O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlash yo‘llari



Yüklə 68,16 Kb.
səhifə13/20
tarix11.12.2023
ölçüsü68,16 Kb.
#144394
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
fO5vQP63ken5pDzXa6gO6k4nyQv63OApNffFM2FH

Inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlash yo‘llari
Inklyuziv ta’limga jalb etish global muammolardan biri hisoblanadi. Inklyuziv ta’limning asosiy qismi-bolalarga bilim olishi uchun do‘stona munosabatda bo‘lish va o‘qishga imkon beruvchi muhitni yaratishdir. Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning hayotga ilk yoshdan ya’ni 6 yoshgacha e’tibor berilsa, ancha yuqori samaralarga erishish mumkin. Imkoniyati cheklangan bolalarni ta’lim–tarbiyaga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga mos bo‘lgan siyosatni ishlab chiqish inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlashning asosidir.
Inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlashda quyidagi masalalarni hal etish lozim:
-Jamiyatda ijobiy munosabatni ishlab chiqish
Jamiyatda insonlar orasida nogiron bolalar haqida bilimlarning yetishmasligi oqibatida maxsus ehtiyojli bolalar ta’limdan chetda qolib ketmoqdalar. Bundan tashqari nogiron bolaning qobiliyatlari, huquqlari va ehtiyojlari muntazam ravishda qadrlanmasa, bolalarda o‘ziga va qobiliyatlariga nisbatan salbiy munosabat shakllanib boradi.

-Inklyuziv ta’lim muhitini rivojlantirish.

Inklyuziv ta’limning asosiy qismi bolalarga bilim olish uchun do‘stona munosabat va o‘qishga imkon beruvchi muhitni yaratish lozim. Bolalar maktabga bexatar, qiyinchiliklarsiz yetib borish imkoniga ega bo‘lishlari lozim. Bundan tashqari, amaldagi umumta’lim uslubiyatiga bolani moslashtirishdan ko‘ra, dars jadvalini sharoitni, uslubiyatni va o‘quv qurollarini o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Bunday o‘zgartirishlar nafaqat maxsus ehtiyojli bolalar, balki normal rivojlanishdagi bolalar uchun ham ta’lim sifatini yaxshilaydi.

-Ilk yoshdan aralashuv.

Qisqa qilib aytganda bolaning hayotiga ertaroq e’tibor berilsa, natijasi bolaning keyingi rivojlanishida samarali ta’sir ko‘rsatadi.

-Ijobiy namuna bo‘la oladigan insonlar obrazini yaratish.

Bolada o‘ziga ishonch va o‘zini qadrlash hissini rivojlantirishda kattalarning qiyofasi juda muhim. Lekin juda ko‘p imkoniyati cheklangan o‘quvchilar o‘sib, ulg‘ayayotgan bir paytda o‘zlariga o‘xshagan imkoniyati cheklangan katta odamlarning uchratmaydilar va katta bo‘lish qandayligini tasavvur ham qila olmaydilar. Shuning uchun ham maxsus ehtiyojli kattalar imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning ta’limida doimiy ishtirok etishlari kerak. Chunki katta yoshdagi imkoniyati cheklangan insonlar, ota-onalarga farzandiga ta’lim berish muhimligini tushuntirishi mumkin. Buning uchun esa imkoniyati cheklangan kattalarni maktablarga taklif etish kerak. Shunda ular o‘zlarining hayotda erishgan yutuqlari haqida gapirib beradilar. Buning natijasida inklyuziv ta’limni targ‘ib qilishda katta imkoniyat yaratiladi.


Yüklə 68,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə