O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti “tarix o’qitish metodikasi” kafedrasi Umumiy pedagogika va shaxsiy rivojlanish O’qituvchi: O. O. Bazarov



Yüklə 4,58 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü4,58 Kb.
#180343
TARBIYA METODLARI

TARBIYA METODLARI

XAKIMOVA NODIRA

Tarbiya metodlari va vositalari 1. Tarbiya metodlari to'g'risida tushuncha 2. Tarbiya metodlari klassifikatsiyasi 3. Tarbiya metodlari tasnifi

1. Tarbiya metodlari to'g'risida tushuncha


Tarbiya nazariyasida tarbiya metodi - tarbiya vazifalarini hal etishga yo'naltirilgan, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning o'zaro aloqador faoliyati yo’li ekanligi ta'kidlab o'tilgan. Bu tarbiya jarayonini tarbiyaning asosiy qonuniga mosligini va o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro aloqador faoliyati sifatida tushunishni ifodalaydi.

Pedagoglar tarbiyalanuvchilarning turli faoliyatlarini tashkil etib. ishontirish, namuna, mashq, talab, jazolash va rag'batlantirish orqali ta'sir etadilar.

2. Tarbiya metodlari klassifikatsiyasi


Tahlillar shuni ko'satadiki, klassifikatsiyalar asosini shaxsning u yoki bu sohasiga (ongiga, xulqiga, hissiyotiga) ta'sir etish yo'naltirilishi bilan xarakterlanadi. Boshqacha aytganda shaxsni bilimini, qaraslilarini, idrokini shakllantirishga yo'naltirilgan metodlar bor.

a) ongni shakllantirish metodlari: liikoya, suhbat, ma'ruza, munozara, muhokama; b) faoliyatni taslikil etish va xulq-atvorni shakllantirish metodlari: mashq, o'rgatish, topshiriq, talab va tarbiyaviy vaziyatlarni yaratish; d) xulqni stimullashtiruvchi metodlar: musobaqa, o'yin, taqdirlash va jazolash; e) nazorat, o'z-o'zini nazorat, o'z-o'zini baholash metodlari: kuzatish, so'rov, faoliyat natijalarini tahlil qilish.

3. Tarbiya metodlari tasnifi


Ongni shakllantiruvchi metodlar.
Bu metodlar birinchi navbatda shaxsning ongiga, uning aqliy, intellektual, hissiy sohalariga murojaat qiladi. Ishontirishning asosiy manbai, instrumenti bu - so'z, xabar, ma'lumot va ma'lumot muhokamasi.
Ma'ruza, hikoya, tushuntirish — bu og'zaki metodlar, ma’lumotni tahlil qilish va xabar berish bo'lib, tarbiyaviy mazmun va mohiyat kasb etadi.

Tarbiyachi metodik adabiyotlardan mavzularni, material mazmunini va o'quvchilar bilan tarbiyaviy suhbatiami o'tkazish bo’yicha tavsiyalarni topadi. Tarbiyachi o'quvchilar bilan suhbat uchun mamlakat, dunyo, yoshlar hayotining turli tomonlarini ifodalovchi materiallarini ominaviy axborot vositalaridan ham olishlari mumkin. Suhbat munozara, muhokama sifatida o'quvchilarni o'zlaridan intellektual va emotsional faollikni talab etuvchi metod liisoblanadi.

1) etik mavzular (ijtimoiy ma'naviy-axloqiy me'yorlar, jamiyatda ustuvor o'rin tutuvchi ijtimoiy munosabatlar, jamoa orasida o'zini tutish qoidalari va boshqalar); 2) estetik mavzular (tabiat go'zalligi, shaxslararo munosabatlar, inson go'zalligi); 3) siyosiy mavzular (davlatning ichki va tashqi siyosati, dunyo voqealari, xalqaro munosabatlar va hokazolar); 4) ta’lim va bilishga oid mavzular (koinot, hayvonot va o'simliklar dunyosi, elektronika va boshqalar).

Muhokama— tarbiyaning maxsus metodi bo'lib, qarama-qarshi fikrlarning to'qnashuvini ifodalaydi.


Yüklə 4,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə