O’zbеkistоn rеspublikаsi


Korrupsiyani bir nechta asosiy turlarga ajratish mumkin



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə163/186
tarix23.09.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#123420
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   186
Фалсафа мажмуа. 2023-2024 3 курс

Korrupsiyani bir nechta asosiy turlarga ajratish mumkin:
1) subyektlarning maqomiga ko’ra:
a) hokimiyat organlaridagi korrupsiya;
b) xususiy sektordagi korrupsiya;
v) siyosatdagi korrupsiya yoki siyosiy korrupsiya;
2) darajasiga ko’ra:
a) quyi darajadagi korrupsiya;
b) yuqori darajadagi korrupsiya;
v) vertikal korrupsiya;
3) ijtimoiy xavflilik darajasiga ko’ra:
a) korrupsiya – qilmish;
b) korrupsiya – jinoyat.
Korrupsiyaning ko’rsatilgan turlarini mufassalroq ko’rib chiqamiz. Hokimiyat (ijroiya, vakillik va sud) organlaridagi korrupsiya hozirgi vaqtda jahonning deyarli barcha mamlakatlari, Shu jumladan O’zbekistondagi muhim muammolardan biri hisoblanadi. Bu turdagi korrupsiya jinoyatlarining o’ziga xos xususiyati Shundan iboratki, ularni o’zlari qonunga rioya etishlari va uni muhofaza qilishlari lozim bo’lgan kishilar sodir etadilar. Aksariyat mamlakatlarda bu jinoyatlar keng tarqalganligi, davlat apparati xodimlari korrupsiya domiga ilinganligi mazkur mamlakatlarning qonunchilarini poraxo’rlik, mansab mavqyeini suiiste’mol qilish va boshqa xavfli mansabdorlik jinoyatlariga qarshi qat’iy choralar ko’rishga va, aksincha, amaldorlarning uncha xavfli bo’lmagan va ko’proq darajada tarqalgan jinoyatlariga jiddiy e’tibor bermaslikka (masalan, uncha qimmat turmaydigan sovg’a olish jinoyat hisoblanmaydi) majbur qilayotir. Nodavlat tashkilotlaridagi yoki xususiy sektordagi korrupsiya hozirgi vaqtda ancha keng tarqalgan. Tashkilot (tijorat yoki jamoat tashkiloti) rahbari uning ustavda belgilangan vazifalariga qat’iy rioya etishi lozim, lekin u, davlat amaldori kabi, o’ziga qarashli bo’lmagan resurslarni o’z shaxsiy manfaatlarida yoki ikkinchi tomon foydasiga tasarruf etishi, tashkilot manfaatlariga zid bo’lgan harakatlarni sodir etishi mumkin. Bunga kundalik hayotdan misollar: tijorat banklarida maqsadi pul olish va g’oyib bo’lishdan iborat bo’lgan loyihalarga pora evaziga kreditlar berilishi; turli mulk shakliga mansub bo’lgan korxonalarda davlat va korxona zarariga moddiy boyliklar (vino-aroq yoki neft-kimyo mahsulotlari va sh.k.)ni pora evaziga arzon narxlarda olish va h.k.
Ayrim tadqiqotchilar siyosiy korrupsiyani korrupsiya jinoyatlarining alohida turi sifatida ajratadilar. Korrupsiyaning uchta asosiy shaklini ajratishni taklif qiladi:
1.Siyosiy. Mansabdor shaxs yuzaga kelgan qarindosh-urug’chilik munosabatlari tufayli qonunga zid harkat qiladi.
2.Jinoyat faoliyati bilan bog’liq bo’lib, mansabdor shaxslarni sotib olishga asoslangan. Ular esa mukofot puli olish evaziga g’ayoriqonuniy xizmatlar ko’rsatadi.
3.Taraflardan biri o’ziga eng qulay tartib vujudga keltirish uchun jinoyatga mansabdor shaxslarning tegishli toifalarini izchillik bilan jalb etishni nazarda tutadi. Korrupsiyaning bu shakli uyushgan jinoyatchilik bilan mustahkam bog’langan bo’lib, mansabdor shaxslarga nisbatan sotib olish, provakasiya qilish va tahdid solishni anglatadi.
Siyosiy korrupsiyaning ayniqsa ko’p uchraydigan shakllari pora olish va pora berish hisoblanadi. Keyingi o’rinda saylov huquqini amalga oshirish chog’ida siyosat subyektlarini pora evaziga og’dirish turadi.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə