O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


va havas uyg’otayotgan mutlaqo yangi o’quv tizimida yuksak ta’lim-



Yüklə 138,55 Kb.
səhifə3/21
tarix30.12.2023
ölçüsü138,55 Kb.
#166049
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid-fayllar.org

va havas uyg’otayotgan mutlaqo yangi o’quv tizimida yuksak ta’lim-

tarbiya olayotgan, eski asoratlardan, qarashlardan uzoq bo’lgan, 

zamonaviy kasb-hunarlarni o’zlashtirgan, mustaqil fikrlaydigan, ertangi

kunga intilayotgan bizning farzandlarimizdir. 

Ishonchim komil, bunday yoshlarimizning safi qancha ko’paysa, 



qancha rivoj topsa, hech shubnasiz, marra bizniki, O’zbekistonnikidir”

1

Masalalar yechish boshlang'ich sinflarda matematika o'qitishning muhim 


qismi bo'lib hisoblanadi. Boshlang'ich sinflarda sodda va murakkab masalalar
o'quvchilar bilimlarini mukammallashtirishga xizmat qiladi. Ko'pgina masalalar 
bir necha usul bilan yechiladi. Bunday masalalarni yechishda tartibga rioya qilish
bir usul bilan masala yechishni yaxshi o'zlashtirib olgandan keyingina yangi 
usulga o'tishi lozim. Bir necha usuldan eng o'ng'ayini, maqsadga muvofig'ini
tanlab olish kerak. 
Masala yechish ishi masala yechish metodini yaxshi tushunishga yordam
beradi, o'quvchilarning tashabbuskorligini, masala yechish usullariga nisbatan 
topqirlik qobiliyatini rivojlantiradi.

Mavzuning dolzarbligi: 
Boshlang'ich sinf o'quvchilariga matematika 
darsligida juda ham ko'p uchraydigan masalalar va ularning yechimlarini topish
1
I.A.Karimov Inson manfaati, huquq va erkinliklarini ta’minlash, hayotimizning yanada erkin va obod

bo’lishiga erishish – bizning bosh maqsadimizdir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligiga


bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruza. Xalq so’zi. 2012 yil 8-dekabr 


5
haqidagi ma'lumotlarni biz I sinfdayoq ularga o'rgatib ulardagi bilish va fikrlash 


qobiliyatini o'stirib borishimiz juda ham muhimdir. Masala yechishga


o'rgatishning muhimligi shundan iboratki, o'qituvchi o'zining asosiy e’tiborini 
matnli masalalar mazmunini matematika tiliga ko'chirishga qaratmog'i lozim.
Masalalar yechishdagi hisoblash ishlari sonli masalalarni yechish malakalarini 
shakllantirish mashq qilishga nisbatan kamroq vaqtni talab qiladi. Masalan, biz
o'quvchilarga masalaning yechimlari haqida to'liq tushuncha berganimizdan 
so'ng, bu yechgan masalamizning o'quvchi tushunib yecha olishi uchun biz
masalaning eng ratsional qismini aniqlab va shu usulda masala yechishga ko'proq 
o'quvchini jalb qilishimiz kerak.
Masalalalar yechish avvalo, mukammal matematik tushunchalarni 
shakllantirish, ularning dasturda belgilab berilgan nazariy bilimlarni
o'zlashtirishlarida favqulodda muhim ahamiyatga ega. Masalan, agar biz 
o'quvchilarga qo'shish haqida to'gri tushuncha shakllantirishni xohlasak, buning
uchun bolalar yigindini topishga doir yetarli miqdorda sodda masalalarni deyarli 
har gal to'plamlarni birlashtirish amalini bajarib yechish lozim.
Boshlangich sinflar uchun matematikadan dasturda bolalarni masalalarni 
yechishga o'rgatishga katta ahamiyat bergan. Bu dasturda bolalarga masalalarni
yechishda ular oldindan o'rgangan arifmetik amallarning xossalaridan 
foydalanishi va o'zlariga ma'lum bo'lgan usullardan eng ratsionalini tanlay
olishga o'rgatish zarurligi ta'kidlangan. 



Yüklə 138,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə