O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


I Bob Boshlang’ich sinflarda murakkab masalalarni



Yüklə 138,55 Kb.
səhifə5/21
tarix30.12.2023
ölçüsü138,55 Kb.
#166049
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid-fayllar.org

I Bob Boshlang’ich sinflarda murakkab masalalarni


o’rganish metodikasi

§1.1. Murakkab masalalar yechishga o'rgatish 
Boshlang'ich sinf o'quvchilari sodda masalalarni o'zlashtirib olganlaridan 
keyin, ya'ni ular shart va natijani ajratib olganlaridan keyin ma'lum va
noma'lumlarni qiynalmay ajratadigan bo'ladilar, masala yechishning dastlabki 
ko'nikmalarini oladilar, shundan keyin darsga tarkibli masalalar kiritila boshlaydi.
Murakkab masalalarni yechishga tayyorlash sodda masalalarni yechishdanoq 
boshlanadi. Eng oldin berilgan masala shartiga savol qo'yish bilan bog'liq bo'lgan
topshiriqni aytish kerak. Berilgan ma'lumotlardan foydalanib, qanday savolga 
javob berish mumkinligini to'g'ri aniqlash malakasi tarkibli masala ustida bundan
keyin ishlashda muhim rol o'ynaydi. Bu malaka hamma o'quvchida bir xil va tez 
shakllanmasligini hisobga olib, bu yo'nalishdagi ishni o'quvchilarning kuchlari
yetadigan materialdan foydalanib, ya'ni sodda masalalardan foydalanib ilgariroq 
o'tkazish kerak.
O'quvchilarni murakkab masalalarni yechishga o'rgatishda o'quvchi aqliy 
faoliyat bilan fikr yuritishi lozim. Murakkab masalalarni yechishga kirishishdan
oldin ularni turlari (xillari) bo'yicha bo'lib, so'ngra yechimini izlash metodlarini 
tanlash va tadbiq etishga kirishilsa, ish ma'lum darajada osonlashadi. Murakkab
masalani sodda masalalarga ajratish va sodda masalani yechish natijasida 
izlanayotganlar bilan berilganlar o'rtasidagi bog'lanish xarakteri aniqlanadi.
Buning asosida bu masalani yechish uchun arifmetik amal tanlanadi va natija 
hisoblanadi.
Murakkab masalani yechish bosqichlari quyidagi reja asosida amalga
oshiriladi: 1) O'quvchilar tomonidan masala mazmunini o'zlashtirish
2) masalaning tahlil qilish va reja tuzish (murakkab masalani sodda masalalarga 
ajratish va yechish rejasini tuzish)
3) masala yechish (amallar tanlash, ularni bajarish, yechishning borishini va 
hisoblashlarni yozish);



9
4) Masala yechimini tekshirish 





Yüklə 138,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə