O`zbekiston respublikasi


FAN BO’YICHA TALABALARNING BILIMI, KO’NIKMA VA MALAKASIGA QO’YILADIGAN TALABLAR



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə29/109
tarix09.01.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#98388
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   109
787f0300a3ca773ccee0d772b3e712e1 NOSHIRLIK ISHINING IJTIMOIY MOHIYATI (1)

FAN BO’YICHA TALABALARNING BILIMI, KO’NIKMA VA MALAKASIGA QO’YILADIGAN TALABLAR
Tyurkologiyada yaratilgan eng yaxshi asarlarni ilg’ash, adiblar tomonidan yaratilgan asarlarning badiiy matnini tahlil qilish, badiiy asarga estetik baho bera olish, adabiy hodisalarni ilmiylik va mantiqiylik asosida o’rganish, badiiy tafakkur va estetik tasavvurning uyg’unligini ta’minlash, mustaqil va zamonaviy fikrlash, kundalik faoliyatda badiiy-estetik madaniyatni yuksaltirish, badiiy va ilmiy tafakkurning yuksak darajadagi ko’nikmalarini hosil qilishdan iborat.
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
O’quv jarayoni bilan bog’liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o’qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg’or pedagogik texnologiyalardan va mul’timedia vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o’ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo’yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.
“Turkiy tillarning qiyosiy–tarixiy gramatikasi” kursini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligiga diqqat qilish.
Faoliyatga yo’naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi.
Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o’quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z-o’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni obyektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash - yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llash.
O’qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliy ishlar.
O’qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o’zaro o’rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.
O’qitish vositalari: o’qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilan bir qatorda – kompyuter va axborot texnologiyalari.
Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o’zaro munosabatlar. Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blis-so’rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o’qitish diagnostikasi.
Boshqarish usullari va vositalari: o’quv mashg’uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko’rinishidagi o’quv mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining
birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.
Monitoring va baholash: o’quv mashg’ulotida ham butun kurs davomida ham o’qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borishdan iborat. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi. “Turkiy tillarning qiyosiy–tarixiy gramatikasi” fanini o’qitish jarayonida kompyuter texnologiyasidan, “poinport” dasturlaridan foydalaniladi. Ayrim mavzular bo’yicha talabalar bilimini baholash test asosida va kompyuter yordamida bajariladi. “Internet” tarmog’idagi rasmiy ko’rsatkichlaridan foydalaniladi, tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch so’z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o’tkaziladi.
FANNING O’QUV REJADAGI BOSHQA FANLAR BILAN O’ZARO BOG’LIQLIGI VA USLUBIY JIHATDAN UZVIY KETMA-KETLIGI
Mazkur fanning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi – dialiktalogiya, jahon adabiyoti tarixi, estetika, milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar, san’at sosiologiyasi, psixologiya, falsafa fanlarida o’rganiladigan muammolarning umumiyligi bilan bir-biriga bog’langan.
Dasturda ko’rsatilgan mavzular ma’ruza, seminar, amaliy mashg’ulotlar shaklida olib boriladi, shuningdek, fanning dolzarb masalalari talabalarga mustaqil ish sifatida o’zlashtirish uchun beriladi. Fan zamonaviy pedagogik texnologiyalarning turli metodlari orqali o’tkaziladi.
FANNING IShLAB ChIQARIShDAGI O’RNI
Talabalarda Turkiy tillarning qiyosiy–tarixiy gramatikasi fani bo’yicha bilimlarni shakllantirish, adabiy tur va janrlar, badiiy asarlarni metodologik nuqtai nazardan tahlil qilishga doir muayyan bilimga ega bo’lish va ularni amaliyotda tatbiq etish muhim ahamiyatga ega. Bu jarayon bevosita adabiy-ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.
FANNI O’QITIShDA ZAMONAVIY AXBOROT VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYaLAR
« Turkiy tillarning qiyosiy–tarixiy gramatikasi » fanini o’zlashtirishda o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga ega. Dasturda ko’rsatilgan mavzular ma’ruza, amaliy mashg’ulot, seminar mashg’ulotlari shaklida olib boriladi, shuningdek, fanning dolzarb masalalarining ba`zi qirralari talabalarga mustaqil ta’lim sifatida o’zlashtirish uchun beriladi. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlarining elektron variantlari, tarqatma materiallar, texnik vositalardan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy va seminar mashg’ulotlari zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ilg’or metodlari orqali hamda slaydlar, multimedia namoyishlari bilan o’tkaziladi.
Turkiy tillarning qiyosiy–tarixiy gramatikasi” fanidan mashg’ulotlarning mavzular va soatlar bo’yicha taqsimlanishi:


Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə