g’ri puldan (P) hosil bo’ladi. U holda moliyaviy samaradorlikni aniqlash formulasi quyidagi ko’rinishni oladi:




Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   369




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə