O’zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi navoiy 2007 Ushbu matn qo’llanma bakalavriat ta`lim standartlariga kiritilgan «Pedagogik texnologiya asoslari»


An`anaviy va noan`anaviy o’qitish shakllari



Yüklə 183,98 Kb.
səhifə10/46
tarix04.06.2023
ölçüsü183,98 Kb.
#115368
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   46
Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi-fayllar.org

An`anaviy va noan`anaviy o’qitish shakllari
An`anaviy o’qitish shaklllari. O’nlab yillar o’tkazilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko’rsatadiki, an`anaviy dars o’tish ta`limning samarali modellaridan biri bo’lib qolmoqda.
An`anaviy dars- muayyan muddatga mo’ljallangan, ta`lim jarayoni ko’proq o’qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta`lim modelidir.
O’quv materiali yangi va ancha murakkab bo’lganda, an`anaviy dars - ko’p hollarda ta`lim jarayonining birdan-bir metodi bo’lib qolmoqda.
Ma`lumki an`anaviy darsda ta`lim jarayonining markazida o’qituvchi turadi. Ssu bois, ba`zida an`anaviy darsni markazida o’qituvchi turgan o’qitish usuli deb ham atashadi.
Markazda o’quvchi bo’lgan o’quv jarayonining, darsning maqsadi va uning ijobiy jihatlari quyida keltirilgan asoslarga tayanadi:
  • O’quvchining o’qishga bo’lgan ishtiyoqini oshirib borish


  • Ilgari egallangan bilimlarni ham inobatga olish


  • o’qish jarayoni tezligini muvofiqlashtirish


  • o’quvchi tashabbusi va majburiyatini qo’llab-quvvatlash


  • Amaliyot orqali o’rganish


  • Ikki tomonlama fikr- mulohazalar bilan ta`minlash


  • O’qish jarayonini tugri yo’lga qo’yish


  • O’qituvchi- o’quvchilar uchun o’quv jarayonini engillashtiruvchi shaxs


  • o’quv jarayonini baholash


An`anaviy dars o’tish modelida ko’proq ma`ruza, savol-javob, amaliy mashq kabi metodlardan foydalaniladi. Shu sababli, bu hollarda an`anaviy dars samaradorligi ancha past bo’lib, o’quvchilar ta`lim jarayonining passiv ishtirokchilariga aylanib qoladilar. An`anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli- tuman o’quvchilar faolligini oshiradigan metodlar bilan boyitib borilsa, o’quvchilar o’zlashtirish darajasini ko’tarilishiga olib keladi.


Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, o’qituvchi tomonidan o’quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta`lim jarayonida faolligi muttasil rag’batlantirilib turilishi, o’quv materialini kichik-kichik bo’laklarga bo’lib, ularning mazmunini ochishda bahs, munozara, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, tadqiqot rolli o’yinlar metodlarini qo’llash, rang-barang qiziqtiruvchi misollarning keltirilishi, o’quvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash, rang-barang baholash usullaridan foydalanish, ta`lim vositalaridan o’rinli foydalanish talab etiladi.


Yüklə 183,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə