O‘zbekiston respublikasi


-rasm. Zarafshon qo’riqxona florasi



Yüklə 441,56 Kb.
səhifə2/4
tarix14.04.2018
ölçüsü441,56 Kb.
#38323
1   2   3   4

2.1-rasm. Zarafshon qo’riqxona florasi


2.2. Tadqiqot ob’ektlari.

Tadqiqot ob’ektlari: Zarafshon qo’riqxonasi hududida qushlarning turlar tarkibinin o’rganish, biotopik tarqalishi va ayrim tur qushlarning uya ekologiyasining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish .

Ulardan: daraxtzorlarda yashaydigan buxoro chittakni uyalash ekologiyasi va xususiyatlari o’rganildi.
2. 3.Tadqiqot uslublari

Malakaviy bitiruv ish uchun material amaliyot davrida va qisqa muddatli ekskursiyalar davomida to’planadi. Tadqiqotlarning asosiy vazifasi bo’lib Zarafshon qo’riqxonasi hududida qushlarning turlar tarkibinin organish, ular sonini aniqlash va assosiy tur qushning uya ekologiyasining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish hisoblanadi. Qushlar tarkibini organishda biz ornitofaunani biotopik taqsimladik, yani:

Materiallar asosan qo’riqxonaning birinchi maydonida to’plandi.

Hududning o’ziga xos xususiyatlari (o’simliklar qatlamining mozaik taqsimlanishi, chegaradosh biotoplar chegaralarining bir – biriga o’tib turishi) ni hisobga olgan holda qushlarning miqdorini baholash uchun G. A. Novikov [28] uslubiyatidan foydalandi. Hisoblar marshrutlarda hisob polosasining qayd qilingan kengliklarida olib borildi. Hisoblar turli biotoplarda o’tkazildi. Qushlarning uya ekologiyasi umumiy qabul qilingan uslubiyat asosida olib borildi [23]. Tadqiqotlar davomida qushlarning juftlashish davrining boshlanishi uya qurishi, tuxum qo’yishi, tuxumlarini bosib yotishi, poloponlarining tuxumdan chiqishi muddatlari va bu bosqichlarining davomiyligi aniqlandi.

Uya materiallari, uya shakllari, uyalarning joylashgan o’rni va o’lchamlari tasvirlanadi. Tuxumlarining o’lchamlari va og’irligi shtangensirkul va apteka tarozilari yordamida o’lchanadi. Poloponlarning tuxumdan chiqqandan so’ng rivojlanishi Brodi formulasi orqali aniqlandi [40].

By erda:

R- uzunlik va og’irlik o’sish kattaligining % hisobidagi miqdori.

V1- boshlang’ich uzunlik yoki og’irlik.

V2- keyingi uzunlik yoki og’irlik.

Poloponlar rangi iplar orqali belgilandi. Poloponlarning oziqlanishi visual kuzatishlar orqali o’rganildi. Buning uchun 8 karra kattalashtiruvchi durbindan foydalanildi.

Tuxumlarning o’lchamlari va og’irligi statistik qayta ishlandi [16].

- o’rtacha arifmetik xato

- o’rtacha arifmetik xato

- kvadrat xato

- variatsiya koeffitsienti

Qushlarning uya hayoti doimiy kuzatishlar orqali o’rganilgu. Tixum bosish va poloponlarini boqish davrlarida sutkalik kuzatishlar olib borildi.




3.Tadqiqot natijalari
3.1. Buxoro chittagi ekologiyasining o’ziga xos xususiyatlari.

O’zbekistonda yashaydigan buxoro chittagining sistematik holati quyidagicha:

Sinf: Aves – Qushlar

Turkum: Passeriformes – Chumchuqsimonlar

Kenja turkum Passeres – Haqiqiy chumchuqlar

Oila: Paridae – Chittaklar

Kenja oila: Parinae – Chittaklar

Urug’: Parus Linnayeus

Kenja urug’: Parus Linnayeus

Tur: Parus bocharensis Lichtenstein – Buxoro chittagi

Kenja tur: Parus bocharensis bocharensis. [ 21,36]
Buxoro chittagining tumshug’i va oyog’i qoramtir, boshining tepasi, tumshug’ining ostki va jig’ildoni qora rangda. Qora ranglar shuningdek ko’krak toji va qorni ketadi va dum osti patlarngacha davom etadi.

Chakkasi sof oq rangda, tanasining yon va pastki tomonlari kulrang aralash oq rangda bo’ladi. Tanasining tepa qismi kulrang tusda. Qishki – baxorgi davrda katlarining qora ranglarida metall yarqirog’i bo’ladi. Chittak juda serharakat bo’lib, doim xarakterli «tyuv – tyuv – tyuv - chiz» tovush chiqarib turadi. Bu uning sayrashi hisoblanadi. Chittak – ko’proq daraxtda yashaydigan qush bo’lib, zarur paytlardagina yerga qo’nadi. foto



3. 1. 1. Tarqalishi

Buxoro chittagi O’zbekistonda keng tarqolgan bo’lib, u faqatgina baland tog’ mintaqalarida uchramaydi. O’zbekiston hududida buxoro chittagining vertikal tarqalishi dengiz sathidan 800 – 900 metrdan 2100 – 2200, kamdan – kam hollarda 2400 – 2500 metrni tashkil etadi [1]. N. M. Maslovning (1947) fikricha buhoro chittagi faqat vohalarda uya quradi. A. I. Ivanovning (1969) ma’lumotiga ko’ra buxoro chittagi Samarqand shahri uchun odatdagi qush hisoblanadi. I. A. Abdusalyamov (1973) buhoro chittagini Samarqanddan sal yuqoriroqda, Sudjino atroflarida uchratgan. A.K. Sagitov va S. B. Bakayevlarning (1980) ma’lumotlariga ko’ra buxoro chittagi Buxoro vohasining cho’l o’rmonlarida ham uchraydi. Shuningdek, buxoro chittagi vodiydagi barcha bog’larda yashaydi. Parus bocharenses kenja turi Orol dengzining sharqiy qirg’oqlari, Amudaryo va deltasi va g’arbiy O’zboydan tortib sharqqa tomon Chu vodiysi, Tyan-Shan va Oloy tog’ tizmalari g’arbiy etoklarigacha tarqalgan. Shimlo tomonda Orol dengizining shimoli g’ sharqiy burchagi, Sirdaryoning qo’yi oqimi, Qoratog’ tizmasi va Chu vodiysigacha, janubga tomon Kopettog’ning shimoliy yon bag’irlarigacha, sharqroqda. Respublikasiningjanubiy chegaralarigacha tarqalgan.



3.1.2. Kuchib – ketish xarakteri.

Buxoro chittagi Zarafshon qo’riqxonasi sharoitida o’troq qush hisoblanadi. U qish davrida vertikal ko’chishlar hosil qilib uya qurish hududlarining yuqori qismlaridan pastga tomon tushadi. Lekin uyalash orealidan chetga chiqmaydi. Tog’lardan vodiy tomonga ko’chish noyabrning oxirlarida boshlanib, fevralning oxirida martda ayrim yillarda aprelning o’rtalarida ular yana ortga qaytadilar [1]. O’troq bo’lishga qaramasdan buxoro chittagi uyalash davridan keyin unchalik uzoq bo’lmagan ko’chishlar hosil qiladi.



3.1.3. Biotopi.

Buxoro chittagining uya biotoni bo’lib. Buta va daraxtlar bo’lgan, ko’pincha eski, kovoklari bo’lgan saksovul, tut, terak va mevali daraxtlari bo’lgan daraxtzorlar hisoblanadi. Shuningdek, buxoro chittagi daryo qayiri va qirg’oqlaridan to’qayzordar, daryolar vodiysidagi mevali daraxtzorlar, tog’ oldi va tog’ zonalaridagi buta-daraxtzorlarni ham hush ko’radi. Uya quyish davrida tog’ daryolari va soylari vodiysidagi chinor, archa o’sadigan daraxtzordarda uchraydi. Zarafshon qo’riqxonasi sharoitida buxoro chittagi daraxtzorlarda biotopida yashaydi. Yo’llar chetida o’sadigan ko’pincha kovoqlari bo’lgan eski daraxtlarda uya quradi. Shuningdek, odamlar tomonidan o’rnatilgan sun’iy uyalarda ham uya qurishi mumkin. (3.1.1-rasm).



3.1.1-rasm. Buxoro chittagini sun’iy uyasi


3.1.4. Soni.

Buxoro chittagi Zarafshon qo’riqxonasida odatdagi va ko’p sonli qushlaridan biri. Buxoro chittagi uchun xarakteri bo’lgan biotop (Zarafshon qo’riqxonasi) bo’ylab uch soatlik ekskursiya davomida 2007 yil 16 aprelda biz bor yo’g’i 6 juft chittaklarni uchratdik. Zarafshon qo’riqxonasida 1 km masofada 15 mayda 12 juft chittak qayd etildi.

Samarqand shahridagi skverda 1,5 soatlik kuzatish davomida 3 ta buxoro chittagi uchratildi. Buxoro chittagining soni uyadan uchirma qushlar uya hududi atrofida bo’lish davrida bir oz oshadi. Qish davrida buxoro chittagining 3 gektar maydonida bir soat davomida 2 ta, baland bo’yli eski chinor, akasiya va terak daraxtlari o’sadigan bog’larda 1 kmlik marshurut hisobida 3 ta qush sanaldi.

3.1.5. Ko’payishi.

Buxoro chittagi ko’payishga nisbatan erta kirishadi. Ko’payish davrining yaqinlashib kelishi belgilari martning boshlarida kuzatiladi. Ba’zan sayrayotgan chittaklarni bir oz ertaroq ham eshitish mumkin. Juftlarga apreldan so’ng chittaklar uch joylarini tanlashga kirishadi. Bu vaqtda nar qushlar daraxtlarning uchiga qo’nib olib, bir xil takrorlanib turuvchi tovushlar chiqarib faol sayraydi [19]. Aprelning oxirida tutilgan nar chittaklarning urug’donlari ancha kattalashgan edi. O’ng urug’donning uzunligi va eni 5,5 x 4 mm ni, chap urug’donning uzunligi va eni 6 x 5 mm ni, urug’donning og’irlish esa o’rtacha 125 mg ni tashkil etdi. Aprelning boshlarida moda chittak tuxumdonining o’lchami 4 x 3 mm bo’lib, follikulalari yaxshi rivojlangan edi [35]. A. V. Popov (1959) tomonidan 4-15 aprelda Varzob vodiysida tutilgan moda chittakning follikulalarining diametri 25 mm ga yetgan edi. Buxoro chittagi uya qurishga aprelning ikkinchi o’nkunligida kirishadi. Ommaviy uya qurish mayning birinchi yarmida kuzatiladi. Zarafshon quriqxona sharoitida 19 aprelda uya materiali tashiyotgan buxoro chitagi kuzatildi. Shofirkon o’rmon xo’jaligida bir kunlik ekskursiya davomida 5–6 ta faol uya materiali izlayotgan va tashiyotgan qushlar uchratilgan. Tojikistonda buxoro chittagining qurishi aprelning ikkinchi yarmida kuzatilgan [1]. R.L. Potapovning (1959) kuzatishlariga ko’ra chittaklarning faol joylanishi va uya urish joylarining tanlashi “Tigrovaya balka” qo’riqxonasining qirg’oq oldi chakalakzorlarida martning oxiri o’n kunligida, ya’ni respublikaning o’rta tog’ mintaqalariga nisbatan ancha ilgariroq yuz beradi.





3.1.2-rasm. Buxoro chittagini kovak uyasi

Buxoro chittagi – tipik daraxt kovaklarida uya quruvchi qush hisoblanadi. Shuning uchun xam uning uyasi ko’pincha eski daraxtlarning kovaklarida joylashgan bo’ladi. A. K. Sagitov, Bakayev (1980) tomonidan topilgan 6 ta uya saksovul daraxtidan qovak yerdan 0,2-1,5 m bolandlikda, bir uya tut daraxtining kovagida, bir uya yerdan 40 sm balandlikda, joylashgan qutida, yana bir uya devorga ilib qo’yilgan samovarda joylashgan edi. N.A. Zarudniy (1915) tuyaning bosh skeletida joylashgan chittak uyasini topgan. X. Solixboyev (1956) diametri 10 sm vertikal metal quvurda 50 sm balandlikda chittak uya qurganlini yozadi. (3.1.2-rasm ).

Tojikiston Respublikasi hududidagi uyalar turli daraxtlar: turang’il, terak, archa, uchqat, jiyda, chinor va har xil mevali daraxtlar tanasidagi yoki to’nkalardagi kovaklarda joylashgan.

A. K. Rustamovning (1958) ma’lumotiga ko’ra Turkmaniston sharoitida buxoro chittagi saksovul, turang’il, pista, yulg’undagi kovaklarda uya quradi. Buning ustiga uyalar deyarli yerga yaqin yoki yerdan 50-120 sm balandlikda joylashgan bo’ladi. Uya qurish davomiyligi turli uyalarda turlicha. Bu birinchi navbatda ob – havo sharoitlariga va tanlangan joyning qulayligiga bog’liq bo’ladi. Masalan, kuzatilgan uyalardan biri qulay kovakda joylashganligiga qaramasdan 12 kun davomida qurib bitkazildi.

Uya materiali bo’lib odatda qo’ylar, tuyalarning jumlari, katta kamdan – kam hollarda o’tchil o’simliklar xizmat qiladi. Faqatgina bitta uyada uya materiali sifatida o’tchil o’simlikdar qoyd etildi [35].

Turkmaniston sharoitida uya materiali sifatida buxoro chittagi o’simlarning poxoli, pat, quruq o’tlar ingichka shoxlardan foydalanadi. Bu materaillar qalin to’shak hosil qiladi. Bu qatlamga keyinchalik polaponlarini boqishda foydalaniladigan hasharotlarning xitin qoldiqlari qo’shiladi. Zarafshon qo’riqxonasi sharoitida buxoro chittagining uya materiali bo’lib, ingichka o’tlar poyalari, o’simliklarning poxoli, qushlarning patlari, xayvonlarning junlari xizmat qiladi. (3.1.3-rasm).



Buxoro chittagi uyasining o’lchamlari o’zgaruvgan bo’ladi. A. K. Sagitov va S. B. Bakayevlarning (1980) ma’lumotlariga ko’ra buxoro chittagi uyasining o’lchamlari quyidagicha bo’ladi: balandligi – 42 mm, diametri – 102 mm, lotogining chukurligi – 58 mm. Bizning ma’lumotlarimizga ko’ra Zarafshon quriqxona sharoitida buxoro chittagi uyasining o’lchamlari quyidagicha kattalikda o’zgarib turadi (3.1.1-jadval).



3.1.3-rasm. Buxoro chittagini uyasini ichki qo’rinishi
Uya qurib bitkazilgandan so’ng moda chittak tuxum qo’yishga kirishadi. Turkmaniston sharoitida 3 aprelda Tashkuprik yaqinida uchta uyada 3, 4, 5 tadan, 8 aprelda shu yerda ikkita uyada 5, 6 tadan bosib yotilgan tuxumlar topilgan [37]. Murg’obda Sari Yazi yaqinida 26 marta tuxumdonida tayyor tuxum bo’lgan moda chittak tutilgan [45]. Janub – g’arbiy qizil qum sharoitida 7 ta tuxumi bo’lgan birinchi uya 7 mayda topilgan. Oyning oxirigacha esa 10 dan ortiq 5 – 7 ta tuxumi bo’lgan uyalar topilgan [35]. Romit o’rmon xo’jaligida va Varzob sharoitida buxoro chittagining uyalashi aprelning ikkinchi yarmida qayd qilingan [29]. Zarafshon qo’riqxonasida yangi qo’yilgan tuxum bo’lgan birinchi uya 18 aprelda topilgan.


3.1.1-jadval
Buxoro chittagi uyasining yerdan balandligi (sm) va o’lchamlari (mm)




Yerdan balandligi

Kirish teshigining diametri

Ichki diametri


Tashkil diametri

Kirish yo’lining cho’qurligi

Uyaning chuqurligi

1

70

60 x 97

30

50

250

25

2

75

5 x 12

40

70

210

30

3

144

97 x 123

75

90

100

55

4

85

7 x 19

100

120

200

60

5

100

13 x 8,5

30

100

115

40

6

130

10 x 6,5

55

80

120

30

7

104

84 x 132

108

110

340

50

8

192

6 x 3,5

40

60

120

30

Tuxumlarini moda chittak xar kuni bittadan qo’yadi. Uyada 6 – 9 tagacha tuxum bo’ladi [1]. Janubi – g’arbiy qizilqum sharoitida buxoro chittagining uyasida 5 – 7 ta [35], Turkmanistonda 6 – 8 ta [37] tuxum bo’ladi. Bizning kuzatishlarimizga ko’ra Zarafshon quriqxona sharoitida buxoro chittagi 5 – 8 tagacha tuxum qo’yadi.

Buxoro chittagining tuxumlarining rangi oq, ba’zan tuxum po’chog’ida jigar – rangi – qizg’ish nuqtalar bo’ladi. Ko’pchilik tuxumlarning poyonok qismida toj hosil bo’ladi. (3.1.4-rasm).

Tuxumlarining o’lchami o’zgarib turadi. A. K. Sagitov va S. B. Bakayevlarning (1980) ma’lumotlariga ko’ra buxoro chittagi tuxumlarining o’lchamlari quyidagicha: uzunligi – 17, 5 mm, eni – 13,5 mm, ya’ni qo’yilgan tuxumning massasi 1,3 – 1,7 g. Tojikistonda buxoro chittagi tuxumlarining o’lchamlari quyidagicha o’zgarib turadi: uzunligi 18,6-19,2 mm, eni 13,1-14,5 mm, [29] va 16,7-17,3 mm x 12,8-13,0 mm [29],Turkmanistonda [30] buxoro chittagi tuxumlarining o’lchami quyidagicha: 16,9-17, 2 x 13,0-13,5 o’rtacha 16,9 x 13,2 (mm). G. P. Dementyev va N. N. Gladkovlarning (1954) ma’lumotlariga ko’ra buxoro chittagi tuxumining uzunlig va 17,6x13,1 (mm), T.Z. Zoxidov va R.N. Meklenbursevlarning (1969) ma’lumotlariga ko’ra o’rtacha 17,0-19,5 (mm) x 12,5-14,0 (mm).

Bizning ma’lumotlarimizga ko’ra Zarafshon kurikxonasi sharoitida buxoro chittagi tuxumlarining o’lchamlari quyidagicha (n=18): 13,4x17,1 mm, massasi 1,65 g.


3.1.4-rasm. Buxoro chittagini tuxumlari
3.1.2.-jadval

Buxoro chittagini tuxumlari olchami (mm) va ogirligi (g) (n = 25)

(Belyalova L.E.)


O’lcham

min

max

M

± m

± δ

C %

Uzunligi

15,9

20,6

17,1

0,16

0,74

3,34

Eni

13,2

14,1

13,4

0,11

0,49

3,49

Og’irligi

1,4

1,9

1,65

0,05

0,26

13,8

Tuxumlar xar kuni bittadan ko’yiladi. Oxirgi yoki oxiridan oldingi tuxum qo’yib bo’lingandan so’ng moda chittak tuxumlarini bosib yotishga kirishadi. Tuxumlarini modasi bosib yotadi, nari esa uni boqadi. A. K. Rustamovning (1958) ma’lumotiga ko’ra gohi-gohida tuxum bosishda urg’ochisini almashtirib turadi. Uyaga uchib kelayotgan nar chittak signal beradi va modasi uyadan uchib chiqadi. Birgalikda uchib ketishadi va uyaga yana birgalikda o’ziga xos ovozlar chiqarib uchib kelishadi (3.1.5-rasm)



3.1.5-rasm. Buxoro chittagini urg’ochisi tuxum bosish davrida

Inkubasiya davri davomida tuxum bosish jadalligi o’zgarib turadi. Inkubasiya davrining boshlarida tuxum bosayotgan qush uyani tez – tez tark etadi. Inkubasiyaning oxirida u uyada zich o’tiradi, uyani tark etish soni kamayadi. Tuxum bosish jadalligini kuzatish mobaynida (soat 6 00 dan 20 00 gacha, ya’ni 14 soat (840 daqiqa) moda qush tuxumlarini 670 daqiqa (79,8 %) bosib yotadi. Uya 170 daqiqa (kuzatishning 20,2 %) bo’sh qoldi. Tuxum bosayotgan qush uyani 15 aprel tark etdi. Inkubasiya davrining oxirida moda chittak tuxumlarini 730 daqiqa (86,9 %) bosib yotdi. Uyani 16 aprel 110 daqiqaga (13,1 %) tark etdi. (3.1.3-jadval).

Tuxum bosish davrida tuxum og’irligi 13–15 % o’rtacha 14,0% ga kamayadi. Agar tuxumlarni o’rg’ochisi bossa, erkagi yaqin atrofda bo’ladi va xavf tug’ilganda bezovta bo’lib sayray boshlaydi. (3.1.1-grafik)

3.1.3-jadval
Buxoro chittagi tuxumlarini bosish rejimi


Sana


Bosil gan kun

Kuzatish soatlari

Inkubasiya

to’xtovsiz

davomiyligi


Bosish vaqti % larada

Uchib ketish davomiyligi, min

Uchib ketish

lar soni


min

max

O’rtacha

min

max

o’rtacha

6. 04

4

6 – 20

3

63

17,8

79,8

3

15

5,8

33

15. 04

13

6 – 20

5

72

16,4

86,9

7

25

11,3

18

Inkubasiya davri 14 kun davom etadi. Masalan, oxirgi tuxumi 3 may kuni qo’yilgan uyada polaponlar 17 may kuni tuxumdan chiqdi. Xuddi shunday ma’lumotlar adabiyotlarda ham keltirilariladi [35].



3.1.1-grafik
Buxoro chittagi tuxumlarini qurib kamayish jadalligi




3.1.6-rasm. Buxoro chittagini 5 - kunlik polaponlari

3.1.7-rasm. Buxoro chittagini 10- kunlik polapon
Zarafshon quriqxona sharoitida polaponlarning ommaviy tuxumdan chiqishi may oyning oxiri va iyun oyining boshlarida kuzatiladi. Turkmanistonda 12 aprelda bir uyada patlari endigina chiqayotgan polaponlar topilgan [30]. Polaponlar tuxumdan yalang’och chiqadi tanasining ayrim joylarida embrional patlari bo’ladi. Ularning ko’zlari va eshitish yo’llari yopiq bo’ladi. 1-2 kun davomida ularning og’irligi 1,7 – 1,2 grammni tashkil etadi. Polaponlar jadal o’sadi, uchinchi kunda ularning og’irligi uch barobarga oshadi. Uyadan uchib chiqish oldidan uchirma polaponlarning og’irligi o’rtacha 15,5 grammga yetadi. Hayotining uchinchi kunida pterimiyalarda pigmentasiya paydo bo’ladi. Beshinchi kunda pat qalamchalari chiqa boshlaydi. Ikki haftadan so’ng dum patlarining uzunligi 25 mm ga yetadi. Hayotining oltinchi kunida polaponlarining ko’zlari va eshitish yo’llari ochiladi. O’ninchi kunda polaponlar deyarli to’liq pat bilan qoplanadi. (3.1.6-3.1.7-rasmlar; 3.1.4-jadval; 3.1.2-grafik)

Yüklə 441,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə