O’zbеkistоn rеspublikаsi


-Mavzu: GLOBAL KORRUPSIYA IJTIMOIY MADANIY INQIROZ OQIBATI



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə157/186
tarix23.09.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#123420
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   186
Фалсафа мажмуа. 2023-2024 3 курс

9-Mavzu: GLOBAL KORRUPSIYA IJTIMOIY MADANIY INQIROZ OQIBATI
REJA:
1. Korrupsiya tushunchasining ma’nosi va uning tarixiy ildizlari.
2. Dunyo bo’yicha korrupsiya holatining tasnifi. Korrupsiyaning shakllari va sabablari. Korupsiyaning turlari
3. Dunyo va O’zbekistonda korrupsiyani bartaraf etish mexanizmlari.

Korrupsiya – taraqqiyotga to’siq Korrupsiya (lotincha “sor­ruptio” – poraga sotilish, aynish, tanazzul) – mansabdor shaxsning boyish maqsadida, o’z mansabi bilan bog’liq vakolatlarini suiiste’mol qi­lishdan iborat jinoyatdir.


O’zbekistonning Birinchi Prezidenti korrupsiya jinoyatchiligining o’sishi nafaqat islohotlar yo’liga jiddiy to’siq, balki o’tish davrida belgilangan maqsadlarga erishishga bevosita tahdid tug’diradi, deya ta’kidlagan va Shu sababli, mustaqil davlatimiz mavqyeini mustahkamlash maqsadida, bu illatning oldini olish bo’yicha bir qator tavsiyalar bergan edilar. Korrupsiya jinoyati jamiyatimiz farovonligi va iqtisodiy taraqqiyotimiz kushandasidirki, unga qarshi kurashishni aslo susaytirmasligimiz lozim.
Davlatimiz rahbari Sh.M. Mirziyoyev Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini mard va olijanob xal­qimiz bilan birga quramiz” mavzuidagi ma’ruzasida “Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo’l qo’ymaslik, jinoyatga jazo, albatta, muqarrar ekani to’g’risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo’yicha qat’iy choralar ko’rishimiz zarur”, deb bejiz ta’kidlamadi. “Korrupsiya” tushunchasi qonunlar ishlab chiqish jarayoniga, qonunni qo’llash amaliyotiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Shu sababdan ham, bu muammo na faqat milliy davlatlarni, balki xalqaro tashkilotlarni ham tashvishlantirmoqda. Hozirgi vaqtda kriminalist olimlar o’rtasidagi bahslarda, jinoyat, fuqarolik, ma’muriy, mehnat, xo’jalik huquqi sohasidagi mutaxassislarning ilmiy ishlarida, ommaviy axborot vositalarida “korrupsiya” iborasi turli ma’nolarda qo’llanilmoqda, bu esa korrupsiya ijtimoiy-huquqiy hodisa bo’lib, poraxo’rlikning o’ta salbiy ko’rinishidir, deb xulosa qilish imkonini beradi. Bu so’zni fuqarolarimiz o’zaro muloqotda qo’llaydilar va bu so’z kundalik nutqda ham qulog’imizga tez-tez chalinadigan bo’­lib qoldi. Ba’zi manbalarda esa bu atama “iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar” va “mansabdorlik jinoyatlari” kabi so’zlar bilan bir qatorda qo’llanadi. Respublikamizda chop etilgan huquqiy adabiyotlar va maqolalarda ham korrupsiya deyilganida, yuqori mansabdagi shaxslar tomonidan sodir etilgan pora­xo’rlik nazarda tutiladi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohotlar sharoitida davlat qurilishi va huquqiy siyosatning mazmun va mohiyatini aniqlashtirish, uning maqsad va vazifalarini islohotlarning bugungi taraqqiyoti asosida shakllantirib borish, inson manfaatlarini ta’minlashning strategik jihatdan yangi vositalar bilan bir qatorda, ham taktik xususiyatga ega bo’lgan yangi usullarni qo’llash, shaxs hamda jamiyat manfaatlarini yanada samaraliroq himoya qilish, korrupsiyaning oldini olishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish ehtiyoji vujudga kelishi bilan belgilanadi. Albatta, mamlakatimizda korrupsiya­ga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmi mustaqillikning dastlabki yillaridanoq yaratila boshlangan. Chunonchi, Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11 maydagi “Xususiy mulk va tadbirkorlikni korrupsiya, reket va uyushgan jinoyatchilikning bosh­qa turlaridan himoya qi­lishning tashkiliy chora-tadbirlari to’g’risida”gi, O’zbekiston Respublikasining 2008 yil 19 iyuldagi “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrup­siya­ga qarshi konvensiyasiga (Nyu-York, 2003 yil 31 oktyabr) O’zbekiston Respublikasining qo’shilishi to’g’risida”gi Qonuni bu boradagidastlabki normativ-huquqiy hujjatlardandir.
Xozirgi kunda korrupsiyaga qarshi kurashishning yangi va samarali huquqiy mexanizmi yaratildi. Jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida2017 yil 3 yanvarda O’zbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonuni qabul qilindi. Qonunning 3-moddasida asosiy tushunchalar berilgan bo’lib, unda korrupsiya, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik va manfaatlar to’qnaShuviga doir tushunchalarga ta’rif berilib, bular, o’z navbatida, fuqarolarga korrupsiya, korrupsiyaga oid huquqbuzarlikning nima ekanligi va ularning salbiy illat ekanligi haqida ma’lumot beradi.
Qonunning 5-moddasida esa korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari ko’rsatib o’tilgan bo’lib, ular: aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o’z vaqtida aniqlash, ularga chek qo’yish, ularning oqibatlarini, unga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlashdan iboratdir.
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida javobgarlik belgi­langan quyidagi ijtimoiy xavfli qilmishlar korrupsiyaviy jinoyatlar hisoblanadi:Masalan, o’zlashtirish yoki rastrata yo’li bilan talon-toroj qilish, jinoiy yo’l bilan topilgan mulkni olish yoki o’tkazish, byudjet intizomini buzish, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish, hokimiyat yoki mansab vakolati doira­sidan chetga chiqish, hokimiyat harakatsizligi, pora olish, pora berish; pora olish-berishda vositachilik qilish, xizmatchini pora evaziga og’dirish, tovlamachilik yo’li bilan haq berishni talab qilish, qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g’ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo’llash, tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish, yolg’on guvohlik berish, jinoiy faoliyatdan olingan daromad­larni legallashtirish, hokimiyatni suiiste’mol qilish, hoki­miyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakat­sizligi va hokazolar.
Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonunning muhim ahamiyatli jihati Shundaki, unda korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari haqida ma’lumot berilib, O’zbekis­ton Respublikasi Bosh prokuraturasi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti, korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha faoliyatni qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshirishlari nazarda tutilgan.
Darhaqiqat, korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat organlari va bosh­qa tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish, ta’lim muassasalarida korrupsiya­ga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiya masalalari Qonunning 16, 17, 18-moddalarida o’z ifodasini topgan. Chunki huquqiy ong va huquqiy madaniyati yuksak bo’lgan va huquqiy ta’lim va tarbiya jihatdan yetuk bo’lgan insonlar salbiy illat bo’lmish korrupsiyaga yo’l qo’ymaydilar.
Ushbu Qonunning yana o’ziga xosligi, Qonunning 5-bobida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga chek qo’yish, javobgarlikning muqarrarligi nazarda tutilgan.
Haqiqatan ham, ushbu Qonun davlat va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir etuvchi mazkur illatga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmi sifatida xizmat qiladi.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə