O`zbеkiston rеspublikasi



Yüklə 60,46 Kb.
tarix05.02.2018
ölçüsü60,46 Kb.
#24811

O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI



Ro‘yxatga olindi

MD -5А111701 – 2-04


2015-yil «__»______


Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

____________________

2015-yil «__»________



PEDAGOGIK TADQIQOTLARDA STATISTIK METODLAR
FAN DASTURI


Bilim sohasi:

Ta’lim sohasi:


Magistratura mutaxassisligi:

100000 –

110000 –
5A111701 -



Gumanitar

Pеdagogika

Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)




TOSHKЕNT - 2015

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015-yil “__” ________dagi “__”-sonli buyrug‘ining ___-ilovasi bilan fan dasturlari ro‘yxati tasdiqlangan


Fаn dasturi Oliy vа o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha O‘quv-uslubiy birlashmalari faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 2015-yil «____»____________ dagi ____-sоnli bayonnomasi bilan ma’qullangan.

Fan dasturi Nizomiy nomidagi Toshkеnt Davlat pеdagogika univеrsitеtida ishlab chiqildi va turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan kelishildi.





Tuzuvchilar:

B.S.Abdullayeva

Nizomiy nomidagi TDPU, “Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniat” fakultetii dekani, pedagogika fanlari doktori, professor




A.V.Sadikova

Nizomiy nomidagi TDPU, “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent




N.M.Muxitdinova

–Nizomiy nomidagi TDPU, “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi dotsеnti v.b., pеdagogika fanlari nomzodi



Taqrizchilar:

S.Burhanov

– Toshkent shahar Chilonzor tumani

200-umumta’lim maktab o‘qituvchisi,

fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent






M.Divanova

– T.N.Qori -Niyoziy nomidagi O‘zbekiston

Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti,

pedagogika fanlari nomzodi, dotsent


Fan dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti o‘quv-uslubiy kengashida ko‘rib chiqilgan va tavsiya qilingan (2015-yil «___ » _________dagi ___ -sonli majlis bayonnomasi).

KIRISH
Mustaqil rеspublikamizda yuz bеrayotgan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-tеxnikaviy va madaniy o‘zgarishlar ta’lim tizimida ham o‘z aksini topmoqda. O‘zbеkistonda uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, shu asosda ta’lim sifatini jahon andozalari darajasiga yеtkazish ta’lim sistеmasining eng dolzarb vazifasiga aylandi. “Pedagogik tadqiqotlarda statistik metodlar” fan dasturi magistraturaning “Boshlang‘ich ta`lim” mutaxassisligi uchun mo‘ljallangan.
Fanning maqsadi va vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsad – magistrantlarga pedagogik tadqiqotlarda statistik metodlar faniga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.

Fanning vazifasi – bo‘lajak magistrantlarga “Pedagogik tadqiqotlarda statistik metodlar” fani bo‘yicha atroflicha va chuqur bilimlar berish bilan birga ularning kelajakdagi ish faoliyatlarida amaliy ahamiyat kasb etuvchi bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.


Fan bo‘yicha magistrantlarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar
Pedagogik tadqiqotlarda statistik metodlar fani bo‘yicha

Magistr:

  • ehtimollik fazosi;

  • ehtimollarning -additivlik xossasi va uning uzluksizlik xossasiga munosabati;

  • ehtimollik fazosidagi Lebegning abstrakt integrali va uning xossalari;

  • taqsimot funksiyalar, parametrlarning ehtimoliy ma’nolari;

  • tasodifiy miqdorlar ketma-ketliklarining yaqinlashish turlari;

  • bog‘liqsiz tasodifiy miqdorlar yig‘indisi uchun klassik va noklassik limit teoremalar;

  • matematik statistikaning parametrik va noparametrik masalalari;

  • statistik baholar va ularning xossalari;

  • nuqtaviy baholarni topish;

  • korrelyatsiya koeffitsienti va uning xossalari;

  • chiziqli va egri chiziqli korrelyatsiya;

  • ishonchlilik oraliqlari;

  • normal taqsimot parametrlari uchun ishonchlilik oraliqlari;

  • momentlar metodi;

  • eng katta o‘xshashlik baholari;

  • noparametrik kriteriylar (Bartlett, Kochren, Pirson, Kolmogorov, Smirnov kriteriylari);

  • bir faktorli dispersion analiz;

  • pedagogik tadqiqotlarda statistik metodlarining tatbiqlari haqida bilimga ega bo‘lishi;

  • ehtimollarning -additivlik xossasiga oid misollar yechish;

  • ehtimollik fazosidagi Lebegning abstrakt integrali va uning xossalariga doir misollar yechish;

  • taqsimot funksiyalar bo‘yicha parametrlarni topish;

  • bog‘liqsiz tasodifiy miqdorlar yig‘indisi uchun klassik va noklassik limit teoremalarni qo‘llash;

  • matematik statistikaning parametrik va noparametrik masalalarini yechish;

  • nuqtaviy baholarni topish;

  • korrelyatsiya koeffitsientini topish;

  • ishonchlilik oraliqlarini qurishga doir misollar yechish;

  • normal taqsimot parametrlari uchun ishonchlilik oraliqlarini topish;

  • momentlar metodini qo‘llash;

  • eng katta o‘xshashlik baholarini topish;

  • statistik gipotezalarni tekshirish;

  • gipotezalarni tekshirishda noparametrik kriteriylardan foydalanish ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;

  • ehtimollar nazariyasiga oid masalalarni yechish;

  • ekspriment natijalariga statistik ishlov berish malakalarini egallagan bo‘lishi kerak.


Fanning o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va metodik jihatdan uzviy ketma-ketligi
“Pedagogik tadqiqotlarda statistik metodlar” fani mutaxassislik fani hisoblanib, “Boshlang‘ich ta’lim fanlari nazariyasi”, “Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi”, “Axborot tizimlari” fanlari bilan uzviy bog‘lanadi. Prеdmеtlararo bog‘lanish to‘g‘ri amalga oshirilishi uchun buni o‘quv rejasi tuzilishida hisobga olish muhimdir.
Fanning ta’limdagi o‘rni
“Pedagogik tadqiqotlarda statistik metodlar” fani aniq fanlardan biri bo‘lib, matematik bilimlarini o‘rgatish usullarini yoritib bеradi. Magistrantlarning еhtimollar nazariyasi va matematik statistika bo‘yicha muhim tushunchalar o‘zlashtirishlarini, pedagogik tadqiqotlarda statistik metodlarni qo‘llash bo‘yicha ko‘nikma va malakalarni egallashlarini ta'minlaydi. “Pedagogik tadqiqotlarda statistik metodlar” fanini o‘qitishning ahamiyati juda katta bo‘lib, magistrantlarga pedagogik tadqiqotlarda statistik metodlardan foydalanishni o‘rgatadi.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik tеxnologiyalar
Magistrantlarning “Pedagogik tadqiqotlarda statistik metodlar” fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, bunda axborot va pedagogik tеxnologiya yutuqlari va imkoniyatlaridan foydalanish ko‘zda tutiladi. Ma'ruza va amaliy mashg‘ulotlar turli o‘quv ko‘rgazma qurollari va tеxnik vositalar bilan jihozlanishi kеrak. Fanni o‘qitishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, internet saytlari ma’lumotlaridan foydalaniladi.
ASOSIY QISM
Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni
Ehtimollar nazariyasining matematik asoslari. O‘lchovli fazo. Ehtimollik fazosi. Ehtimollarning -additivlik xossasi va uning uzluksizlik xossasiga munosabati. Tasodifiy miqdorlar o‘lchovli funksiyalar sifatida. Ehtimollik fazosidagi Lebegning abstrakt integrali va uning xossalari. Shartli taqsimot funksiyalar va shartli matematik kutilma. Normal taqsimot. Parametrlarning ehtimoliy ma’nolari. Uzluksizlik teoremasi. Tasodifiy miqdorlar ketma-ketliklarining yaqinlashish turlari. Taqsimotlarning yaqinlashishi. Bog‘liqsiz tasodifiy miqdorlar yig‘indisi uchun klassik va noklassik limit teoremalar. Matematik statistikaning parametrik va noparametrik masalalari. Statistik baholar va ularning xossalari. Nuqtaviy baholarni topish. Chiziqli korrelyatsiya. Korrelyatsiya koeffitsienti va uning xossalari. Egri chiziqli korrelyatsiya. Ishonchlilik oraliqlari. Ishonchlilik oraliqlarini qurishga doir misollar. Normal taqsimot parametrlari uchun ishonchlilik oraliqlari. Momentlar metodi. Eng katta o‘xshashlik baholari. Statistik gipotezalarni tekshirish. Kriteriylar. Normal bosh to‘plamlarning bir nechta dispersiyalarini turli hajmli tanlanmalar bo‘yicha taqqoslash. Bartlett kriteriyasi. Normal bosh to‘plamlarning dispersiyalarini bir xil hajmli tanlanmalar bo‘yicha taqqoslash. Kochren kriteriysi. Noparametrik kriteriylar (Pirson, Kolmogorov, Smirnov kriteriylari). Pedagogik tadqiqotlarda statistik metodlarining tatbiqlari. Gipotezalarni tekshirishda Fisher kriteriysidan foydalanish. Gipotezalarni tekshirishda Pirson kriteriysidan foydalanish. Bosh to‘plamning binomial qonun bo‘yicha taqsimlanganligi haqidagi gipotezani tekshirish. Bosh to‘plamning tekis taqsimlanganligi haqidagi gipotezani tekshirish. Bosh to‘plamning Puasson qonuni bo‘yicha taqsimlanganligi haqidagi gipotezani tekshirish. Bir faktorli dispersion analiz.

Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
“Pedagogik tadqiqotlarda statistik metodlar” fanidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tish davomida talabalarni ijodiy jarayonga yo‘naltirish, ularni tahlil qilish, dars jarayonida mustaqil ishlashga o‘rgatish, topshiriqlar, misol va masalalarni yecha olishi, mashqlar bajarishiga erishish ko‘zda tutiladi. Malakaviy amaliyotni o‘tish chog‘ida yangi tеxnika, jihozlar, kеng ko‘lamli ilmiy ish olib borishga qulay jarayonlar va tеxnologiyalarni o‘rganish. Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq holda fanning muayyan boblari va mavzularini chuqur o‘rganish.

Amaliy mashg‘ulotlar mazmuni: Ehtimollar nazariyasining matematik asoslari. O‘lchovli fazo. Ehtimollik fazosi. Ehtimollarning -additivlik xossasi va uning uzluksizlik xossasiga munosabati. Tasodifiy miqdorlar o‘lchovli funksiyalar sifatida. Ehtimollik fazosidagi Lebegning abstrakt integrali va uning xossalari. Shartli taqsimot funksiyalar va shartli matematik kutilma. Normal taqsimot. Parametrlarning ehtimoliy ma’nolari. Uzluksizlik teoremasi. Tasodifiy miqdorlar ketma-ketliklarining yaqinlashish turlari. Taqsimotlarning yaqinlashishi. Bog‘liqsiz tasodifiy miqdorlar yig‘indisi uchun klassik va noklassik limit teoremalar. Matematik statistikaning parametrik va noparametrik masalalari. Statistik baholar va ularning xossalari. Nuqtaviy baholarni topish. Chiziqli korrelyatsiya. Korrelyatsiya koeffitsienti va uning xossalari. Egri chiziqli korrelyatsiya. Ishonchlilik oraliqlari. Ishonchlilik oraliqlarini qurishga doir misollar. Normal taqsimot parametrlari uchun ishonchlilik oraliqlari. Momentlar metodi. Eng katta o‘xshashlik baholari. Statistik gipotezalarni tekshirish. Kriteriylar. Normal bosh to‘plamlarning bir nechta dispersiyalarini turli hajmli tanlanmalar bo‘yicha taqqoslash. Bartlett kriteriysi. Normal bosh to‘plamlarning dispersiyalarini bir xil hajmli tanlanmalar bo‘yicha taqqoslash. Kochren kriteriysi. Noparametrik kriteriylar (Pirson, Kolmogorov, Smirnov kriteriylari). Pedagogik tadqiqotlarda statistik metodlarining tatbiqlari. Gipotezalarni tekshirishda Fisher kriteriysidan foydalanish. Gipotezalarni tekshirishda Pirson kriteriysidan foydalanish. Bosh to‘plamning binomial qonun bo‘yicha taqsimlanganligi haqidagi gipotezani tekshirish. Bosh to‘plamning tekis taqsimlanganligi haqidagi gipotezani tekshirish. Bosh to‘plamning Puasson qonuni bo‘yicha taqsimlanganligi haqidagi gipotezani tekshirish. Bir faktorli dispersion analiz.



Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Magistrant mustaqil ta’limini tashkil etishda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:

  • darslik va o‘quv qo‘llanmalardan foydalanib mavzularni o‘rganish;

  • tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruza qismlarini o‘zlashtirish;

  • mazkur fandan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish davomida magistrantlarni ijodiy jarayonga yo‘naltirish, ularni tahlil qilishga, umumlashtirishga, mustaqil ishlashga o‘rgatish;

  • amaliy mashg‘ulotlarni bajarish jarayonida didaktik vositalardan foydalanishni o‘rganish;

  • magistrantlarning ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq holda fanning muayyan mavzularini mustaqil holda chuqur o‘rganish.



Fan dasturining informatsion-uslubiy ta'minoti
Didaktik vositalar

Jihozlar va uskunalar, moslamalar: elektron doska -Hitachi, LCD-monitor, elektron ko‘rsatgich (ukazka).

video-audio uskunalar: video va audiomagnitofon, mikrofon, kolonkalar.

komputer va multimediali vositalar: komputer, Dell tipidagi proyektor, DVD-diskovod, Web-kamera, video-ko‘z.
Foydalaniladigan asosiy adabiyotlar ro‘yxati

Asosiy adabiyotlar

  1. Farmonov Sh.Q. va boshq. Ehtimollar nazariyasi va matеmatik statistika. / Darslik. –O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. Toshkеnt: “Cho‘lpon” NMIU, Tafakkur bo‘stoni. 2012-y. – 208 b.

  2. Rasulov A.S., Raimova G.M., Sarimsakova X.K. Ehtimollar nazariyasi va matеmatik statistika. / Darslik. – Toshkеnt: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyat nashriyoti, 2006-y. – 272 b.

  3. Fayzullayeva S.F. Ehtimollar nazariyasidan masalalar to‘plami. / O‘quv qo‘llanma. – Toshkеnt: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyat nashriyoti, 2006-y. – 112 b.

Qo‘shimcha adabiyotlar

  1. Маневич Д.В. “Теория вероятностей: активное обучение”, Toshkеnt: O‘qituvchi, 1997.

  2. Манита А.Д. Теория вероятностей и математическая статистика. ТеорВер-Онлайн интернет-учебник (http://teorver-online.narod.ru/)

  3. Кремер Н.Ш. Теория вероятностей и математическая статистика. 2-е изд., перераб. и доп. - Москва: Юнити-Дана, 2004. 573 с. (http://www.alleng.ru/d/math/math328.htm)

  4. Граничина О.А. Математико-статистические методы психолого-педагогических исследований. Учебно-методическое пособие. Санкт-Петербург: Издательство ВВМ. 2012. – 115 с. (http://www.math.spbu.ru/user/gran/Olga/Uch_po_matem.pdf)

  5. Грабарь М.И., Краснянская К.А. Применение математической статистики в педагогических исследованиях. Непараметрические методы. (http://intellect-invest.org.ua/content/userfiles/files/library/ Grabar_Primen_mat_stat_v_ped_issl.pdf)

Elektron ta’lim resurslari
1. www.tdpu.uz

2. www.pedagog.uz

3. www.Ziyonet.uz

4. www.edu.uz



5. http://math-portal.ru/




Yüklə 60,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə