O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


III. Ko’rish qobiliyati zaif o’quvchilar bilan ishlashda o’qituvchining vazifasi



Yüklə 68,16 Kb.
səhifə11/20
tarix11.12.2023
ölçüsü68,16 Kb.
#144394
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
fO5vQP63ken5pDzXa6gO6k4nyQv63OApNffFM2FH

III. Ko’rish qobiliyati zaif o’quvchilar bilan ishlashda o’qituvchining vazifasi



  • Agar sinfda ko’zi yaxshi ko’rmaydigan o’quvchi bo’lsa birinchi navbatda ota-onasiga murojaat qilib, uni ko’z vrachi mutaxassisga ko’rsatishni tavsiya qilish kerak.

  • Ba’zida bolaning ota-onasi ko’zi ojizligini yashirishga harakat qiladilar. Oddiy maktab sharoitida ko’zga zo’r berish qanday oqibatlarga olib kelishini o’ylamaydilar. O’qituvchi bu tomonlarini ham ota-onalarga tushuntirib o’tishi lozim.

  • Ko’zi yaxshi ko’rmaydigan bolalarni o’z vaqtida aniqlamaslik, ularning ulgurmasligiga, so’ngra esa ta’lim-tarbiyadagi buzilishlarga olib kelibgina qolmay, balki busiz ham ko’zdagi nuqsonni yanada og’irlashtirib yuborishiga sabab bo’lishi mumkin.

  • Shuni unutmaslik kerakki, umumta’lim maktab o’quvchisi uchun oddiy bo’lgan ko’pgina mashg’ulotlar masalan egilish, qattiq sakrash, jismoniy tarbiya darsida og’irliklarni ko’tarish kabilar ham bolaning ko’rish qobiliyatiga zarar etkazishi mumkin.

  • O’qituvchu sinfda ko’zi ojiz borligini nazarda tutgan holda bunday bolalar uchun alohida ko’rgazmalar tayyorlab, dars o’tishi lozim.

  • Bolaning ko’rish qobiliyatini himoya qilish uchun ota-onalar bilan hamkorlikda ko’zoynak taqishni tashkillashtirish lozim.


IV. Aqli zaif bolalar bilan ishlashda o’qituvchining vazifasi

Umumta’lim maktablarida o’qiyotgan aqli zaif bolalarni bilish faoliyati bilan sog’lom bolalar bilish faoliyatlarini farqlay bilish lozim.



  • Sog’lom bolaga qo’yilgan o’quv-dastur talabini aqli zaif bolaga qo’llamaslik.

  • Dars jarayonlarida aqli zaif bolalarni o’zlashtirish qobiliyatiga mos keladigan vazifalar berib boorish lozim.

  • Bolani darslarni o’zlashtirmasligi uchun o’quvchilar o’rtasida izza qilmasdan, balki uning ayrim yutuqlarini hisobga olib rag’batlantirish choralarini ko’rish.

  • Umumiy aqli zaif bolalarni umumta’lim maktablarida o’qitish ishi o’qituvchi oldida ancha murakkab muammolarni keltirib chiqaradi. Bu o’rinda o’qituvchilarimiz ularning ota-onalari bilan hamkorlikda ish olib borishi, bolalarini xarakter xususiyatlarini hisobga olgan holda ular bilan dars jarayonida ish olib borish muhim ahamiyatlidir.

Nuqsonli bolalarni hayotda o’z o’rnini topishi, kelajakda o’z mehnati evaziga hayotkechirish ko’nikmasiga ega bo’lish, o’qituvchilarimizning oldida turgan asosiy vazifa hisoblanadi.
Umuman xulosa qilib aytadigan bo’lsak umumta’lim maktablarida o’z sog’lom tengqurlari qatorida o’qiydigan bolalarga o’qitish va ta’limni to’g’ri tashkil qila bilish har bir o’qituvchini mas’uliyatli burchi bo’lib qolishi kerak.
Nogiron bolalarga ularga nogiron deb faqatgina nuqson jihatdan yondashishi emas, balki bu bolalrga har tomonlama yondashish lozim. Bu esa maxus ehtiyojli bolalar uchun ta’lim masalasini rejalashtirayotgan uning butun hayoti davomida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan ehtiyojini hisobga olgan holda tuzishni talab etadi. Bundan tashqari inklyuziv ta’limda nogiron boladagi mavjud nuqonlarni bartaraf etish, korreksiyalash, kompensasiya qilish bilan bir qatorda bilim ko’nikmalarga ega qilish, kasb hunarga o‘rgatish ishlarini parallel ravishda olib borish talab etiladi. Bu tamoyilning mohiyatida maxsus ehtiyojli bolalarga ilk yosh davrida erta yondashish ham yotadi. Maxsus ehtiyojli bolalar ta’limi boshlang‘ich va o‘rta-maxsus ta’limni olishlari blan yakunlanmasligi kerak. Nogiron bolalarning kasb-hunar ta’limi va oliy ta’limi ham amalga oshirilishi taalab etadi. Chunki inklyuziv ta’lim tizimining vazifalaridan biri maxsus ehtiyojli bolaarni har tomonlama rivojlantirish, ularning barcha huquqlarini ta’minlashdan iboratdir. Inklyuziv ta’limga yangicha fikrlarning talqin etilishi milliy, tashkiliy va uslubiy islohotlarni talab etadi. Maxsus ta’limga muhtoj bolalar hozirgi maktab tizimida ehtiyojlari qondirilmayotgan bolalardir. Shu sababdan maktablar barcha bolalarning turli xildagi va umumiy maqsadlari, intilishlari, qiziqishlariga javob berishi va ularning bilim olishlarini ta’minlashi lozim.Inklyuziv ta’limni rivojlantirish uchun umumiy ta’lim tizimiga tarkibiy o‘zgartirishlar kiritish muhimdir. “Umum ta’lim” va “maxsus ta’lim” o‘rtasidagi to‘siqlar olib tashlanishi kerak. Maxsus ta’lim oddiy ta’limning bir qismi bo‘lishiga qaramasdan, o‘zining o‘quvchilari, o‘qituvchilari, boshqaruv jamoasi va ta’minot tizimidan tashkil topgan ikkita ta’lim tizimi amalda qo‘llanilib kelinmoqda. Barcha o‘quvchilarning talablariga javob beruvchi “Inklyuziv maktab”da bunday tizimga ehtiyoj qolmaydi. Islohotlar ta’lim maqsadlarining amaliyotini boshqarish mumkin, lekin ularning pedagogik amaliyotini to‘g‘ridan-to’g’ri boshqara olmaydi. Shu sababdan samarali bo‘lishi uchun islohotlar yaxshi muhokama qilinishi va ta’lim tizimi boshqaruvchilar hamda uni amalda qo‘llovchilar tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak.
Inklyuziv ta’lim quyidagi shart-sharoitlarda tashkil etilishi mumkin: ommaviy maktabgacha tarbiya muassasalari, umumiy o‘rta ta’lim maktab sinflari (guguhlari)da umumiy va alohida yordam olish, logoped xonalarida korreksion pedagogik yordam olish, korreksion sinf (guruh)larda maxsus ta’lim olish shaklida. Inklyuziv ta’lim tizimiga maxsus yordamga muhtoj bolalarni viloyat (shahar, tuman) halq ta’limi bo‘limlari tomonidan tibbiy-psixologo-pedagogik komisiya faoliyatida “Respublika, viloyat, tuman tibbiy- psixologo-pedagogik komissiyalar to‘g‘risida”gi Nizom asosida qabul qilinadi.


Yüklə 68,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə