O„zbekiston respublikasi


Qashqadaryo viloyati moliya boshqarmasi misolida davlat moliyaviy resurslarining ishlatilish yo‟nalishlari va samaradorligi



Yüklə 316,67 Kb.
səhifə7/10
tarix30.12.2023
ölçüsü316,67 Kb.
#167702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3446cff9-77b3-4878-bda5-aa2d0add6f81 (1)

Qashqadaryo viloyati moliya boshqarmasi misolida davlat moliyaviy resurslarining ishlatilish yo‟nalishlari va samaradorligi


Qashqadaryo viloyati budjetining 2010-2012 yillardagi xarajatlarning tarkibiy o‟zgarishining tahlil qilish uchun 3.2.1, 3.2.2 va 3.2.3 jadvallardan foydalanamiz. Jadval ma‟lumotlariga e‟tibor beradigan bo‟lsak, viloyat budjeti xarajatlarining katta qismi ijtimoiy-madaniy tadbirlar hissasiga to‟g‟ri kekmoqda. Ijtimoiy madaniy tadbirlarning viloyat budjeti xarajatlar qismidagi salmog‟i 2010 yilda 52,3%, 2011 yilda 61,6%, 2012 yilda esa 67,4% ni tashkil etgan. Ijtmoiy madaniy tadbirlar sifarida umumiy ta‟lim, o‟rta maxsus,oliy ta‟lim va kadrlarning malakasini oshirish, madaniyat va ommaviy axborot vositalari, fan, sog‟liqni saqlash, jismoniy tarbiya, ijtimoiy ta‟minot kabilar moliyalashtirilmoqda.


Bularning ichidan umumiy ta‟lim, sogliqni saqlash, o‟rta maxsus, oliy ta‟lim va kadrlarning malakasini oshirish kabi sohalarni alohida ajratish lozim. Negaki, aynan ushbu sohalarga viloyat moliyaviy resurslarining kattagina qismi sarflanmoqda. Chunonchi, umumiy ta‟lim sohasiga sarflangan mablag‟larning 2010-2012 yillardagi viloyat budjeti xarajatlar qismidagi ulushi mos ravishda 32,5%, 37,3%, 39,5% ni, sog‟liqni saqlash sohasida ushbu ulushlar ko‟rsatkichlari 13,5%, 15,7%, 17,5% ni, o‟rta maxsus, oliy ta‟lim va kadrlarning malakasini oshirish sohasida esa 5,6%, 7,8%, va 9,6% ni tashkil qilmoqda.
Viloyat moliyaviy resurslari sarflanishi jihatidan keyingi o‟rinda turmush farovonligini oshirish bilan bog‟liq xarajatlar turadi. Bu turga quyidagi xarajatlar kiradi:

Ushbu turdagi xarajatlarni qoplash uchun viloyat moliyaviy resurslarning 15-18% i ajratilmoqda. Ijtimoiy madaniy tadbirlarga va turmush farovonligini oshirishga qaratilgan xarajatlarning katta salmoqqa egaligi yurtimizda xalq farovonligini harakat qilinayotganligining yaqqol ijobiy natijasidir. Xususan, boshqa hech bir davlatda ijtimoiy sohalarga bunchalik ko‟p mablag‟lar ajratilmaydi.Viloyat budjeti xarajatlar qismidagi ulushiga ko‟ra keyingi o‟rinlarda kapital quyilmalar va loyihalashtirish xarajatlari (4-8%), iqtisodiyot bo‟yicha xarajatlar (1,5-2,5%), davlat tashkilotlarini saqlash xarajatlari (1-2%) va boshqa xarajatlar turadi.

Yüklə 316,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə