O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Inklyuziv ta’limda moslashuvchanlik tamoyili



Yüklə 68,16 Kb.
səhifə16/20
tarix11.12.2023
ölçüsü68,16 Kb.
#144394
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
fO5vQP63ken5pDzXa6gO6k4nyQv63OApNffFM2FH

Inklyuziv ta’limda moslashuvchanlik tamoyili.
Bu tamoyilning mazmuni shundaki, o‘quv reja, dastur va darsliklar maxsus ehtiyojli bolalarning imkoniyatlariga moslashuvchan bo‘lishi kerak. Bolaning maxsus ta’limga bo‘lgan ehtiyojlari har qanday integratsiya faoliyatining asosini tashkil etishi kerak. Shaxs ehtiyojlarining darajalari va turlari har xil bo‘lganligi tufayli bunday faoliyatlar moslashuvchan hamda o‘zgaruvchan bo‘lishi talab etiladi.

Malakaviylik tamoyili.

Imkoniyati cheklangan o‘quvchilar inklyuziv tarzda o‘qitilayotgan sinflarda yuqori malakali o‘qituvchilarning dars berishi talab etiladi. Bundan tashqari inklyuziv sinf o‘qituvchisi defektologiya sohasi bo‘yicha ham malaka oshirgan bo‘lishi kerak.


Nazorat savollari:
1.Inklyuziv ta’limning ma’'nosi nima?
2.Inklyuziv va integrasion ta’lim o‘rtasidagi umumiylik va farqli jihatlarni sanab bering.
3.Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning qanday haq-huquqlari bor?
4.Inklyuziv ta’limni samarasini va ahamiyatini nimalarda ko‘rish mumkin?
Amaliy topshiriqlar
1 – topshiriq :
Aylanma belanchak” mashqi.
Maqsad: mavzu moxiyatini ochib berish, mavzuga aniqlik kiritish, bilim, tasavvur, fikr doirasi kengligini aniqlash, muloqotga kirishish va birgalikda ishlashga o‘rgatish.
Kerakli jixozlar: A-4 formatdagi 4 ta oq qog’oz va 4 xil flamaster.
O’tkazish tartibi?
Trenerning baxt haqidagi so‘zi.
Sinf o‘quvchilari 4 ta guruhga bo‘linib, 4 ta stol atrofiga doira shaklida o‘tiradi. Har bir stolga bittadan A-4 formatidagi oq qog’oz va bittadan flamaster beriladi. Mavzu yuzasidan 4 ta savol 4 ta guruhga tarqatiladi, javoblarni qog’ozlarga yozib qo‘yishadi. Bunda har bir savol uchun vaqt ajratiladi. Trener “ stop” deganda guruhlar yozishdan to‘xtab, qog’ozlar guruhlar ichida o‘zaro almashiladi.
Savol:

  1. Menimcha baxt bu...

  2. Baxtli bo‘lish uchun inson nima qilish kerak?

  3. Yaqinlaringizni baxtli qilish uchun nima qilish kerak?

  4. Baxtli insonni qanday tasavvur qilasiz?

Mashq yakunlanganda har to‘rtala savolga har bir guruhning javobi yozib bo‘linadi va guruhlardan bittadan o‘quvchi o‘z guruhining qog’oziga yozilgan javoblarni o‘qib beradi.



Yüklə 68,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə