O‘zbekiston respublikasi


Usmonli turklar va Buxoro diplomatik munosabatlari



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/32
tarix11.02.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#100636
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32
Бухоро хонлиги укув кулланма 05 01 2019

 
Usmonli turklar va Buxoro diplomatik munosabatlari.
 
Uzoq 
o’tmishga taqalgan O’rta Osiyo va Usmoniylar davlatlari o’rtasidagi 
siyosiy munosabatlar Usmoniylar sultonlarining tashabbusi natijasida XVI 
asrda qayta jonlandi. Eronning Usmoniylar davlatiga qarshi tajovuzlar 
siyosatini bartaraf qilish uchun 1514-yil avgust oyida Usmoniylar sultoni 
Salim I (Yovuz)ning (1512-1520) Muhammadbek orqali Shayboniylar 
hukmdori Ko’chkinchixonga (1510-1530) yuborgan maktubi ikki davlat 
o’rtasida siyosiy munosabatlarning o’rnatilishiga yo’l ochdi. Usmoniylar 
sultoni Sulaymon (Qonuniy) (1520-1566) va Shayboniylar hukumdori 
Ubaydulloxonning (1533-39) Eronga qarshi birgalikda kurashish 
maqsadida qilgan harakatlari bu davlatlar o’rtasidagi munosabatlarning 
kuchayishiga olib keldi. 1529-yildagi Usmoniylar Avstrya urishi 
usmoniylardan Eron masalasini ikkinchi o’ringa surishni taqazo qildi. 
Lekin 1533-yil Usmoniylar davlati Avstrya bilan sulh shartnomasi 
imzolangandan so’ng Eron masalasiga yana o’z etiborini qaratdi. 1548-yil 
Shayboniylar hukumdori Abdulatif (1540-1551) Sulaymon Qonuniyning 
Eronga qarshi birgalikda kurashish taklifini qabul qilib undan qurol 
yaro’g’ yuborishni so’raydi. Tadqiqodlarda ko’rsatilishicha Istanbuldan 
yuborilgan qurol-yarog’lar Samarqandga yetib kelganda Abdulatif vafot 


89 
etgan edi. Natijada uning Usmoniylar bilan birga Eronga qarshi harbiy 
yurish rejasi amlga oshmadi.
1556-yilda 
Shayboniylar 
hukumdori 
Baroqxon 
(1540-1556) 
Istanbulga elchilari Muboriziddin Qutlug’ Fulodiy va Nizomiddin 
Ahmadlarni yuborib jo’natilgan qurol-yarog’larni olganligini va mamlakat 
ichkarisidagi siyosiy vaziyat barqarorlashgan Eronga yurish boshlashi 
mumkinligini ma’lum qiladi. Ammo, Sulaymon I Eron bilan Amasiya 
shartnomasi imzolanganligi (1555yil) tufayli harbiy yordam bera 
olmasligini bildiradi. Sulaymon I ning bunday javobi Shayboniylar va 
Usmoniylar davlati o’rtasidagi siyosiy munosabatlar XVI asrning 
oxirlariga kelibgina qayta jonlanishiga sabab bo`ladi. Usmoniylar sultoni 
Murod III (1574-1595) Buxoro xoni Abdullaxon II ga (1583-1598) qurol 
yarog’ yuborib Safaviylarga qarshi birgalikda kurashishni taklif qiladi. 
Abdullaxon II Usmoniylar sultonining taklifiga rozi bo’ldi. Eronga qarshi 
urush davom etayotgan bir paytda Safaviylar Usmoniylar sultoni bilan sulh 
tuzishga muvoffaq bo’ldi. Usmoniylarning urushdan chiqishi Shayboniylar 
bilan siyosiy aloqalarining susayishiga sabab bo’ldi. Natijada ma’lum bir 
mudatgacha bu davlatlar o’rtasidagi munosabatlarda turg’unlik davri hukm 
surdi.
1639-yilda 
Usmoniylar 
sultoni 
Murod 
IV 
(1623-1640) 
Ashtarxoniylar hukumdori Imomqulixonga (1611-1642) elchi yuborib 
Eronga qarshi birgalikda hujum qilishni taklif qiladi. Uning taklifiga 
Imomqulxon qanday javob berganligi haqida manbalarda ma’lumot 
uchramasa ham shunisi ma’lumki bu davrda Imomqulixon va Eron shoxi 
Abbos o’rtasida yaxshi munosabatlar yo’lga qo’yilgan. 1690-yilda 
Ashtarxoniylar va Usmoniylar o’rtasidagi do’stona munosabatlarni 
rivojlantirish maqsadida Subxonqulixon (1681-1701) Sulton Sulaymon II 
(1687-1691) huzuriga elchilarni yuboradi. Shundan so’ng manbalarda 
ko’rsatilishicha sulton Ahmad II ning (1691-1695) elchisi mustafo Choush 
Subxonqulixon huzurida bo’lgan. 
XVIII asrning oxirlariga kelib Usmonoiylar davlati O’rta Osiyo 
xonliklari bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor edi. 1779-yilda Buxoro 
amiri Doniyolbiy (1759-1784) Ernazar Masud o’g’lini dastlab chor 
Rossiyasidagi so’ngra esa Usmoniylar davlatidagi elchisi qilib tayinlaydi. 
Ernazar Masud o’g’lining zimmasidagi asosiy vazifasi o’sha vaqtlar 
musulmon dunyosidagi qudratli davlat Usmoniylar bilan aloqani 
mustahkamlash bo’lgan. Ernazar Masud o’g’lini Yekaterina II buyrug’i 
billan Usmoniylar davlati chegarasigacha maxsus soqchilar kuzatib 


90 
qo’yadi. Usmoniylar sultoni Abdulxamid I (1774-1789) Doniyolbiyning 
elchi orqali bildirgan, ikki davlat o’rtasidagi siyosiy iqtisodiy 
munosabatlarni 
mustahkamlash 
zarurligi 
to’g’risidagi 
fikirlarni 
maqullaydi. Doniyolbiy 1783-1784 yillarda ikkinchi marta Usmoniylar 
sultoni Abdulhamid I huzuriga elchi Muhammad Sharifni jo’natadi. Bunga 
javoban 1786 yilda sulton Abdulhamid I huzuriga elchisi Mahmud Said 
og’a orqali Buxoroga yo’llagan maktubida chor Rossiyasi bilan savdo-
sotiq aloqalarini olib borayotgani uchun o’rtadagi munosabatlarning 
tiklanishidan manfaatdor emasdi. Shuning uchun Buxoro amiri Shohmurod 
(1785-1800) elchiga: “Moskov kabi qudratli davlat birla kuchlarimiz teng 
emasdur. Ayni vaqtda Ruslar bilan mujodalaga kirolmaymiz. Bizning 
hozirgi vaqtda Dushmanimiz Erondir” deb javob beradi. Mahmud Said 
og’a esa: “ Hozir sultonimizning dushmani Moskovdir, Eron ila nizomiz 
yo’qdir”-deb o’z yurtiga qaytib ketadi. Yuqorida ko’rib o’tganimizdek bu 
davrda Buxoro xonligi va Usmoniylar davlati manfaatlari hamohang 
emasdi. Chunki Buxoro xonligi chor Rossiyasi bilan Usmoniylar davlati 
esa Eron bilan ayni vaqtdagi mavjud munosabatlarni o’zgartirishni 
xohlamas edi. 
1789-yilda Usmoniylar sultoni Salim III (1789-1807) ham chor 
Rossiyasiga qarshi birgalikda kurashish niyatida Buxoro xonligiga o’z 
elchilarini yuboradi. Sultonning taklifini keskin rad qilmagan Shohmurod 
Eron tufayli haj masalasida yzaga kelgan muammolarni birgalikda bartaraf 
qilish niyati borligini ma’lum qiladi. 1792 yilda Rossiya bilan sulh tuzgan 
Usmoniylar O’rta Osiya davlatlarini ularga qarshi harakatlarga da`vat 
etmaslikka majburiyatini oladi. Buxoro hukmdori Amir Haydar (1800-
1826) devonbegi Eshmuhammad va Mirzo Muhammad Yusuf 
qo’rchiboshini maktub bilan Istanbulga yuboradi. Maktubda Amir Haydar 
O’rta Osiyodagi siyosiy vaziyat xususida to’xtalib Mahmud II dan (1808-
1839) shariatga doir kitoblar jo’natishni so’raydi. Ushbu yozilgan 
maktubning yozilgan vaqti aniq emas, lekin A.A. Semyonov unda qayd 
etilgan Rossiyaning Fransiya ustidan g’alaba qozonganligi haqidagi 
jumlaga asoslanib u 1815- yildan keyin yozilgan bo’lishi mumkin dab 
hisoblaydi. Mahmud II elchisi Xasan Chalabiydan Buxoroga 32 jild kitob 
yuboradi, zero Usmoniylar sultoni ham ikki davlat o’rtasiagi o’zaro 
aloqalar rivojlanishining tarafdori bo’lgan. Chor Rossiyasi qo’shinlari 
Buxoroga bostirib kelayotgan bir payt Buxoro amiri Muzaffarxon (1860-
1885) Buxoro muftiysi Xo’ja Muxammad Porsoni Istanbulga yordam 
so’rab yuboradi. Buxoro elchisi 1867-yil 24-sentabrda Usmoniylar sultoni 


91 
qabulida bo’ladi lekin elchi sultondan ijobiy natija olmaydi. 1868-yilning 
aprel oyida amir Muzaffarning ikkinchi maktubi haj safaridan Istanbulga 
qaytgan Muhammad Porso qo’liga tegadi. U amir Muzaffarning 1868-yil 
7-febralda yozilgan jami 14-kishi imzolagan forscha maktubini 
Usmoniylar sultoniga topshiradi. Usmoniyalr sultoni Abdulaziz bu 
maktubni muhokama qilmasdan bir qator siyosiy masalalarni hal qilish 
uchun Yevropaga boradi. U yerdan qaytgach amir Muzaffarning maktubi 
davlat devonida muhokama qilinadi. Devon Buxoro uchun zarur 
mutaxassislar va asbob uskunalar yuborish kerak degan qaror qabul qildi. 
Va ikki davlat o’rtasidagi masofaning uzoqligi orada boshqa davlatlarning 
joylashgani uchun harbiy yordam berishning imkoni yo’qligini bildirdi.
O’rta Osiyoda chor Rossiyasi hukumronligi to’la o’rnatilgach, 
hukumat ma’murlari o`lkaning Usmoniylar davlati bilan ijtimoiy siyosiy 
munosabatlar olib borishiga imkon bermaslikka xizmat qildi. 1910-yilda 
Buxoroning 56-ulamosi maxsus xat bilan Usmoniylar davlatiga murojaat 
qilib chor Rosssiyasi hukumronligidan xalos qilishni so’ragan. 
XX asrning boshlarida Usmoniylar davlatidagi siyosiy faollik O’rta 
Osiyoga ham o’z ta’sirini o’tkazdi. Ba davrda Usmoniylar bilan ijtimoiy-
siyosiy va ma’naviy ma’rifiy aloqalar yanada rivojlandi. Arxiv xujjatlarida 
bu davrdagi ma’naviy ma’rifiy aloqalarga Turkiston ziyolilari boshchilik 
qilganligi O’rta Osiyoda tuzilgan “Tarbiyayi atfol” jamiyati 1911-yil 15-ta 
1912-yil 10-ta talabani Istanbulga yuborilganligi boshqa bir ma’lumotga 
ko’ra, faqat Buxoro xonligidan 1910-1913-yllarda 75 o’quvchi Istanbulga 
tahsil olish uchun yuborilganligi ko’rsatib o’tilgan.

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə