O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 138,55 Kb.
səhifə14/21
tarix30.12.2023
ölçüsü138,55 Kb.
#166049
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid-fayllar.org

Nuqta, to’g’ri chiziq va egri chiziqlar, to’g’ri chiziq kesmasi. 
IV sinf o’quvchilarida nuqta, to’g’ri va egri chiziqlar, to’g’ri chiziq 
kesmalarining aniq obrazlarini shakllantirish lozim. O’qituvchining vazifasi bu

M



29
figuralarni bo’laklarga ajratish, nomini aytish va to’g’ri ko’rsatish, 2-sinfdan 


boshlab esa harflar bilan belgilashga o’rgatishdan iborat.


Nuqta bilan o'quvchilar birinchi sinfda o’qitishning birinchi kunlaridanoq 
tanishib boradilar. Raqamlarni yozishga tayyorgarlik ko’ra turib, o'quvchilar
o’qituvchi ko’rsatganidek quyidagi topshiriqlarni bajaradilar; nuqlani katakning 
o’rtasiga qo’ying, qo’yilgan nuqtalarni namuna bo’yicha birlashtiring.

To’g’ri chiziq bilan tanishgandan so’ng o’quvchilar nuqtani to’g’ri 


chiziqqa qo’shishni berilgan 1,2,3 ta nuqtalardan to’g’ri chiziq o’ttkazishning
nuqtani to’g’ri chiziqqa nisbatan vaziyatini aniqlashni o’rganadilar. 
Birinchi sinf o'quvchilarida to’g’ri chiziq haqidagi tasavvurlar turli amaliy
mashqlarni bajarish jarayonida shakllanadi. Bunda to’g’ri chiziq egri chiziq bilan 
taqqoslanadi. Masalan, ip tarang qilib tortiladi, so'ngra ipni osilib turadigan qilib
bo'shatiladi, aytaylik to’g’ri yo’l va egri yo’l tasvirlangan rasm qaraladi, 
buklangan qog’oz varag’ining bukilish chizig'i bo’yicha qo’yiladi va h.k. har
gal qanday chiziq yoki egri chiziq hosil bo’lganligi aniqlanadi. 
O’quvchilar 2-sinfda kesmalarni harflar bilan belgilash bilan
tanishganlaridan so’ng yozma mashqlar beriladi, bunday mashqlar boshqani 
ajrata olish, shuningdek boshqa kesmalardan tuzilgan kesmalarni ajrata olish
uquvini mustahkamlaydi. 


30
Masalan:

D B C 
C
B A D 
A M
4-rasm 

K 5-rasm


Chizmadagi (4-rasm) hamma kesmalarni yozish boshi 0 nuqtadan 

bo’lgan kesmalarni (5-rasm) yozish chizg’ichi yordamida teng kesmalani


yozish, o’lchash tavsiya qilinadi. 
Asta-sekin o’quvchilar kesma bilan ko’pburchakning tomoni bo’lishi
mumkinligini aniqlaydilar va bunga tayanib II- IV sinflarda ko’pburchaklar 
ichida yangi figuralar hosil bo’ladigan qilib kesmalar yasashga doir mashqlar
bajaradilar. Masalan: beshburchak ichida bitta kesmani shunday o’tkazingki,
qirqqanda uchburchak va to’rtburchak yoki 2 ta uchburchak yoki uchburchak
va oltiburchak hosil bo’lsin. 
B
A S 

M D 

6-rasm
O'quvchilar topshiriqlarni daftarlariga bajaradilar, so’ngra doskada har 
bir masalaning turli yechimlari aniqlanadi va ko’rsatiladi.
Bunday mashqlar bolalarda fikrlash qobiliyatini va fazoviy tasavvurlarini 
rivojlantiradi, shuningdek geometrik tushunchalarini mustahkamlaydi.



31



Ко’pburchak, burchak, doira 
Bolalarda bu figuralar haqida tushuncha asta-sekin boshlang’ich sinf 
jarayonida va yuqori sinflarda shakllanib boradi.
Dastlabki paytda geometrik figuralardan didaktik material sifatida 
foydalaniladi. Bolalar unga tayangan holda sanashni, masalalar yechishni,
hisoblashni, taqqoslashni, klassifikatsiya tuzishni va boshqalarni o’rganadilar. 
Ayrim

figuralar haqidagi tasavvurlar aniqlashtiriladi; doira, uchburchak, kvadrat 


eslab qolinadi. Ko’pburchakning ayrim turlarini o’rganishga kirishiladi,


ko’pburchak elementlari; tomonlari, burchaklari, uchlari, ajratib ko’rsatiladi. 
Masalan: 3 sonini o’rganilayotganda turli uchburchaklar qaraladi.
Rangli qalin qog’ozlardan, plastmassa va yog'ochdan yasalgan uchburchak 
modellarida o’quvchilar har bir figuraning uchta tomonini, uchta uchini va uchta
burchagini ko’rsatadilar. Uchburchaklarni daftarlariga chizadilar, uchlarini 
nuqtalar bilan belgilaydilar va bo’yaydilar; uchburchak shakliga ega bo’lgan
predmetlarni topadilar, doskada chizilgan va katakli taxtachaga qo

yilgan qalin 

rangli qog'ozdan yasalgan geometrik figuralar ichidan uchburchaklarni


izlaydilar. Bunda o'quvchilar uchburchakning har bir figuraning uchta 
tomonini, uchta uchini va uchta burchagini ko’rsatadilar. Uchburchaklarni
daftarlariga chizadilar, uchlarini nuqtalar bilan belgilaydilar va bo’yaydilar, 
uchburchak shakliga ega bo’lgan predmetlarni topadilar, doskaga chizilgan va
katakli taxtachaga qo’yilgan qalin rangli qogozdan yasalgan geometrik figuralar 
ichidan uchburchaklarni izlaydilar. Bunda o’quvchilar uchburchakning har bir
turini qarashlarini o’qituvchi oldindan o'ylab qo'yishi kerak, bu uchburchak 
haqida to’g’ri tasavvur hosil qilishga yordam beradi.
Ko’rsatilgan bu mashqlar jarayonida bolalar uchburchakning quyidagi 
elementlarini to’g’ri ko’rsatishga o’rganadilar, uchlari, tomonlari, burchaklari.
So'ngra xuddi shu rejada to’rtburchaklar, uchburchaklar, burchaklar 
haqida dastlabki ma'lumotlarni оladilar, ko'pburchakning burchaklarini
ko'rsatishni о’rganadilar. 


32
So'ngra birinchi sinf o'quvchilari to'g’ri burchak bilan tanishadilar. To’g’ri 


burchakni bunday tanishtirish mumkin. Bolalar o'qituvchi rahbarligida to'g’ri


burchak modelini yasaydilar, ular bir varaq qog’ozning o’rtasidan ikki marta 
bukdaydilar va bunda hosil bo’lgan kesuvchi to’g’ri chiziqlar to’rtta bir xil
burchak hosil qilishini anglaydilar. O’qituvchi bunday burchak to’g’ri 
burchak deb atalishini aytadi.

7-rasm


So’ngra bolalar qog'oz varaqlarining har xiliga qaramasdan hosil
bo'lgan to’g’ri burchaklar teng bo’lishini bir-birining ustiga qo’yish yo’li 
bilan aniqlaydilar. To’g’ri burchak haqida tasavvurni mustahkamlash uchun
maxsus mashqlar kiritiladi. Masalan, berilgan turli burchaklar orasidagi to’g’ri 
burchaklarni topish.

8-rasm
Daftarda uning chizig’idan foydalanib tog'ri burchak chizish, to’g’ri


burchakka ega bo’lgan uchburchak chizish taklif qilinadi.



33


Yüklə 138,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə