O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 138,55 Kb.
səhifə7/21
tarix30.12.2023
ölçüsü138,55 Kb.
#166049
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid-fayllar.org

Analitik metod – analiz, fikrlash usuli bo'lib, bunda tekshirilayotgan
obyekt (bizda murakkab masala) ni qismlarga ajratib, ajratilgan qismlarni alohida 
o’rganishdan iborat. Qismlarga ajratish bir necha marta takrorlanishi mumkin.
Analitik metod analizdan bir necha marta va ketma-ket foydalanishdan iborat. 
Shunday qilib analitik metod murakkab masalani bir necha sodda masalalar
sistemasiga ajratish imkonini beradi. Buni quyidagi misol orqali tushuntirib 
beraylik. « 4 m jun gazlamaga qancha so'm to'langan bo'lsa, 14 m ipak gazlama
uchun ham o'shancha to'landi. Ipak gazlamaning 1 metri 6 so'm tursa, jun 
gazlamaning 1 metri necha so'm turadi? Masala yechimini izlashga quyidagicha
kirishamiz: 1 m jun gazlamaning narxini topish uchun xarid qilingan jun 
gazlamaning miqdori va unga to'langan pulni bilish kifoya. Ammo masala
shartida jun gazlamaga to'langan pul aniq emas. Buning uchun «14 m ipak 
gazlamaga necha so'm to'langan?» degan sodda masalani yechamiz. 1 m 6 so'm
bo'lsa, 14*6=84 so'm to'langan. Bundan 4 m jun gazlama uchun ham 84 so'm 


11
to'langanligini o'quvchilar masalaning shartidan bilib oladilar. Endi «1 m jun 


gazlama necha so'm turadi?» degan sodda masalani yechish talab qilinadi.


84 : 4 = 21. Javob: 1 m jun gazlama 21 so'm turadi. 


Sintetik metod – tekshirilayotgan obyektni alohida qismlari o'rtasidagi
aloqalarni o'rnatib, uni yagona butun sifatida o'rganish to'g'risidagi mantiqiy 
operatsiyadir. Ya'ni predmetlarning qismlarini bir butunga keltirib (birlashtirib)
o'rganish uslubidir. Masala yechishda qaralayotgan predmet masalaning talabida 
va uning elementlari esa masala shartida bayon qilingan bo'ladi. Masala
yechimini izlashda sintetik metodning mohiyati masala shartida berilganlar 
o'rtasida aloqalar o'rnatish va shu asosda yangi ma'lumotlar olishdan iborat.
Shundan keyin talab qilingan javob olinguncha ma'lumotlar o'rtasida 
bog'lanishlar o'rnatiladi. Buni yuqorida ko'rilgan masala misolida tushuntiraylik.
Masalaning shartida quyidagi raqamlar berilgan: «4 m jun gazlama olingan», «14 
m ipak gazlama olingan», «jun gazlamaga qancha to'langan bo'lsa, ipak gazlama
uchun ham shuncha pul to'langan», «ipak gazlamaning 1 metri 6 so'm». Sintetik 
metodni savollar sistemasi va mos javoblar singari tasavvur qilamiz. U holda
shartda berilganlar orasidagi bog'lanishni quyidagicha o'rnatish mumkin. 


l. «14 m ipak gazlama olindi va uning 1 metri 6 so'm» shularni bilgan holda
nimani aniqlash mumkin? Javob: 6*14 = 84 so'm, sotib olingan ipak gazlama 
uchun to'langan pul.

2. «4 m jun gazlama va 14 m ipak gazlama sotib olindi» dan nimani bilish
mumkin? Javob: hammasi bo'lib (14 + 4 = 18 m) gazlama va 14 – 4 = 10 m 
ortiq ipak gazlama sotib olingan.


Yüklə 138,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə