O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


§ 2.4. Muammoli xarakterdagi masalalar



Yüklə 138,55 Kb.
səhifə16/21
tarix30.12.2023
ölçüsü138,55 Kb.
#166049
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid-fayllar.org

§ 2.4. Muammoli xarakterdagi masalalar 
Matematika o’qitishda boshlang’ich sinf o'quvchilarini, ularning idrokini,
hozirjavobligini, barcha hissiyot1arini rivojlantirish muammoli vaziyatlarni 
ham vujudga keltirishni talab etadi.
Bu vaziyatni biz ko’proq masala va misollar orqali o'quvchilar ixtiyoriga 
havola qilamiz.
Bir necha yillardan beri bizning mamlakatimizda, shuningdek, xorijiy 
mamlakatlarda muammoli o’qitish masalasi intensiv ravishda o’rganilmoqda.
Muammoli o’qitish deganda nima tushuniladi? 
Hozirgi vaqtda muammoli o'qitishning bir qiymatli ta'rifi yo’q. Shunga
qaramay, tadqiqotchilarning ko’pchiligini muammoli o’qitish yagona o’qitish 
sistemasini zaruriy tarkibiy qismi va muammoli vaziyat hosil qilish va
vaziyatlarni hosil qilish usullaridan foydalanish asosida o’quvchilarning 
reproduktiv (eslash) va ijodiy faoliyatlari birlashmasini nazarda tutadi degan
bitta fikrga moyildirlar.
Muammoli o'qitishning eng asosiy xususiyati — muammoli vaziyatni
hosil qilishdir. Didaktika tilida muammoli vaziyat hosil qilish shuni 
bildiradiki, bunda o’qituvchi o’quvchilar oldiga shunday savol qo’yadiki, ular
bu savolga bilimlari yetarli bo’lmagani uchun to’la javob bera olmaydilar. 
Matematik masalalarning savoli uning asosiy elementlaridan biri
hisoblanadi. Shu munosabat bilan bunday savol tug’iladi. Har qanday 
matematik masala muammoli xarakterga ega bo’ladimi yoki muammoli
vaziyat hosil qiladimi? Bunga mashhur polyak didaktigi B.Okon quyidagicha 
yozadi: oddiy xarakterli masala yechishdan, bir muncha farq qiladi. Bunday
muammoli masalalarda faqat yechish, hisoblashlar bajarishgina talab qilinmay 
balki, miqdorlar orasidagi munosabatlarni taqqoslash, umumlashtirish, isbotlash,
haqiqatligini aniqlash, imkoniyatining yetarliligini talab qiladi. Muammoli 
o'qitishda bosh mezon muammoli vaziyat yaratishdir. Muammoli vaziyatni
yaratishning ba'zi usullarini qarab chiqaylik. 


37
- o’quvchilarni predmet va hodisalarning umumiy va farqli 


tomonlarini aniqlash maqsadida kuzatishlar, taqqoslashlar, qarshi


qo’yilishlarga undash. 
- bolalar uchun yangi shakllar yaratish. Bu shartlar ma'lum usullar bilan
o'zgartirilishi va zarur o’zgartirishlarni bajarish degan talab qo’yish mumkin. 
- o’quvchilarni amaliy masalalar bilan tanishtirishni, bu masalalarni
o'quvchilarni bilimlar sistemasi bilan yangi masalalar yechishda ulardan 
qilinadigan talablar orasida mos kelmaslik faktlarni tahlil qilishga undaydi.
- amaliy mashqlarni mustaqil yechishda paydо bo’ladigan qat'iy
vaziyatlardan foydalanish.
- oldin bilganlarni yangi sharoitda tadbiq etish. 
- ma'lumotlari yetishmaydigan masalalardan foydalanish.
- kontrol masala shartiga qo’yilgan savollar ham muammoli vaziyat 
hosil qiladi.
Ma'lumotlari yetishmaydigan masalalar ham muammoli masalalarga 
kiradi. Ma'lumoti yetishmaydigan murakkab masalani keltiramiz. «Paxtakorlar
ikki kun davomida bir maydondagi paxtani terib olishlari kerak. Buning 
uchun qancha odam kerak bo’ladi?» О’quvchilar masalani analiz qilib uni
yechish uchun qanday ma'lumotlar yetishmayotganini aniqlaydilar. Savollarga 
javob berish uchun o’quvchilarnmg o’qish faoliyatlaridan olgan bilimlaridan
foydalanishni talab qiladigan masalalarni ham muammoli masalalar jumlasiga
kiritishimiz mumkin.
Muammoli masalalardan nanumalar: 
l. Qator turgan ikki sondan qaysi biri katta ekanligini aniqla. Bu son
ikkinchi sondan qancha katta ekaligini top. 
27 32
42 26 
35 21
57 19 


38
2. Kerakli sonlarni qo’yib jadvalni to’ldir. 


1-qo’shiluvchi 26


18 15 36 17 
38
2-qo’shiluvchi

42
34 51 21 46 50 


Yig’indi
50 76 39 
100 58 69
3. Qiziqarli kvadratning bo’sh kataklarini to’ldir. 

4
5

8 6
4. Ikkita masala tuz:

+ =
- = 


5. Xalima 7 ta ko'k bayroqcha, Matluba esa undan 3 ta ortiq qizil

bayroqcha yasadi. Matluba nechta qizil bayroqcha yasagan?


7+3=10

Javob: 10 ta qizil bayroqcha yasagan.


6. Omborlarning birida 78 qop don, iikinchi omborda 100 qop don bor. 
Ikkinchi ombordan 25 qop don olindi. Birinchi omborda ikkinchi ombordan
necha qop ortiq don bor? 


39



Yüklə 138,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə