O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 138,55 Kb.
səhifə19/21
tarix30.12.2023
ölçüsü138,55 Kb.
#166049
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid-fayllar.org

Proporsional miqdorli masalalar 
Boshlang’ich sinflarda matematika o'qitish metodikasida harakatga doir 
masalalardan tashqari proporsional miqdorli masalalar ham qaraladi. Ular
quyidagilar: 
- munosabatlar usuli bilan yechiladigan oddiy masalalar.
- proporsional bo’lishga doir masalalar. 
- ikki ayirmaga ko’ra noma'lumni topishga doir masalalar.



44
I. Munosabatlar usuli bilan yechiladigan oddiy uchlik qoidaga doir masalalar


Oddiy uchlik qoidaga doir masalalarning mohiyati shundan iboratki
oldin bir son ikkinchisidan necha marta borligini bilish kerak, so’ngra bu
sonni miqdorning ma'lum qiymati qancha bo’lsa, shuncha marta kattalashtirish 
yoki kichiklashtirish kerak. Masalan, quyidagi mashqlarni bajarish kerak.
«12 m da 12 litrdan necha marta bor? 36 soni 6 sonidan necha marta 
katta?>>.
Shuni ham aytib o’tish kerakki, oddiy uchlik qoidaga doir masalalarni 
munosabatlar usuli bilan yechishda, ularning shartlarini faqat rasmlar bilan
tasvirlamasdan, jadvallar tarzida ham yozilishi mumkin.
II. Proporsional bo’lishga doir masalalar 
Proporsionalli bo’lishga doir masalalarni kiritishdan va yechishdan oldin 
ikki amalli masalalarni yechib o’rganishi kerak bo'ladi. Proporsional
bog’lanishli masalalar o’quvchilarning masalalarni qiziqish bilan yechishlariga 
va masala shartli shaxsi tushunishiga olib keladi. Ikki amalli masalalarni
proporsional bog’lanishga oid qilib o’zgartirishi ham mumkin. «Birinchi 
marta 5 ta bir xil, ikkinchi marta esa 2 ta shunday piyola sotib olindi.
Hamma piyola uchun 42 so’m to’landi. Birinchi marta va ikkinchi marta 
qancha pul to’langan?». Bunda ko’rgazma, ya'ni chizilgan rasm o'quvchilarning
oldingi va yangi masala orasidagi о’xshashlik va farqni tushunishlarini 
osonlashtiradi, yangi masalaning yechilishini yengillashtiradi.
Proporsional bo’lishga doir ikkinchi xil masalalarni kiritishdan oldin 
ikki amalli masalalar yechish kerak.
lkki qiz bir xil lentadan olishdi. Birinchi qiz o’zi olgan lenta uchun 90
so’m,

ikkinchisi 60 so’m to’ladi. Agar bir metr lentaning bahosi 30 so'm bo’lsa, 


har qaysi qiz necha metr lenta olgan?




45
Masalaning shartini jadval tarzida yozamiz. 

Bahosi 
Miqdori
Jami puli 
1-qiz 30 so'm
2-qiz 30 so'm 
?

90 so'm
60 so'm 
Har qaysi sodda masalani yechishda o'quvchilar qatnashishmaydi. 

1) 90 : 30 = 3 m 2) 60 : 30 = 2 m


javob: birinchi qiz 3 m lenta, ikkinchi qiz 2 m lenta olgan. Bu masalani 
o'quvchilar yechganlaridan keyin ularga ikkala qiz birgalikda necha metr
lenta olganini topishni buyuradi. O’quvchilar qo’shish amalini bajarishadi.
3 + 2 = 5 m
Proporsional bog’lanishli masalalar o’quvchilarni o’ylanishga majbur qiladi. 
Jizzaxdan Samarqandga qarab avtobus soatiga 60 km tezlik bilan
to'xtamay bordi. Samarqanddan unga qarab ikkinchi avtobus yurdi va soatiga 
45 km tezlik bilan to’xtamay yurdi. Avtobuslar uchrashishdan bir soat oldin
qanday masofada bo’lishgan? 
Yechilishi: 60 + 45 = 105 km
Soat 3 da devor soati 12 sekund ichida 3 marta zang uradi. Shu soat 
kech soat 7 da 7 marta zangni necha sekundda uradi?
1) 3 – 1 = 2 zang 
2) 12 : 2 = 6 sek
3) 7 – 1 = 6 zang 
4) 6 x 6 = 36 sek



46



Yüklə 138,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə