O’zbеkistоn rеspublikаsi


Korrupsiyaga qarshi kurash tarixi



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə165/186
tarix23.09.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#123420
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   186
Фалсафа мажмуа. 2023-2024 3 курс

2. Korrupsiyaga qarshi kurash tarixi. Korrupsiya tarixi insoniyat tarixi kabi ko’hnadir. Qadimgi yunon faylasufi Aristotel Shunday degan edi: “Har qanday davlat tuzumida eng muhimi – bu qonunlar va tartib-qoidalar vositasida ishni Shunday tashkil etishki, mansabdor shaxslar qing’ir yo’l bilan boylik orttira olmasin”. Pora olish va berish Qadimgi Rimda amal qilgan 12 jadval qonunlarida tilga olingan. Ibtidoiy va ilk sinfiy jamiyatlarda kohinga, qabila oqsoqoliga yoki harbiy boshliqqa muayyan imtiyozni qo’lga kiritish uchun haq to’lash tabiiy bir hol sifatida qaralgan. Davlat apparatining murakkablaShuvi va professionallaShuviga qarab vaziyat o’zgarib borgan. Oliy martabali amaldorlar quyi turuvchi “xizmatchilar” faqat tayinlangan maosh bilan qanoatlanishlarini talab qilganlar. Quyi daraja amaldorlar esa, aksincha, o’z xizmat vazifalarini bajarganlik uchun arzgo’ylardan yashirincha qo’shimcha haq olishni (yoki talab qilishni) ma’qul ko’rganlar. Korrupsiya haqidagi eng qadimgi qaydlardan biriga qadimgi Bobilning mixxatda yozilgan bitiklarida duch kelingan. Miloddan avvalgi uchinchi ming yillikning o’rtalariga taalluqli bo’lgan matnlarda aytilishicha, Shumer podshosi Urukagin o’sha zamonlardayoq qonunga xilof haq olishga ruju qo’ygan sudyalar va amaldorlarning qonunbuzarliklariga chek qo’yish muammosini yechish yo’llarini izlagan. Shunga o’xshash masalalarga qadimgi Misr hukmdorlari ham duch kelgan. Arxeologik tadqiqotlar jarayonida topilgan hujjatlar miloddan avvalgi 597-538 yillarda, yahudiylar Bobil podshosi tomonidan asirga olinganidan keyingi davrda, Iyerusalimda korrupsiya ayniqsa avj olganidan dalolat beradi. Professional davlat amaldorlari hali mavjud bo’lmagan antik jamiyatlar tarixining ilk bosqichlarida (qadimgi yunon shahar-davlatlari, respublika Rimi) korrupsiya deyarli bo’lmagan. Bu hodisa antik davr tanazzulga yuz tutgan bosqichdagina vujudga kelgan. Bu davrda korrupsiya domiga ilingan davlat amaldorlari haqida: “U boy viloyatga kambag’al bo’lib kelib, kambag’al viloyatdan boy bo’lib ketdi”, deyishgan. Ayni Shu davrda rim huquqida “corrumpire” degan maxsus atama paydo bo’lgan, u “buzish”, “pora evaziga og’dirish” iboralarining sinonimi hisoblangan va mansab mavqyeini suiiste’mol qilishning har qanday ko’rinishlarini ifodalashga xizmat qilgan. Markaziy hukumat hokimiyati zaif bo’lgan joylarda (masalan, ilk o’rta asr davrida Yevropada) xizmat mavqyeidan aholidan o’z cho’ntagiga haq undirish uchun foydalanish aksariyat hollarda umum e’tirof etilgan me’yorga aylangan. Davlat markazlashgani sari u fuqarolarning mustaqilligini qattiqroq cheklagan va Shu tariqa quyi va oliy bo’g’in amaldorlariga qattiq nazoratdan qutulishni istagan fuqarolar foydasiga qonunni xufyona buzishga turtki bergan. Korrupsiya domiga ilingan amaldorlarni boshqalarga dars bo’lsin uchun olomon ko’z o’ngida jazolashlar odatda hyech qanday samara bermagan, chunki amaldan chetlatilganlar (lavozimidan olinganlar yoki qatl etilganlar) o’rnini yangi poraxo’rlar egallagan. Markaziy hokimiyat amaldorlar faoliyati ustidan yalpi nazorat o’rnatish uchun odatda zarur kuch va vositalarga ega bo’lmagani bois, u korrupsiyaning o’ta xavfli ko’rinishlarinigina jazolash bilan kifoyalangan.
Qonun korrupsiyaga qarshi kurash sohasida davlat siyosatining asosiy yo’nalishlarini keltirib o’tadi:

  • aholining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan toqatsizlikni shakllantirish;

  • davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyadan ogohlantirish bo’yicha choralarni amalga oshirish;

  • korrupsion huquqbuzarliklarni o’z vaqtida aniqlash, ular oqibatlari, sabablari va keltirib chiqargan sharoitlarni bartaraf etish hamda korrupsion huquqbuzarliklar sodir etilgani uchun muqarrar jazolash tamoyilini tadbiq etish.

Hujjatda davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyadan ogohlantirish bo’yicha choralarni keltirib o’tadi. Jumladan, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va hisobdorligini ta’minlash, parlament va jamoatchilik nazorati, mansabdor shaxslar faoliyati sifatini baholash hamda ishga qabul qilish va mansab pillapoyalaridan ko’tarilishda ochiqlik va xolislik tamoyili asosida tanlovli saralashlarni olib borish tizimlarini joriy etish belgilangan. Davlat organlari xodimlarining huquqiy maqomi aniqlanib, ularning ijtimoiy himoyasi, moddiy ta’minoti, har tomonlama rag’batlantirish choralari ko’riladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va tadbirkorlik sohalarida korrupsiyadan ogohlantirish bo’yicha choralar qatoridan esa ma’muriy va byurokratik to’siqlarni bartaraf etish, ro’yxatga olish, ruxsat berish va lisenziyalash jarayonlarini soddalashtirish va tezkorligini oshirish, davlat organlarining nazorat-tekshiruv vakolatlarini optimallashtirish hamda ular va tadbirkorlik subyektlari o’rtasida o’zaro munosabatlarning masofaviy shakllarini joriy etish belgilangan.
Ma’muriy jarayonlar sohasida korrupsiyadan ogohlantirish choralari ro’yxatiga ularning batafsil reglamentini belgilash, ushbu jarayonlarni soddalashtirish va byurokratik rasmiyatchiliklarga yo’l qo’ymaslik kiritilgan.
Qonunda davlat organi xodimi biror bir shaxs tomonidan uni korrupsion huquqbuzarlikni sodir etishga da’vat qilish holati, Shuningdek, boshqa ishchilar tomonidan Shu kabi holatlarning amalga oshirilishi bo’yicha unga oshkor bo’lgan ma’lumotlarni o’z rahbari yoki huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat etishi belgilangan. Mazkur majburiyatlarning bajarilmasligi qonunchilikka muvofiq tegishli ravishda jazoga tortilishiga olib keladi.
Korrupsion jinoyat to’g’risida oshkor qilgan shaxs davlat himoyasi ostiga olinadi. Biroq mazkur qoida yolg’on ma’lumotlarni taqdim etganlarga nisbatan amal qilinmaydi.
Qonunning alohida moddasi har kim tashkilotlar va davlat organlari faoliyati, mazkur shaxslar yoki shaxslar guruhiga taalluqli qabul qilinayotgan aktlar to’g’risida ma’lumot olish huquqiga ega ekanligini ko’zda tutadi. Davlat organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari va tashkilotlar OAVga korrupsiya bilan bog’liq hodisalar, dalillari, voqyealar va jarayonlan to’g’risida jamoatchilik uchun qiziqarli bo’lgan ma’lumotlarni taqdim etadi.
Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgan.
Ma’lumki, korrupsiya har qanday jamiyatning siyosiy va iqtisodiy rivojlanishiga zarar yetkazadi, davlatning konstitusiyaviy asoslarini hamda jamiyatning ma’naviy-axloqiy asoslarini yemiradi, demokratik ins­titutlar va qonun ustuvorligini zaiflashtirib, fuqarolarning huquq va erkinliklari jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi.
Muhataram Prezidentimiz ta’kidalaganlaridek, “Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo’l qo’ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to’g’risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo’yicha qat’iy choralar ko’rishimiz zarur.”
Shu maqsadda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonuni jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda muhim rol o’ynayotganligi ta’kidlandi.
Qayd etilganidek, korrupsiya va poraxo’rlikka qarshi kurashish, uning oldini olish maqsadida barcha davlat idoralari qatorida bojxona organlarida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Galdagi maqsad esa, bu kabi tadbirlarni aholi, xususan yoshlar o’rtasida, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, o’quv muassasalarida, bir so’z bilan aytganda ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan holda o’tkazishdan iboratdir.
Aytish joizki, hozirgi kunda dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan eng birlamchi masalalardan biri korrupsiya muammosidir. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro miqyosga ko‘tarilib, jahon siyosatining muhim masalalaridan biriga aylandi. Binobarin, ushbu illat nafaqat islohotlar yo‘liga jiddiy to‘siq bo‘lishi, balki o‘tish davrida belgilangan maqsadlarga erishishga ham bevosita tahdid tug‘dirishi barchaga ma’lum.
Mamlakatimizda mazkur muammoga qarshi kurash masalasiga mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq jiddiy e’tibor qaratib kelinayotir. O’tgan davr mobaynida korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda uning oldini olishga qaratilgan mustahkam huquqiy baza va tizimli amaliyot shakllandi. Eng avvalo, respublikamizda Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligida qabul qilingan EKOSOSning Korruptsiyaga qarshi kurash rezolyutsiyasi, Davlat mansabdor shaxslarining xalqaro axloq kodeksi, xalqaro tijorat tashkilotlarida korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi kurash haqidagi deklaratsiya, Millatlararo uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash konventsiyasi va boshqa xalqaro hujjatlarning qabul qilingani mazkur illatga qarshi kurashda muhim omil vazifasini o‘tamoqda.
Bu ta’limotning nazariy-metodologik ax,amiyati xakida bax,s yuritish mumkin, lekin insoniyatning global m’a’naviy inkirozni boshidan kechirayotganligi va uni ma’naviy madaniyatni rivojlantirishga mukobil yul yukligi x,am anik; bulib kolmokda. Ya’ni insoniyat uchinchi ming yillikda texnogen sivilizasiya tamoyillariga kura, uz mavjudligi, turmush sharoiti, ijtimoiy- ma’naviy bor ligi asoslarini tubdan k;ayta kurishi zarur.
Buning uchun global texnogen sivilizasiya talablari asosida: 1)dunyoning tur li mamlakatlarida ma’naviy-madaniyatni rivojlantirishga mutasaddi xalkaro ijtimoiy-siyosiy institutlar faoliyatini integrasiyalashtirish; 2)davlatlarning madaniyat soxdsi- dagi milliy dasturlarini, strategik vazifalarini muvofiklash- tirish; 3)ijtimoiy, ikdisodiy va siyosiy jarayonlarni inson- parvarlashtirish; 4) insoniyatning ma’naviy-madaniyati tarixiy tajribalarini umumlashtish va xalkaro trasformasiyasini yulga kuyish kerak.
Yangi shakllangan “an’anaviy jamiyat”, “fukarolik jamiyati”, “texnogen sivilizasiya”, “inkiroz sindromi” va boshka tushunchalar mazmunini, shaklini “mentol idvptifikainyalashtirish”, ya’ni ijtimoiy tarakkiyotning muayyan yunalishlarini: geoijtimoiy, iktisodiy, etno-demografik, siyosiy, madaniy jarayonlar kontekstida konkretlashtirish, jamiyat xakidagi tasavvurlar kompleksligini ta’minlash imkoniyatidir.



Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə