O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


§ 1.3. Murakkab masala yechishning eng ratsional usulini



Yüklə 138,55 Kb.
səhifə11/21
tarix30.12.2023
ölçüsü138,55 Kb.
#166049
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid-fayllar.org

§ 1.3. Murakkab masala yechishning eng ratsional usulini

tanlash 
Masalalarni har xil usullar bilan yechishda masalalar yechimlarini 
taqqoslash usulidan ham foydalanish kerak. Bu usul ushbu savollarga javob
berish imkonini beradi: qaysi usul ratsional? Bir usulning ikkinchi usuldan 
afzalligi nima?
O'quvchilar tafakkurining rivojlanishida va ularda masala yechish 
malakasini shakllanishida masalaning yechilishiga har xil yaqinlashish
imkoniyatlarini tushunib yetish va bu yaqinlashishlardan eng ratsionalini 
tanlashning ahamiyati katta. Masalalarni har xil usullar bilan yechishga intilish
ham kursning amaliy yo'nalganligini xarakterlaydi, chunki bolalar turmushda 
uchratishlari mumkin bo'lgan amaliy masalalar har xil yechilish usullariga
ega, matematika darsligida berilgan masalalardan foydalanib, ularni shunga 
tayyorlash kerak.
Amalda o'qituvchilar tekshirishning natijani chamalash yoki uning 
chegaralarini aniqlash, masalani boshqa usul bilan yechish, yechish natijasining
masala shartiga to'g'ri kelishini aniqlash, masala sharti bo'yicha tuzilgan 



20
amallarning ma'nosini aniqlash va hisoblashlarning to'g'riligini tekshirib ko'rish 


kabi har xil usullaridan foydalanadilar. Oxirgisidan tashqari hamma usullar


natijani tekshirishga yo'naltirilgan va o'qituvchi uchun qiyinchiliklar 
tug'dirmaydi.
Yuqorida ko'rib o'tilgan misolimizda ikkinchi usul eng ratsional usul ekani 
shubhasiz. Ammo, bu yechishning boshqa usullarini qarash kerak emas degan
gap emasmi? Yo'q. 
Birinchidan, boshqa usullarni qaramasdan o'quvchilar qaysinisi ratsional
va nega ratsional ekani haqida xulosa chiqara olmaydilar. Ikkinchidan, 
o'tkazilgan ish rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi rejada, buning ustiga didaktik
jihatdan foydali ekani ma'lum, chunki o'quvchilarning savollarga bergan javoblari 
noma'lum miqdorni boshqa ikkita miqdor bo'yicha topishga doir o'ziga xos
mashqlar deb qarash mumkin. Bunday mashqlarni o'qituvchi odatda 
o'quvchilarga og'zaki sanoq bosqichida beradi. Mazkur holda ular maqsadga
yo'nalganlik xarakteriga ega. Bu ishning o'rgatuvchi funksiyasi shundan iborat. 
Bundan tashqari masala tahliliga har xil yaqinlashish imkoniyati faktining o'zi
bilan tanish bo'lishlik o'quvchilarning rivojlanishlarida izsiz o'tmaydi. Bitta 
masalani to'rt usul bilan yechish imkoniyati emotsional sferaga ta'sir qiladi. Bu
qiziqarli hamdir. Bunda ham qilingan ishning tarbiyaviy ahamiyati kam emas. 
O'quvchilarning yuqori darajada tayyor bo'lishlari boshqa usuldan – masala
yechilishining tayyor usullarini muhokama qilish usulidan foydalanish imkonini 
beradi.
Masalan, berilgan masalani ikkinchi usul bilan yechish mumkin, shundan 
keyin o'quvchilarga yechishning уana uchta usulini (ularni doskaga yozish kerak)
berish va ishning kollektiv formasidan foydalanib, har qaysi usulni muhokama 
qilish kerak. Guruh bo’lib bajariladigan ish formasidan foydalanish ham
mumkin: har bir qatorga bittadan yechish usulini tushuntirish topshirig'ini berish 
kerak.
Qaralgan usulni, masalan, ushbu masalani yechishda qo'llash maqsadga 

muvofiq: “Poyezd bir shahardan ikkinchi shaharga borishda yo'lning 180 km ini





21
soatiga 60 km tezlik bilan o'tdi. Qolgan yo'lni xuddi shu tezlik bilan o'tishi uchun 


4 soat ortiq vaqt kerak bo'ldi. Poyezd hammasi bo'lib necha kilometr o'tishi kerak


bo'lgan?” 
Doskada masalaning uchta yechilish usuli yoziladi va qatorlarga har qaysi
usulni tushuntirish topshirig'i beriladi: 
1-usul 2-usul
1) 180 : 60 – 3 (soat) 1) 60*4 = 240 (km)
2) 3 + 4 = 7 (soat) 2) 180 + 240 = 420 (km)
3) 60*7 = 420 (km) 3) 180 + 420 = 600 (km)
4) 180 + 420 = 600 (km)
3-usul 

1) 180 : 60 = 3 (soat)


2) 3 + 4 - 7 (soat) 
3) 7 + 3 = 10 (soat)
4) 60* 10 = 600 (km) 
O'quvchilar har bir usulni tushuntirib berishga harakat qilishadi. Shundan
keyin qaysi usul o'quvchilarga eng tushunarli bo'lgani, qaysi usul eng ratsional 
ekani aniqlanadi.
O'quvchi qaysi usul bilan masalani yechmasin, albatta bu usullardan 
tushungan holda foydalanishlari lozim.




22



Yüklə 138,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə