O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


§2.3. Geometrik figuralarni almashtirishga doir masalalar



Yüklə 138,55 Kb.
səhifə15/21
tarix30.12.2023
ölçüsü138,55 Kb.
#166049
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid-fayllar.org

§2.3. Geometrik figuralarni almashtirishga doir masalalar
Geometrik figuralarni yasash malakasini har xil masalalar sistemasi
geometrik figuralarni almashtirish bilan bog’liq masalalarni yechish bilan 
mustahkamlanadi. Geometrik figuralarni almashtirish deganda, figurani teng
qismlarga bo’lish va shu qismlardan yangi figura tuzilishi tushuniladi. 
Geometrik figuralarni almashtirishga doir masalalar bilan o’quvchilar
I-II sinflardayoq tanishishgan. III-IV sinflarda bu ish davom ettiriladi va shu
bilan birga kengaytirilishi kerak. Bunday masalalar chiziqsiz qog’ozda
geometrik figuralarni yasash malakasini mustahkamlash uchungina emas
“figuraning yuzi” tushunchasini tarkib toptirish uchun ham zarurdir. Shu
bilan birga bunday masalalar o’quvchilar uchun qiziqarli bo’lishi kerak, 
chunki ular o’quvchilarda fazoviy tasavvurlarni, qobiliyatlarni rivojlantiradi,
geometrik obrazlarni o’zaro bog’liqlikda va o’zgarishda qarashga o’rgatadi. 
IV sinf o’quvchilariga yechish mumkin bo’lgan shunday masalalar
namunalarini keltiramiz: 
1. Daftarda tomoni 4 sm bo’lgan kvadrat yasa. Uni kesmalar bilan
shunday to’rtta teng qismga bo’lginki, har bir qism: 
a) kvadrat; b) uchburchak; c) to’rtburchak bo’lsin.

2. Daftaringga tomonlari 2 sm va 3 sm bo’lgan to’rtburchak chiz va uni


12 ta teng uchburchakka bo’l. 



34
O’quvchilar daftarlariga tomoni 2 sm va 3 sm bo’lgan to’rtburchak


chizadilar va uni kesmalar bilan 6 ta teng kvadratlarga bo’lishadi. So’ngra


har bir kvadratni kesma bilan 2 ta teng uchburchakka bo’lishadi. Hammasi
bo’lib 12 ta teng uchburchak hosil bo’ladi.
3. To’rtburchak chizing. Unda shunday kesma o’tkazingki, u to’rtburchakni: 
a) ikkita to’rtburchakka bo’lsin;
b) bitta uchburchak va bitta to’rtburchakka bo’lsin; 
v) bitta uchburchak va bitta beshburchakka bo’lsin;
d) ikkita uchburchakka bo’lsin. 


Berilgan figuradan figura tuzishga doir masalalar: 
1. Chiziqsiz qog’ozga uchburchakdan ikkita chiz va qirqib ol. Bu 
uchburchaklardan: a) kvadrat; b) uchburchak yasa.
Masalaning yechilishi quyidagi rasmda berilgan: 

12-rasm 


2. Chiziqsiz qog’ozda uchburchakdan to'rtta chiziq chiz va ularni qirqib ol. 
Bu uchburchakdan: a) to’g’ri to’rtburchak; b) uchburchak tuz.

13-rasm 





35


Figuralarni qismlarga bo’lish va bu qismlardan yangi 


figuralar tuzishga doir masalalar: 
1.Chiziqsiz qog’ozga tomoni 4 sm bo'lgan kvadrat chiz. Bu kvadratni ikkita 
teng uchburchakka bo’l. So'ngra ulardan:
a) to’rtburchak; b) uchburchak tuz. 
Topshiriqlarning bajarilishi natijasi berilgan.

14-rasm 

2. Chiziqsiz qog’ozga tomonlari 2 sm va 6 sm bo’lgan to’g’ri to’rtburchak
chiz. Bu to'g’ri to’rtburchakdan 1 ta teng uchburchak qirqib ol. So’ngra
ulardan uchburchak tuz. Bu masalani quyidagi rasm asosida yechish mumkin:

15-rasm
O’quvchi1ar I sinfdan boshlab to’plamlarni klassifikatsiyalash 


zaruratiga duch keladi. Masalan: оnа tili darslarida ular tovushlar to’plami va


harflar to

plamini, so’zlar to’plamini klassifikatsiyalaydilar. 


36



Yüklə 138,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə