O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Yüklə 68,16 Kb.
səhifə17/20
tarix11.12.2023
ölçüsü68,16 Kb.
#144394
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
fO5vQP63ken5pDzXa6gO6k4nyQv63OApNffFM2FH

2-topshiriq:
Baxtiyor damlar” mashqi
Maqsad: asab tizimini tinchlantirish, tushkunlikka tushgan odamlarni psixologik qo‘llab-quvvatlash.
O’tkazish tartibi:
Sokin musiqa qo‘yiladi, ishtirokchilar o‘zlarini bo‘sh qo‘yib, ko‘zlarini yumgan holda trener tomonidan aytilgan narsalarni tasavvur qiladilar.
Trener so‘zi:
O’zingizni baxtiyor, xursand his etgan damni eslang, o‘shanda qayerda, kimlar bilan ekanligingizni yodga oling, hozir ham o‘zingizni xuddi o‘sha joyda deb tasavvur kiling. Siz buni yodga oldingiz va hozir ham xuddi shunday narsalarni xis etyapsiz, siz o‘sha paytdagi holatingizni qanday atardingiz:

  • shodlik, xursandchilik, bemalollik, betashvishlik, quvonch, baxt...

O’sha baxtiyor damlaringiz o‘tmishda qolgan bo‘lishi mumkin, ammo undagi xursandchilk, kayfiyat doimo siz bilan qoladi. O’sha paytdagi tuyg’ularingizni xis qilgan holda hozirgi holatingizga qayting.
Trener so‘zini tugatgach ishtirokchilar ko‘zlarini ochadilar. Hohlagan o‘quvchi his qilgan kayfiyat haqida gapirib berishi mumkin.


3-topshiriq:
Men o‘zimni tahlil qilaman” individual ishlash
Ishtirokchilarga quyosh, bulut va yomg’ir tomchilari tasvirlangan qog’oz varaqlari tarqatiladi.
Ko‘rsatma: Ko‘rib turganingizdek, Sizning qo‘lingizda quyosh, bulut va yomg’ir tomchilari tasvirlangan varaqlar. Har bir insonning ijobiy va salbiy sifatlari mavjud. Ijobiy sifatlar bizga yashashga, maqsadga erishiga, rivojlanishga yordam bersa, salbiy sifatlar ko‘pincha haytda to‘siq, to‘g’anoq bo‘lib xizmat qiladi. Keling, quyoshning nurlari ichiga o‘zimiznig ijobiy siyaatlarimizni yozib chiqamiz. Agar istasangiz, quyoshning o‘rtasiga o‘z avtoportretingizni ham ifodalashingiz mumkin.
Endi mana bu ikkita bulutda esa Siz uchun kaatta to‘siq bo‘layotgan, muvaffaqiyatga, maqsadshga erishishingizda to‘g’anoq bo‘layotgan ikkita salbiy sifatni yozing. Yomg’ir tomchilariga esa kundalik hayotingizdagi Sizga ma’qul kelmaydigan, Siz kamchilik deb hisoblaydigan sifatlar salbiy sifatlarni yozing. Balki ular Sizga yashash uchun unchalik ham halaqit bermayotganldir?
Hohlagan o‘quvchi o‘z yozganlarini o‘qib berishi mumkin.

Yüklə 68,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə