O’zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi navoiy 2007 Ushbu matn qo’llanma bakalavriat ta`lim standartlariga kiritilgan «Pedagogik texnologiya asoslari»


O’qitishning noan`anaviy modellari



Yüklə 183,98 Kb.
səhifə11/46
tarix04.06.2023
ölçüsü183,98 Kb.
#115368
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   46
Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi-fayllar.org

O’qitishning noan`anaviy modellari.
O’qitishning noan`anaviy modellarini 3 ga ajratish mumkin:
  • hamkorlikda o’qitish modeli;


  • modellashtirish;


  • o’rganishning tadqiqot modeli.


Bu modellar asosan o’quvchi shaxsiga qaratilgan bo’lib, ularni markazda o’quvchi turgan ta`lim modellari deb ataladi.



Modellashtirish- real hayotda va jamiyatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni ixchamlashtirilshan va soddalashtirilgan ko’rinishini (modelini) sinfxonada yaratish va ularda o’quvchilarni shaxsan qatnashishi va faoliyat evaziga ta`lim olishini ko’zda tutuvchi metod.

Hamkorlikda o’rganish modeli - o’quvchilarning mustaqil guruhlarda ishlashi evaziga ta`lim olishini ko’zda tutadigan metod.

O’rganishning tadqiqot modeli - o’quvchilarni muayyan muammoni yechishga yo’naltirilgan, mustaqil tadqiqot olib borishini ko’zda tutuvchi metod.
O’qitishning an`anaviy va noan`anaviy shakllarining yutuq va kamchiliklarini quyidagi jadval asosida tahlil qilamiz:



Ta`limning an`anaviy shakllari


Afzalliklari


Kamchiliklari
  • ma`lum ko’nikmalarga ega bo’lgan va aniq ma`lum tushunchalarni, fanni urganishda foydali.


  • O’qituvchi tomonidan o’qitish jarayonini va o’qitish muxitini yukori darajada nazorat kilinishi.


  • Vaqtdan unumli foydalanish.


  • Aniq, ilmiy bilimlarga tayanish.





  • O’quvchilar passiv ishtirokchi bulib koladilar.


  • O’qituvchining to’la nazorati barcha o’quvchilar uchun motivasiyani vujudga keltirmaydi.


  • O’quvchilar o’qituvchi bilan bevosita muloqatga kirisha olmaydi.


  • Eslab qolish darajasi hamma o’quvchilarda bir xil bo’lmaganligi sababali, sinf bo’yicha o’zlashtirish darajasi past bo’lib qolishi mumkin.


  • Mustaqil o’rganish va yechimlar qabul qilish uchun sharoitlar yaratilmaydi.






Yüklə 183,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə