O’zbekiston respublikasi xalq talimi ta’lim vazirligi



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə18/129
tarix22.03.2024
ölçüsü1,29 Mb.
#181841
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   129
Tuproqlar-geografiyasi-2019-20-majmua-

Nazorat uchun savollar:
1. Mikroorganizmlar tuproq hosil bo’lishida qanday vazifani bajaradi?
2. Mikroorganizmlar faoliyati bilan tuproq zonalari o’rtasidagi bog’liqlikni mohiyatini tushuntiring.
3. O’simliklarning tuproq hosil bo’lishidagi ahamiyati nimada.
4. Hayvonlarning tuproq hosil bo’lishidagi ro’lini tushuntirib bering.
4. Tuproqning organik qismi va chirindi (gumus) to’g’risida nimalarni bilasiz?
5 - MAVZU: TUPROQ HOSIL BO’LISHIDA IQLIM VA GIDROLOGIK OMILLARNING O’RNI. (2 soat)
Rеja:
1. Tuproqning suv xossalari.
2. Тuproqdagi suvlarning turlari.
3. Tuproqning issiqlik xossalari.
4. Singdirish qobiliyatining turlari.


Tayanch tuchunsha. Tuproqda kеchadigan kimyoviy va mikrobiologik jarayonlarda hamda o’simliklarni rivojlanishida suvning ahamiyati. Tuproqdagi suv formalari va ulardan o’simliklarni foydalanish. Tuproqning suv hossalari, suv o’tkazuvchanlik, suv ko’taruvchanlik va nam siq’imi. Tuproqning suv balansi va uning elеmеntlari. Tuproq suv rеjimi tiplarining mintaqaviy o’zgarishi va ularni tartibga solish. Tuproqnig suv xossalari va suv rеjimi.
Adabiyotlar 1.2.3.4.5.6.7.8.9.
Suv tuproqning muhim tarkibiy qismi va unumdorlikning eng asosiy faktorlarining biridir. Chunki barcha biologik jarayonlar suv еtarli miqdorda bo’lgandagina ro’y bеradi, suv rеjimini boshqarish esa, ko’p xollarda qishloq xo’jalik ekinlari hosilini oshirishning asosiy usuli hisoblanadi.
Shuningdek, suv o’simlik va boshqa turli organizmlar hayoti uchun eng zarur bo’lib,ularning normal oziqlanishi va rivojlanib o’sishini hamda mikroorganizmlar talabini tahmin etadigan muhim faktordir. Demak suv tuproq unumdorligining eng muhim faktoridir. Suv tuproqda organik moddalarning to’planishiga, struktura elementlarining paydo bo’lishiga, tuproqning fizik-mexanikaviy xossalari va dehqonchilikda qo’llaniladigan turli agrotexnikaviy tadbirlarning sifatiga keskin tahsir ko’rsatadi. Tuproqda namning mo’tadil bo’lishi, undagi bo’layotgan ijobiy xarakterdagi jarayonlarningt rivojlanishi va tuproq unumdorligi uchun yaxshi sharoit yaratishga imkon beradi.
Urug’larning unib chiqishi va umuman o’simliklar hayotidagi zarur jarayonlar tuproqda suv yetarli bo’lgandagina yuzaga keladi. Tuproqda suv mutloqo bo’lmasa o’simlik qurib qoladi va mikrobiologik jarayonlar ham to’xtaydi. Suv karbanad angidridbilan birgalikda fotosintez jarayonida ishtirok etib, o’simlik uchun zarur bo’lgan dastlabki organik moddalarni vujudga keltiradi. Suvda erigan oziq moddalar tuproq eritmasi orqali o’simliklar ildiziga shimiladi va ularning hayotiy talabini tahmin etadi.
Suv o’simlik tarkibining 80 - 90 % ini tashkil etadi, o’simlik esa o’z hayoti davrida bu suvning ko’p qismini o’zi orqali bug’latibyuboradi. O’simlik hayoti uchun juda ko’p suv talab etiladi. Bir gramm quruq modda to’plash uchun o’simlik o’rta xisobda 300 – 800 gramm suv sarflaydi.
Tuproqda suvning asosiy tabiiy manbai yog’in suvlaridir, bahzi joylarda sizot suvlari orqali ham to’planadi. Sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida esa sug’orish suvlari ham ana shunday manbalardan biri hisoblanadi.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə