O‘zbekiston Respublikasi


To’g’ri (bevosita) soliqlar



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə355/369
tarix10.04.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#85249
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   ...   369
T. Malikov O. Olimjonov moliya

To’g’ri (bevosita) soliqlar – daromad solig’i, foyda solig’i, resurs to’lovlari, mol-mulk solig’i va boshqalardan iborat bo’lib, ularga egalik qilish va ulardan foydalanish soliqqa tortish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.

To’g’ri (bevosita) soliqqa tortish – shaxsan yoki ish beruvchi orqali soliqlarni soliq xizmatlariga to’g’ridan-to’g’ri to’lash orqali amalga oshiriladigan jamiyat a’zolarini bevosita soliqqa tortishdan iborat. Aniq bir shaxsning ahvoliga bog’liq bo’lmasdan, balki uning qanday mahsulotlarni sotib olishiga bog’liq bo’lgan egri (bilvosita) soliqqa tortishdan farq qiladi.

To’lov balansi - ma’lum bir davr (oy, chorak, yarim yil, yil) mobaynida mamlakat tomonidan xorijga to’langan to’lanmalar va xorijdan olingan to’lovlar o’rtasida nisbat. O‘z ichiga tegishli

davrda mamlakat tovarlari eksporti va importi qiymatlarini ifodalovchi savdo balansini, xizmatlar balansini va notijoriy to’lovni oladi. Bularning barchasi joriy operatsiyalar bo’yicha to’lov balansini shakllantiradi. Mamlakatning umumiy to’lov balansi esa joriy operatsiyalar bo’yicha to’lov balansi, kapitallar va kreditorlar harakati balansi, shuningdek, oltin va valyuta rezervlari harakati balansidan tashkil topadi.



To’lov aylanmasi – mamlakat iqtisodiyotidagi barcha pulli to’lovlar (pul to’lovlarining) majmui (yig’indisi, to’plami).

To’lovlarning navbatliligi - bir necha muddatli va muddati o’tib ketgan to’lovlar mavjud bo’lganda va ularni to’liq to’lash (qaytarish, uzish) uchun mablag’lar etarli bo’lmagan holda to’lovchining hisob varag’idan pul mablag’larini o’tkazish (olish, undirish) ketma-ketligi.

Tibbiyot sug’urtasi – sog’liqni saqlash bo’yicha aholi manfaatlarini sotsial himoya qilishning shakli. Sug’urta hodisasi ro’y bergan paytda fuqarolarga tibbiy yordam olinishini kafolatlaydi. Ikki shaklda amalga oshirilishi mumkin: majburiy va ixtiyoriy.


Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   ...   369




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə