O’zbеkistоn rеspublikаsi


Korrupsiyaga qarshi kurash siyosati va amaliyoti haqida tushuncha



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə159/186
tarix23.09.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#123420
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   186
Фалсафа мажмуа. 2023-2024 3 курс

1. Korrupsiyaga qarshi kurash siyosati va amaliyoti haqida tushuncha. Korrupsiya – mansab mavqyeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog’liq bo’lgan jinoyat. Korrupsiya faoliyati xufyona iqtisodiyotning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Aksariyat hollarda korrupsiya deganda davlat amaldorlari tomonidan shaxsiy maffatlarni ko’zlab, boylik orttirish maqsadida fuqarolardan pora olish, qonunga xilof pul daromadlarini qo’lga kiritish tuShuniladi. Ammo, umuman olganda, davlat amaldorlarigina emas, balki, masalan, firmalarning menejerlari ham korrupsiyaga doir munosabatlarning ishtirokchilari bo’lishi; pora pul bilan emas, balki boshqa shaklda berilishi mumkin; korrupsiyaga doir munosabatlarning tashabbuschilari ba’zan davlat amaldorlari emas, balki tadbirkorlar hisoblanadi. Etimologik jihatdan “korrupsiya” atamasi “buzish, pora evaziga og’dirish” degan ma’noni anglatadigan lotincha “corruptio” so’zidan kelib chiqqan. Yuridik ensiklopediya mualliflarining ta’kidlashicha, “korrupsiya– mansabdor shaxslar tomonidan ularga berilgan huquqlar va hokimiyat imkoniyatlaridan shaxsiy boylik orttirish uchun foydalanishda ifodalanuvchi siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat”. “Yuridik atamalar qomusiy lug’ati”da korrupsiya tushunchasiga“davlat funksiyalarini bajarish vakolatiga ega bo’lgan (yoki ularga tenglashtirilgan) shaxslarning noqonuniy tarzda moddiy va boshqa boyliklar, imtiyozlarni olishda o’z maqomi va u bilan bog’liq imkoniyatlardan foydalanishi, Shuningdek, bu boylik va imtiyozlarni jismoniy yoki yuridik shaxslar qonunga xilof ravishda egallashiga imkon berishi”, deb ta’rif berilgan. Yana boshqa adabiyotlarda e’tirof etilishicha, korrupsiya atamasi “siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat bo’lib, mansabdor shaxslar o’zlariga berilgan huquqlar va hokimiyat imkoniyatlaridan shaxsiy boyish maqsadida foydalanishidan iborat”, deb tavsiflangan. 1979 yil 17 dekabrda qabul qilingan Huquqiy tartibotni saqlash bo’yicha mansabdor shaxslarning xulq-atvor kodeksida: “Korrupsiya tushunchasi milliy huquqda belgilanishi lozim”, deb qayd etilgan, lekin mazkur hodisaning namunaviy ta’rifi keltirilgan: “...mansabdor shaxs o’z mansab vakolatlari sohasida har qanday shakldagi haq evaziga mazkur haqni beruvchining manfaatlarida, lavozim yo’riqnomasi qoidalarini buzgan holda yoki buzmasdan muayyan harakatlarni bajarishi yoki harakatsizligi”. BMTning xalqaro miqyosda korrupsiyaga qarshi kurash bo’yicha Ma’lumotida Shunday deyilgan: “Korrupsiya – bu shaxsiy maqsadlarda naf ko’rish uchun davlat hokimiyatini suiiste’mol qilish”. Korrupsiya tushunchasiga berilgan Shunga o’xshash ta’rifga Jahon bankining hozirgi dunyoda davlatning roliga bag’ishlangan hisobotida ham duch kelish mumkin: korrupsiya – bu “shaxsiy naf ko’rish yo’lida davlat hokimiyatini suiiste’mol qilish”.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə