O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 138,55 Kb.
səhifə4/21
tarix30.12.2023
ölçüsü138,55 Kb.
#166049
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid-fayllar.org

Tadqiqotning maqsadi

– Boshlang’ich sinf matematika kursining


asoslaridan biri bo'lgan murakkab masalalarni yechishni, 3-sinf o’quvchilariga
murakkab masalalar bilan ishlash metodikasini o’rgatish

Tadqiqotning vazifalari: 
1) Boshlang’ich sinflarda matematika darslarining tashkil etilishini kuzatish va 
tahlil qilish;
2) 3-sinf o’quvchilarining murakkab masalalar bilan ishlash yuzasidan olgan 
bilim, ko’nikma va malakalarini aniqlash.



6
3) 3-sinfda murakkab masalalarni yechishga o’rgatish yuzasidan uslubiy


tavsiyalar ishlab chiqish.



Tadqiqot obyekti

– 3-sinf matematikasida murakkab masalalarni


o'rganishning nazariy va uslubiy asoslarini ishlab chiqish. 


Tadqiqot metodlari – Mavzuga oid pedagogik-metodik adabiyotlarni
o'rganish; murakkab masalalarni o'rganishga doir tajriba sinov ishlarini o'tkazish 
va uning natijalarini tavsiyanoma sifatida ishlab chiqish, zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni masalalar yechishda qo'llab ko'rish. 


Tadqiqotning asosiy masalalari: 

– Boshlangich sinflarda murakkab masalalarni o'rganishni tahlil qilish;


– 3-sinfda mavjud murakkab masalalar turlari ustida ishlash, uni matematik
tilga o'tkazish usullarini tahlil qilish hamda didaktik o'yinlarni masalalar
yechishga joriy etish yo’llarini izlash. Shu asosda ilg'or pedagogik 
texnologiyalarni sinab ko'rish.

Ishning tuzilishi: Malakaviy bitiruv ishi asosan kirish qismi, 2 ta bob
hamda xulosa qismidan iborat. 
Ishda murakkab masalalarni yechishning boshlang'ich sinf o'quvchilarining
fikrlash doiralarini kengaytirishdagi ahamiyati yetarlicha asoslab berilgan va 
boshlang'ich sinf o'quvchilarida murakkab masalalarni yechish malakalarini
shakllantirish lozimligi haqida to'xtalib o'tilgan. 
Masalalarning yechimlarini topish asosan bolalarning fikrlash doiralarini
kengaytiradi, ularning masala yechishga bo'lgan qiziqishlarini orttiradi, undan 
tashqari ularning logik tafakkurlarini rivojlantirish imkonini beradi, ularda
masala yechishda uchraydigan qiyinchiliklarni yengish uchun qat’iylik va 
matonatlilikni tarbiyalaydi.
Ishning keyingi qismida boshlang'ich sinf o'quvchilarida murakkab 
masalalarni yechish malakalarini shakllantirish to'g'risida so'z boradi.
Yechilishi uchun bir nechta o'zaro bog'liq amallar bajarish talab 
qilinadigan masalalar murakkab masalalar deyiladi. Sodda masalalar kabi



7
murakkab masalalar ham bilimlarni o'zlashtirishga, olingan bilimlarni 


mustahkamlash va mukammallashtirishga xizmat qiladi.


Biz bolalarga murakkab masalalarni bitta amal bilan yechib bo'lmasligini, 
yechish uchun berilgan sonlar va izlanuvchi son orasida mos bog'lanishlarni
aniqlab, sodda masalalarga ajratish kerakligini uqtirib o'tamiz. 
Bu paragrafda asosan murakkab masalalarni yechib bo'lingandan keyin,
o'quvchilar uchun tushunishi oson bo'lgan usullarning eng ratsionalini tanlab 
yechtirish malakasini shakllantirish kerakligi haqida fikr yuritilgan.
Biz o'quvchilarga biror masalani yechish uchun topshiriq beramiz. 
O'quvchilar albatta buni mustaqil bajarishadi. Bitta o'quvchi masalani bir usulda
yechsa, ikkinchi o'quvchi esa boshqa usulda yechadi va hokazo. Biz ularning bu 
yechgan masalalarini tekshirib chiqib, bolalar tushunishi oson bo'lgan masalaning
eng ratsional usulini tanlab, shu asosida masala yechimini topishni o'rgatamiz. 



8


Yüklə 138,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə