O’zbеkistоn rеspublikаsi


-Mavzu: DIN MADANIYAT FENOMENI



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə170/186
tarix23.09.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#123420
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   186
Фалсафа мажмуа. 2023-2024 3 курс

11-Mavzu: DIN MADANIYAT FENOMENI
Reja:
1. Dinshunoslik fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
2. Dinshunoslikning ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqadorligi.
3.Dinshunoslik fanini o‘rganishning jamiyat barqarorligini mustahkamlash, diniy bag‘rikenglikni tarbiyalash, vijdon erkinligini ta'minlashdagi ahamiyati.
4. Dinshunoslikda shakllangan mifologik, tarixiy, sotsiologik, antropologik va boshqa maktablar.


Tayanch tushunchalar: Din, dinshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari, din falsafasi, din tarixi, din psixologisi, din sotsiologiyasi, diniy e'tiqod, diniy bag‘rikenglik, vijdon erkinligi, teologik yondashuv, materialistik yondashuv, mif, antrapologiya.
1.1. Dinshunoslik fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng dinga yangicha qarash va munosabat bildirish imkoniyati tug‘ildi. Natijada nisbatan yangi bo‘lgan dinshunoslik fani vujudga keldi. Bu fan ilgarigi ateizmdan farqli o‘laroq, dinni tanqid qilish, uni jamiyatdan yo‘qotish maqsadida emas, balki unga milliy ma'naviyatning bir bo‘lagi sifatida yondashib, uni xolisona o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev haqli ravishda: “YUrtimizda hukm surayotgan diniy bag‘rikenglik muhiti tufayli mamlakatimizda 2 ming 200 dan ortiq turli diniy tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. Turli din vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat va do‘stona munosabatlarni rivojlantirish, fuqarolar qaysi din va e'tiqodga mansubligidan qat'i nazar, ularning teng huquqliligini ta'minlash bundan buyon ham eng muhim vazifalarimizdan biri bo‘lib qoladi.
Biz muqaddas dinimizni noto‘g‘ri talqin etayotgan va uni niqob qilib, bizni orqaga, o‘rta asrlar hayotiga qaytarishga urinayotgan buzg‘unchi kuchlarga qarshi keskin kurashib keldik va bundan keyin ham qat'iy kurash olib boramiz” -deb, ta'kidlagan edi.
Darhaqiqat, ko‘pgina millat, turli 16 ta diniy konfessiya vakillari tinch-totuv yashayotgan O‘zbekistonda 2 ming 200 dan ortiq turli diniy tashkilotlar faoliyat yuritmoqdaki, barcha dinlarning tengligini ta'minlash, fuqarolarning e'tiqodiga hurmat bilan qarash, mamlakatda tinchlik va barqarorlikni saqlash, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy taraqqiyot imkoniyatlarini kengaytirishning muhim shartlaridandir.
Ma'naviy taraqqiyot imkoniyatlarini kengaytirish, rivojlantirishda esa dinshunoslik fanining tutgan o‘rni beqiyosdir. Hozirgi kunda oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilayotgan «Dinshunoslik» fanining ko‘zda tutgan asosiy maqsadi talabalarga Shu sohada chuqur bilim berish orqali fan doirasiga kirgan masalalarni tahlil qilishda ilmiylik va ob'ektivlik uslubini qo‘llab, ularda diniy qarashlar jamiyat taraqqiyotiga, inson kamolotiga xizmat qiladigan jihatlarini ajratib olish, mustaqil fikr yuritish orqali ilmiy-falsafiy dunyoqarashga asoslangan imon va e'tiqodni shakllantirishdan iborat.
Dunyoviy demokratik davlat va huquqiy fuqarolik jamiyati yo‘lida borayotgan mamlakatda diniy e'tiqodning tutgan o‘rni va rolini to‘g‘ri belgilay bilish va uni to‘g‘ri idrok etishda bu fanning ahamiyati kattadir. Ba'zan talabalar orasida predmetning mohiyatini to‘g‘ri tuShunib etmaslik holatlari natijasida uni iloxiyot haqidagi fan yoki ba'zi hollarda ilmiy ateizm fanining davomchisi sifatida ham qarash hollari uchraydi. Aslida iloxiyot faqat diniy adabiyotlar, manbalarga suyanadi, ilmiy ateizm esa din muammolariga bir yoqlama yondashish, dinni faqat tanqid qilish deb tuShuniladi. Hozirgi dinshunoslik fani bundan farqli ularoq fan doirasidagi muammolarni hal qilishda xilma-xil ilmiy dunyoqarashga asoslangan holda xulosalar chiqaradi. “Dinshunoslik” faniga kiradigan mavzular va uning mazmuni Respublikamizda Shu fan sohasida to‘plangan nazariy va amaliy tajribalar asosida shakllanadi.
E'tibor bering. Dinshunoslik fanining predmeti – din, daxriylik qarashlari yuzaga kelishining sabablari, ularning evolyutsion taraqqiyotini ilmiy jihatdan tuShuntirish, ular rivojini va yo‘l qo‘yilgan kamchilik hamda xatolarning obektiv, subektiv sabablari, Shuningdek, hozirgi mustaqillik sharoitida din va daxriylika bulgan munosabat muammolarini o‘rganadigan fandir.
E'tibor bering. Dinshunoslik fanining maqsadi – talabalarga milliy va diniy qadriyatlarning tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unligini tuShuntirish, ularda diniy bag‘rikenglik madaniyatini, dinga nisbatan to‘g‘ri yondashuvini shakllantirish va jamiyat uchun yuksak ma'naviyatli kadrlarni tarbiyalashdan iborat.
E'tibor bering. Dinshunoslik fanning vazifasi – talabalarga hozirgi davrdagi dinlarning ma'lum xalq hayotida tutgan o‘rni haqida umumiy nazariy tushunchalar berish, ularning davlat va din munosabatlari, dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasi va madaniyati to‘g‘risidagi tasavvurlarini boyitish, din va diniy qadriyatlarning talqin etilishi va bugungi kundagi ahamiyatini o‘rgatish, globallaShuv jaryonida diniy sohada kechayotgan tendensiyalarni yoritish, yoshlarda turli zararli diniy sekta va oqimlarning buzg‘unchi g‘oyalariga qarshi immunitetni shakllantirishdan iborat.
Dinshunoslik fani insonShunoslik fani sifatida dinning ming yillar davomida ijtimoiy taraqqiotdagi roli va ahamiyatiga xolis baho beradiki, bu ayniqsa, dinning mohiyati, evolyusiyasi va jamiyat tarixida, ma'naviy madaniyatida tutgan o‘rniga bag‘ishlangan mavzularda o‘z aksini topdi. Hozirgi sharoitda dinni insoniyat ma'naviyati va madaniyati tarixining ajralmas bir qismi deb qaralmog‘i zarur.
Boshqacha aytganda, din va diniy falsafaga, umuminsoniy kadriyatlar nuqta'i-nazaridan, ularga umummadaniy, umumma'naviy va sivilizatsiya taraqqiyoti jarayonining ayirib bulmaydigan tarkibiy qismi sifatida qaramoq lozim. Din inson tarbiyasida adolat va insonparvarlik omillari ustuvor bo‘lishiga imkon beradigan ma'naviy e'tiqoddir. Hozirgi murakkab davr mas'uliyati mustaqillik davrida turli dinlarga e'tiqod qiluvchi kishilarni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish milliy birligi va birdamligini tiklayotgan barcha xalqlarni diniy ziddiyatlar girdobiga tortish, hokimiyat uchun kurash maqsadida dindan foydalanish adolatsizliklarga, qon to‘kishga olib kelish mumkin. Shu o‘rinda bu fan mavjud muammolarni xal qiladi.
Dinshunoslik kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining muayyan bosqichida paydo bo‘lgan bo‘lib, dinning insoniyat ma'naviyatidagi ahamiyatini o‘rganish, ijtimoiy, gneseologik, psixologik ildizlarini, din ta'limoti, marosimlari, ijtimoiy mavqeyini, ijtimoiy funksiyalarini tarbiyaviy ahamiyatini o‘rganadigan fandir.
“Dinshunoslik” fani dinni tanqid qilish yoki ko‘r-ko‘rona maqtash maqsadida emas, balki dinni tarixiylik, xolislik asosida turli xalqlar hayotida tutgan o‘rnini ilmiy jihatdan, ma'naviy hayotning bir bo‘lagi sifatida yondoshib o‘rganadi.
“Dinshunoslik” fanining vazifalari quyidagilardan iborat:
- dinning jamiyatga ijtimoiy, ma'naviy, ruhiy ta'siri haqida bilimlar berish;
- ibtidoiy diniy tasavvurlar, milliy va jahon dinlari ta'limotlari haqida ma'lumot berish;
- dinning mohiyati va uning kishilik jamiyati taraqqiyotidagi turli tarixiy bosqichlarda tutgan mavqei haqida tushuncha berish;
- jamiyatni ma'naviy jihatdan kamol toptirishda diniy qadriyatlarning ahamiyatini yoritish;
- dunyoviy davlat va dinning o‘zaro munosabatlarini yoritib berish;
- diniy aqidaparastlik, ekstremizm va fanatizm kabi salbiy illatlar mohiyatini yoritish va ularga qarshi g‘oyaviy immunitetni
shakllantirish;
- O‘zbekiston Respublikasida dinga nisbatan munosabatning tubdan o‘zgarganligi, xususan, islom dini qadriyatlarini tiklash yo‘lida
qilinayotgan ishlar haqida keng tasavvur hosil qilish.
“Dinshunoslik” fanining vazifalaridan eng avvalo, ilmiylik va obektivlik asosida dinga yondashib, dinlarning inson kamolotiga xizmat qiladigan jixatlarini ajratib olib, mustaqil fikr yuritish orqali ilmiy-falsafiy dunyoqarashga asoslangan imon va e'tiqodni
2. Dinshunoslikning ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqadorligi.
Dinshunoslik fani ijgimoiy-gumanigar fanlar bilan uzviy bog‘lik xolda shakllangan, rivojlangan va hozirda xam Shu jarayon davom etayotganiga, eng qadimgi zamonlardan boshlab falsafiy tafakkurda din masalasi faylasuf olimlar diqqatini o‘ziga jalb etib kelganligiga, dinga ta'rif va tavsiflar berilganligiga to‘xtaladi.
Dinshunoslikni axloqShunoslik, arxeologiya, sotsiologiya, psixologiya, falsafa, antropologiya, madaniyatShunoslik, filologiya, tarix fanlari bilan bog‘liq holda o‘rganish kerak. Zero, dinshunoslik fani mazkur fanlar bilan hamkorlik qilib tutashgan erida uning turli sohalari vujudga kelgan.
Qadim zamonlardan boshlab falsafiy tafakkurda din masalasi faylasuf olimlarning diqqatini o‘ziga jalb etib kelgan. Dinga turlicha
ta'rif va tavsiflar berilgan. Falsafiy dunyoqarashda dinni g‘oyalar tizimi sifatida tahlil etuvchi din falsafasi yo‘nalishi shakllangan.
Psixologiya fani tarmoqlari murakkab hodisa bo‘lgan dinni inson
ruhiyati bilan bog‘liq holda tahlil qilgan. Buning natijasida din psixologiyasi fani shakllangan va rivojlangan. Shuning uchun ham dinshunoslik asoslarini o‘rganishda psixologiya fanining ko‘p sonli yutuqlariga suyanish muhimdir.
Muayyan jamiyatda diniy ta'limotning tarqalishi, uning kishilar
ongiga ta'sir darajasi (diniy ong darajasi), ijtimoiy va madaniy- ma'naviy hayotga ta'siri va rolini aniqlash maqsadida sotsiologik tadqiqotlar xulosalariga murojaat qilinadi. Keyingi ikki asr davomida dinni ijtimoiy hodisa sifatida o‘rganuvchi din sotsiologiyasi fani barq urib rivojlandi. Sotsiologik nuqtai-nazardan qaralganda din ijtimoiy hayotning ajralmas qismi bo‘lib, u ijtimoiy munosabatlarni yuzaga keltiruvchi va amalga oshiruvchi omil sifatida namoyon bo‘ladi. Bu bilan dinnig jamiyatda bajaradigan vazifalarini o‘rganish lozim buladi. Bunda dinning aloxida shaxsga va jamiyatga ta'sir qilish yo‘li, usullari o‘rganiladi.
Dinning ta'rifi, tavsifi, ta'limoti va ijtimoiy hayotdagi o‘rnini o‘rganishda turli yondashuvlar mavjud, masalan: 1) ilohiyot (teologiya) fan jihatidan; 2) tanqidiy-ateistik va 3) ilmiy nuqtai nazardan. Kishilik jamiyati uchun har qaysi yondashuv natijasida to‘plangan ilmiy, amaliy, tarixiy, falsafiy ma'lumotlar juda katta ahamiyat kasb etadi.
Bulardan tashqari dinshunoslikning din antropologiyasi, din
fenomenologiyasi, din etnologiyasi, din tarixi, din aksiologiyasi, din
geografiyasi, din tipologiyasi kabi sohalari mavjudki, ularning yutuqlaridan ham dinshunoslik fanini o‘qitish va o‘rganishda foydalanish mumkinligiga to‘xtaladi.
Ma'lumki, falsafa va boshqa ijtimoiy fanlar singari dinshunoslik ham dunyoqarash bilan bog‘liq. U shaxsda diniy e'tiqodning paydo bulishi, yashashdan boshlab, jamiyat taraqqiyotidagi revolyusiyasi va uning inson xususiyatiga ta'sirini ilmiy jihatdan o‘rganadi. Dinshunoslikka o‘ziga xos ilmiy ta'rif berish bilan birga uning ijtimoiy gnoseologik va psixologik ildizlarini ochadi. Dinshunoslik predmeti boshqa ijtimoiy fanlar - ma'naviyat asoslari, etika, estetika, tarix, etnografiya, arxeologiya, psixologiya bilan ham mustahkam bog‘likki, bu fanlar ham ilmiy xulosalar chikarish imkoniyatini yaratadi.
Olimlarning bu sohadagi izlanishlari natijasida XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida dinshunoslikda qator nisbatan mustaqil fan tarmoqlari: dinlar falsafasi, din tarixi, din psixologiyasi va din sotsiologiyasi vujudga keldi. Ular dinning o‘ziga xos tomonlarini tadqiq qilish bilan Shug‘ullanadilar. Bu fanlar to‘plagan nazariy va amaliy ma'lumotlar dinshunoslik va dinlar falsafasi uchun ham muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
XVIII asr va XIX asrning birinchi yarmida tadqiqotchilar tomonidan to‘plangan nazariy ma'lumotlar gumanitar fanlar sohasida yangi fan-“dinshunoslik”ning shakllanishiga olib keldi. XIX asrning ikkinchi yarmida dinshunoslik fani falsafa, antrapologiya, etnografiya, arxeologiya, tilShunoslik, qiyosiy mifologiya va fol'klor kabi fanlar bilan to‘qnashgan holda jahondagi dinlarni tadqiq qilishga kirishdi.
Din haqidagi yangi fanni vujudga keltirish harakati Evropa klerikallari (din himoyachilari) tomonidan salbiy qabul qilinib, unga qarshi tanqidiy fikrlar aytildi. Ular o‘z e'tirozlarini ham nazariy, ham amaliy jihatdan asoslashga harakat qildilar. Ularning fikricha, dinni ratsional (akliy) uslubda o‘rganish mumkin emas ekan, chunki din o‘z mazmuni bilan irratsional (aqldan yuqori) elementlarga ega. Amaliy jihatdan dinni o‘rganish esa, ya'ni turli dinlarning qiyosiy taxlili diniy qadriyatlarning axamiyatining pasayishiga olib keladi.
Bunday e'tirozlarning mavjudligiga qaramasdan Evropa jamoatchiligida dinshunoslikka bo‘lgan qiziqish so‘nmadi. XIX asrning 70-yillaridan boshlab dinlar falsafasi va tarixi fanidan Angliya, Gollandiya, Germaniya, Frantsiya, Italiya va boshqa mamlakatlarning yirik universitetlarida ma'ruzalar o‘qila boshlandi.
Shunday qilib, dinlar falsafasi diniy xususiyatlarining ichki chuqur mohiyatini ochib bersa, sotsiologiya, psixologiya, fenomenologiya, din tarixi ularning muayyan konkret sharoitda tutgan o‘rni, darajasi, ta'siri haqidagi ma'lumotlar bilan boyitadi.
1.3. Dinshunoslik fanini o‘rganishning jamiyat barqarorligini mustahkamlash, diniy bag‘rikenglikni tarbiyalash, vijdon erkinligini ta'minlashdagi ahamiyati.
Dinni kelib chiqishini o‘rganish, uni falsafiy jihatdan tahlil qilish juda qadimgi davrlardan boshlangan. Xususan, xalqimiz e'tiqod qilgan dinlardan biri zardushtiylik haqidagi dastlabki falsafiy mushohadalar miloddan avvalgi VII-VI asrlarda boshlangan. Shunday holatni boshqa din shakllari tarqalgan qadimgi YUnonistonda ham kuzatish mumkin.
Sharqda din kelib chiqishi to‘g‘risidagi qarashlarning, din falsafasining rivojlanishi islom paydo bo‘lgan davrdan keyin, ya'ni VIII-IX asrlarda kalom-falsafasining shakllanishi bilan bog‘liqdir. Dinlar falsafasi, din kelib chiqishi haqida mushohada yuritish Sharqda ancha oldin boshlangan bo‘lsada, ammo ilmiy-falsafiy o‘rganish, ilmiy tadqiq qilish asosan XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrda jiddiy tus oldi.
Dinshunoslik fanining falsafasi Shundaki, u dinning paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixini, uning ta'limoti, vujudga kelishi va shakllanishini o‘rganishda falsafiy ta'limotga suyanadi. Zero, bu fan jamiyat taraqqiyoti jarayonida din bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ijtimoiy hodisalarni-mafkura va aqidalar, urf-odat va marosimlar, masjid va| diniy tashkilotlarning talab va tartiblarini falsafiy tahlil qilishni ko‘zda tutadi.
Islom falsafasi shakllangandan so‘ng o‘rta asr musulmon madaniyati, ma'naviy hayotga oid masalalarni bemalol mushohada qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu Markaziy Osiyo halqlari milliy-diniy mafkurasining shakllanishiga kuchli ta'sir etdi. YAna bu falsafada imon butunligi, e'tiqod sobitligi uchun kurash jarayonida diniy bag‘rikenglik, sabr-toqatlilik va hurfikrlilik mayllariga ham yo‘l ochildi. Shuning uchun bu davrda turli din vakillari o‘rtasida muhim masalalar yuzasidan muhokama va munozara qilish imkoniyati vujudga keldi.
Dinshunoslik, ayniqsa, dinlar falsafasi, hurfikrlilik g‘oyalari bilan ham uzviy bog‘liqlikda rivojlangan. Dastlabki hurfikrlilik g‘oyalari Markaziy Osiyoda - deizm, panteizm, mo‘tazililar, bu o‘lkada yashagan, ijod qilgan ulug‘ mutafakkirlar Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyomning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida, Ibn Rushdning «Ikki haqiqat» ta'limotida olg‘a surilgan edi. XVII asrda Boburning nabirasi SHoh Akbar, so‘ngra XVIII asrda fransuz faylasuflarining dinga, diniy tashkilotlarga munosabati XIX asrda ilmiy dinshunoslik xususida yangi oqim, yo‘nalish va nazariyalar yuzaga kelishiga katta turtki bo‘lgan.
Shunday qilib, islom ta'limoti tarixida amalga oshirilgan nazariy va amaliy ishlar Movarounnahr, Xuroson va eronda, umuman O‘rta Osiyo va YAqin Sharq xalqlari diniy-falsafiy tafakkurida birinchidan, ilmiy-falsafiy, madaniy ahamiyatga ega bo‘ldi; ikkinchidan, ular qoldirgan ilmiy-madaniy meros dinshunoslik va dinlar falsafasi fanlarining shakllanishiga zamin bo‘lib xizmat qildi.
Islomning paydo bo‘lishi va uning ta'limotini ilmiy nuqtai nazardan o‘rganish, umuman islomShunoslik masalasi XX asrning 30-yillarga kelib sobiq sovet tuzumida jiddiy ravishda o‘rtaga qo‘yildi. Uzbekiston olimlari esa islom tarixi va islomShunoslik bo‘yicha 50-60-yillardan boshlab ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordilar. Akademik I.Mo‘minov rahbarligida tadqiqotchi olimlardan A.Ortiqov, M.Usmonov, S.Azimov, O.Suxareva va boshqalar ilmiy ishlar olib bordilar. 70-80-yillarga kelganda islom va uning ta'limoti, islomShunoslik sohasida akademik M.Xayrullaev, N.Ibragimov, olimlardan J.Bozorboev, I.Jabborov, Ibrohim Karimov, A.Ochildiev, T.Toshlonov, I.Xo‘jamurodov, I.Xudoyberdiev, O.Bozorov, A.Abdusamedov va boshqalar dinlar tarixi ta'limoti va dinshunoslik faniga munosib hissalarini qo‘shdilar.
Markaziy Osiyo xalqlarining tarixi bevosita din, xususan islom tarixi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, islom ta'limoti, g‘oyalari, madaniyat tarixi, ma'naviyat asoslari darslarida o‘tiladiki, bu dinshunoslikda islom ta'limotining ta'siri kuchli bo‘lgan. Mustaqillik sharofati bilan islom, uning ta'limotini o‘rganish, islomShunoslik va dinshunoslik sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Shu davr ichida Qur'oni karimning o‘zbek tiliga uchta tarjimasi taqdim qilindi va ko‘plab yangi-yangi asarlar, to‘plamlar, maqolalar chop etilmoqda.
Din va qonun o‘zaro munosabatlarini yaxshi bilish demokratik jamiyat poydevorini mustahkamlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni turli diniy jamoa a'zolarining huquqlari, majburiyatlari haqida to‘la ma'lumot beradi. O‘quvchilarda qonunga hurmat hissini, o‘zininggina emas, boshqalarning ham diniy his-tuyg‘ularini hurmat qilish, tushunishga harakat qilish, o‘z shaxsiy fikrlarini boshqa kishilarga tazyiq bilan o‘tkazish g‘ayri qonuniy xatti-harakat ekanligi, ijtimoiy joylarda diniy masalalarda zo‘ravonlik, agressivlikka yo‘l qo‘yilmaslik tasavvurlarini shakllantirish lozim.

4. Dinshunoslikda shakllangan mifologik, tarixiy, sotsiologik, antropologik va boshqa maktablar.


E'tiqod nima?, - Inson qachondan beri Xudoga ishonib keladi?, - Din qachon paydo bo‘ldi? kabi savollar doimo olimlarni qiziqtirib, o‘ylantirib kelgan. Mazkur izlanishlar necha asrlardan beri davom etib kelayotgan bo‘lsa-da, hali hanuz bu borada bir to‘xtamga kelinmagan. Umumiy ma'noda, bugungi kunda fanda dinlarning shakllanishi tarixiga oid ikki xil qarash mavjud.
Birinchi qarashga ko‘ra dinning paydo bo‘lishi bevosita insoniyatning yaralishi bilan bog‘liq. Xudo ilk insonlarni yaratishi bilan ularga O‘zini tanitdi, natijada inson ilk dinga e'tiqod qila boshladi. Bunday qarash fanda “teologik yondashuv” deb nomlanadi. Bugun mavjud bo‘lgan har qanday din o‘zining tarixini insoniyat yaralishi – ilk inson bilan bog‘lashini ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, islom dinida – Odam va Havvo, yahudiylik va xristianlikda – Adam va Eva, zardushtiylikda - Govmard, sintoizmda – imperator Mikado va boshqalar. Mazkur ta'limotlar dinlarning muqaddas manbalarida bayon qilingan.
Teologik yondashuvga ko‘ra, turli buyumlarga sig‘inish va ko‘pxudolik,
jumladan animizm, totemizm, fetishizm va shomonlik yakkaxudolilikdan keyin yuzaga kelgan.
Dinlarning kelib chiqishi haqidagi ikkinchi qarash fanda “materialistik yondashuv” deb nomlanadi. Mazkur qarashlarning paydo bo‘lishi antik davrga borib taqalib, ilk bor qadimgi yunon faylasuflari qarashlarida aks etgan. XVII asrga kelib Evropada cherkov hokimiyatining susaya boshlashi, hurfikrlilik namoyandalari - din tanqidchilarining paydo bo‘lishi, XIX asrning ikkinchi yarmida CHarlьz Darvin tomonidan “Turlarning kelib chiqishi” (1859) nomli asarning chop etilishi ham turtki bo‘ldi. Keyinchalik mazkur qarashlar Avgust Komt va Lyudvig Buxnerlar tomonidan eng cho‘qqisiga ko‘tarildi. Unga ko‘ra din bu ijtimoiy hodisa, inson tafakkuri, emotsiyalari mahsulidir. Mazkur qarash tarafdorlari fikricha, dinlar soddadan-murakkabga, umumiylikdan-xususiylikka, ko‘pxudolikdan- yakkaxudolikka tomon uzoq tarixiy evolyusion jarayonni bosib o‘tgan. Unga ko‘ra, ilk davrdagi ibtidoiy odamning jismoniy, fiziologik, asab-endokrin, biologik, psixologik va boshqa sohalari o‘ziga xos xususiyatlarga ega edi. Bu nafaqat uning hayoti va faoliyatiga, fe'l-atvoriga, balki uning fikrlash darajasiga, kuchli hayajonlanishiga, tasavvur etishiga, mustahkam, haqiqiy yoki soxta mantiqiy qonuniyatlarni kashf etishiga ta'sir ko‘rsatadi. Uyqu, tush va nafas olish kabi holatlarda tanani boshqaruvchi va o‘lim bilan undan ajratib turuvchi, hayot bag‘ishlovchi qandaydir kuch mavjudligiga ishongan ajdodlarimiz, mazkur kuch harakat qiluvchi har bir narsa: daryo, quyosh, oy, daraxt kabi mavjudotlarda bor deb tasavvur qilganlar. Natijada, inson qo‘rquvi, hurmati, ehtiyoji va zarurati darajasida ularga sig‘ina boshlagan.
Materialistik maktab tarafdorlari fikriga ko‘ra, qo‘rquv dinlarning kelib chiqishida asosiy rolь o‘ynagan hissiy holatdir. Jumladan, ingliz faylasufi Xerbert Spenser (1820-1903) ham ibtidoiy qabila dinlarining kelib chiqishiga qo‘rquv natijasida “ajdodlarga sig‘inish” sabab bo‘lganligini ta'kidlaydi. Spenser ijtimoiy hisob-kitoblarga suyangan holda, hayot qo‘rquvining dinlardagi o‘rniga alohida diqqatni tortadi. Bu qo‘rquvning ajdodlarga nisbatan ibodatning barcha ko‘rinishlari shakllantirganligini va tangrilarning ustun yoki qahramon bo‘lgan ajdodlardan tanlanganligi fikrini ilgari suradi; har bir dinda ajdodlarga alohida e'tibor qaratilganligiga ishora qiladi.
Taniqli psixolog Zigmund Freyd (1856-1939) ham dinning kelib
chiqishini aynan qo‘rquv hissi bilan bog‘laydi. Uning fikriga ko‘ra, matriarxat davrida o‘ziga juft topish uchun yosh yigitlar otalarini o‘ldirib, hatto o‘z onalariga ham uylanganlar. Vaqt o‘tishi bilan o‘g‘il o‘z otasining joniga qasd qilganidan vijdoni qiynalib, otasining ruhi undan qasos olishidan qo‘rqib, unga ibodat qila boshlagan. Freyd bu nazariyani “edip kompleksi” deb ataydi.
Maks Myuller (1823-1900) fikriga ko‘ra, dinning kelib chiqishi tabiat hodisalarining insonga bergan dahshatidan kelib chiqqan va u “naturalizm” deyiladi. Naturalizm, fizikaviy muhitda uchraydigan quvvat va mavjudotlarning ideallashtirilishi, shaxslashtirilishi va
ilohiylashtirilishi demakdir. Ushbu fikrni ilgari surgan Maks Myuller hinduizmning muqaddas kitobi Vedalarga suyangan. Vedalardagi xudo nomlarining tabiat hodisalari bilan aloqador ekanligi fikrini o‘rtaga tashlagan; misol uchun “Agni”ning “olov”, “Dyaus”ning “ko‘k” (osmon) ma'nolarini bildirishini, bu so‘zdan fransuzcha “Dieu” (lotincha Deus), ispancha “Dios” (Xudo) so‘zlarining kelib chiqqanini ma'lum qilgan. Myuller deyarli barcha dinlarda xudo nomlari, avval olov bo‘lishi bilan birga, tabiat hodisalarini bildirishini; tabiat kuchlariga g‘ayritabiiy baho berish moyilligini uyg‘otganligi va til o‘zgarishlari natijasida dinlardagi barcha muqaddas tasavvur va e'tiqodlarning yuzaga kelganligini bildirgan.
Mazkur maktab tarafdorlari dinlarning yuzaga kelishi va shakllanishi animizm, totemizm, fetishizm va shamanizm kabi bosqichlarda yuzaga kelganini ta'kidlaydi.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə