O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


II Bob Uchinchi sinfda murakkab masala turlari va



Yüklə 138,55 Kb.
səhifə12/21
tarix30.12.2023
ölçüsü138,55 Kb.
#166049
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid-fayllar.org

II Bob Uchinchi sinfda murakkab masala turlari va


ular ustida ishlash 

§ 2.1. Vaqtga doir masalalar 
Boshlang’ich sinflarda vaqtga doir misol va masalalar qaraladi. 
Boshlang’ich sinflarda ayniqsa, III-IV sinfda ko'proq vaqtga doir misollar
qaraladi, quyidagicha masala turlari ishlanadi: 
1. Hodisalarniiig boshlanish vaqti va o’tgan vaqtiga ko’ra hodisaning
boshlanish vaqtini topishga doir masalalar. 
2. Hodisanmg tamom bo’lish vaqti va o’tgan vaqtga ko’ra hodisaning
tugagan vaqtini topishga doir masalalar. 
3. Hodisalar orasidagi vaqt oralig’ini topishga doir masala.
Bu xildagi masalalar o'zaro teskari masalalardir. Darsliklarda bu xildagi 
o’zaro teskari masalalarni bir vaqtda kirish va qarash tavsiya etiladi. Masalan,
maktabda darslar soat 9 da boshlanadi va 4 soat davom etadi. Maktabda darslar 
qachon tugaydi?
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga "Vaqt o’lchovlari" mavzusini o’rgatishda 
bolalar vaqt o’lchovining asosiy birliklari haqida konkret tasavvurga ega
bo’lishlar kerak. Bular yil, oy, hafta, sutka, soat, minut. O’qituvchining vazifasi 
о’quvchilarni vaqtni aniqlashlarida soatdan amalda foydalanishga
shuningdek, hodisaning qancha vaqt davom etganligi, boshlanishi va oxirini 
aniqlash bilan bog’liq bo’lgan har xil masalalarni yechishda foydalanishga
o’rgatishdan iborat. 
O’quvchilarga vaqtni tushuntirish dastlab tobel-kalendarning hafta kunlari
aniq tasavvurlar orqali amaliy faoliyatlari, kuzatishlari asosida shakllantiriladi. 
1 minutning qancha davom etishini shakllantirish uchun shunday mashqlar
kiritiladiki, bu mashqlar yordamida bolalar 1 minutda nima qilishga ulgurishi 
mumkinligini bilib oladilar.
O’quvchilrning o’zi hayotlarida 1 minutning ahamiyatini o'z 
tajribalaridan olib tushuntirish katta samara beradi.



23
Masalan: Ikki guruh qatnashchilari o’rtasida yugurish musobaqasi olib 


borildi. Bu musobaqada Yoqub Muzaffardan marraga bir minut oldin keldi. Agar


Muzaffar yana ham tezroq harakat qilganida shu 1 minut ichida kelgan bo’lardi. 
l. Dars soat 2 da boshlanadi va 45 minut davom etadi. Soat modelida
dars qachon tugashini ko’rsating. Masalan: 

2. Maktabda dars soatlari 8 da boshlanadi. 4 soat dars o'tilgandan keyin 


soat necha bo’ladi?
3. Agar kechasi soat 2 da yomg'ir yog'ayotgan bo’lsa, 48 soatdan keyin 
quyosh chiqib turishi mumkinmi?
Javob: yo’q mumkin emas, chunki 48 soatdan keyin yana kechasi bo’ladi. 
Ikkinchi masalani yechishda yana o’sha chizmadan foydalanish mumkin.
Chizmada o’quvchilar oldin darslarning kirish vaqtini belgilaydi va 13 sonini 
qo’yilgan belgidan chapga qarab 4 ta bo’lak sanaladi 9 raqamli belgi topiladi.
Yechilishi: 13 – 4 = 9 
Javob: Maktabda darslar soat 9 da boshlanadi. Shundan keyin o’quvchilar
bilan birgalikda berilganlarga teskari bo’lgan uchinchi masalani tuzish kerak. 
Maktabda darslar soat 9 da boshlanib soat 13 da tamom bo’ladi. Maktabda
darslar qancha davom etadi. 
O’quvchilar chizmaga asoslanib ushbu yechimni topadi.
Javob: 13 – 9 = 4 maktabda darslar 4 soat davom etadi. 
O’quvchilar masalalarning shartlari, savollari va yechimlarini taqqoslab bu
masalalarning hammasi o’zaro teskari masalalar ekaniga ishonch hosil qiladilar. 
12

9 3 3

6



24
Bundan keyin shunga o’xshash masalalarni chizmaga asoslanmay yechish 


kerak.
Vaqtga doir bu xildagi bir qator masalalarni og’zaki yechish mumkin. 


Sutka ichidagi vaqtni hisoblashga doir qaralgan holdagi masalalar bilan bir
qatorda darslikda ham masalalar ham berilganki, ularning matematik mazmuni 
shu vaqtda o’rganilayotgan mavzu mazmuni bilan o'rganiladi. Masalan;
“Vaqt o’lchov birliklari bilan yozilgan ismli sonlarni qo’shish mavzusini 
o’rganishda o’quvchilarga yechish uchun quyidagilarga o’xshash masala1ar
beriladi “. 
O’quvchi birinchi kuni 12 soatu 45 minut, ikkinchi kuni 10 soatu 35
minut havoda bo’ldi. O’quvchi ikki kun davomida qancha vaqt havoda 
bo’lgan?
Yechilishi: 12 soat 45 minut 
+ 10 soat 35 minut
22 soat 80 minut 
80 minut – 1 soatu 20 minut, shu sababli 22 soat 80 minutni o'zgartirib, 23
soat 20 minutni hosil qilamiz. Bolalarda vaqt haqidagi tasavvurlar uzoq 
kuzatishlar, tajribalarning jamlanib borishi, boshqa miqdorlarni o’rganish
jarayonida sekin rivojlanib boradi. 
Vaqt haqidagi dastlabki tasavvurlarni bolalar maktabgacha bo’lgan
davrda oladilar. Tun va kunning, yil fasllarining almashinishi, bolalarning 
hayotidagi rejimli momentlarning takrorlanishi bularning barchasi vaqt
haqidagi tasavvurlarni shakllantiradi. 
1-sinf o’quvchilarida vaqt haqidagi tasavvurlar maktabgacha yoshdagi
bolalardagi kabi eng avvalo, ularniiig amaliy faoliyatlarida shakllanadi: kun 
rejimi tabiat kalendarining yuritilishi va hikoyalar, ertaklar o’qiganlarida va
kinofilm ko’rganlarida voqealarning ketma-ket kelishini qabul qilishi, har kuni 
daftarlarda ish kunini yozib borishi bularning hammasi bola vaqt o’zgarishini
ko’rishga, vaqt o’tishini his qilishga yordam beradi. Dastur 1 sinfda bolalarni 
hafta kunlari va ularning kelish tartibi bilan tanishtirish ishini ko'zda tutadi.



25
I sinfdan boshlab bolalarning tajribalarida ko



p uchratadigan tanish vaqt 


oraliqlarini taqqoslashga kirishish zarur. Masalan; nima uzoqroq davom etadi;
darsmi yoki tanaffusmi, o’quv choragimi yoki ta’tillarmi, nima vaqt bo’yicha 
qisqaroq; bolalarning mashg’ulotlardagi vaqtimi, ota-onalarning ish kunimi?
Katta amaliy ehtiyoji borligi munosabati bilan 1-sinf o'quvchilariga vaqtni 
soat yordamida qanday aniqlashni o’rgatish foydali, bunda bolalar vaqtini
hozircha 1 soatgacha aniqlikda hisoblashga o’rganishlari yetarli. 
Vaqt birliklari bilan tanishtirish bolalarning vaqt haqidagi tasavvurlarini
aniqlashtirishga yordam beradi. Bolalar har bir vaqt birligi haqidagi konkret 
tasavvurlarni shakllantirish, ular orasidagi munosabatlarning o'zlashtirilishiga
erishish kalendar va soatdan foydalanishga o'rgatish va tugash vaqti ma'lum 
bo’lsa, uning davom etish vaqtini hisoblashga doir uncha murakkab bo’lmagan
masalalarni ular yordamida yechish, shuningdek, unga teskari masalalarni 
yechishi zarur.
“Mashinist poyezdni bir shahardan ikkinchi shaharga haydab bormoqda. U 
4 soatu 45 minut yurganidan keyin yana 2 soatu 35 minut ortiqroq yuradigan
yo’l qoladi. Mashinist poyezdni bir shahardan ikkinchi shaharga qancha vaqtda 
haydab kelishi zarur?”
Masala shartini qisqacha bunday yozish mumkin: 
Yurdi – 4 soatu 45 minut
Qoldi – ? Yurganidan 2 soat 35 minut ortiq. 
Yechilishi: 4 soat 45 minut
+ 2 soat 35 minut 
6 soat 80 minut = 7 soat 20 minut.
7 soat 20 minut 

+ 4 soat 45 minut


11 soat 65 minut = 12 soat 5 minut 


26




Yüklə 138,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə