O’zbekiston respublikasi xududiga olib kirilayotgan va chetga chiqarilayotgan tovarlar, ularni majburiy sertifikatlashtirish tartibi mundarija kirish I bob. O’zbekiston respublikasida sertifikatlashtirish faoliyati


Chet el muvofiqlik sertifikatlarini e'tirof etish



Yüklə 76,66 Kb.
səhifə10/17
tarix22.12.2023
ölçüsü76,66 Kb.
#153916
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Sertifikatlashtirish asoslari

Chet el muvofiqlik sertifikatlarini e'tirof etish.
Sertifikatlashtirish idorasi e'tirof etish to‘g‘risida bitim tuzilgan MDH mamlakatlaridan va uzoq xorijiy mamlakatlardan olib kelinadigan mahsulotga sertifikatlarni e'tirof etish huquqiga ega.
E'tirof etish tartiboti sertifikatlashtirish idorasining bir turdagi mahsulotni sertifikatlashtirish tartibida, "O‘zstandart" agentligining me'yoriy hujjatlariga muvofiq belgilangan bo‘lishi kerak.
Xalqaro tizimlar va bitimlar doirasida amalga oshiriladigan sertifikatlarni e'tirof etish ushbu tizimlar va bitimlarda belgilangan, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan qoidalarga muvofiq o‘tkaziladi.
Sertifikat talablarga muvofiq bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasida belgilangan ana shunday talablardan qolishmaydigan mahsulot uchun e'tirof etiladi.
Me'yoriy hujjatlarda sertifikatlashtirish uchun shart bo‘lgan yoki kontraktda belgilangan qo‘shimcha talablar mavjud bo‘lgan taqdirda mahsulot ushbu talablarga muvofiqlik yuzasidan sinab ko‘rilishi kerak.
Olingan hujjatlar va materiallarni tahlil qilish, shuningdek mahsulotni identifikasiyalash asosida sertifikatlashtirish idorasi chet el muvofiqlik sertifikatini e'tirof etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Eksport qiluvchi mamlakatning Milliy sertifikatlashtirish tizimiga berilgan muvofiqlik sertifikatini e'tirof etish uni import qiluvchi mamlakatning muvofiqlik sertifikatiga qayta rasmiylashtirish va Yagona davlat reestriga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Mahsulotni shtrixli kodlashtirish.
Ariza beruvchi o‘z xohishiga ko‘ra tasniflash Yevropa tovar raqamlanishi uyushmasi (EAN) hozirgi vaqtda GS1 tomonidan kodlashtirish borasida korxonaning ro‘yxatdan o‘tkazish raqamini hamda ishlab chiqariladigan tovarning bir kun mobaynida beriladigan raqamli kodini olish uchun "EAN Uzbekistan"ga murojaat qiladi.
"O‘zstandart" agentligi tomonidan, belgilangan tartibga muvofiq shtrixli kodning original - maketi tayyorlanadi va beriladi.
Kod berish bo‘yicha xizmatlar qiymati, shuningdek a'zolik badallari miqdori "EAN Uzbekistan" qatnashchilari tomonidan belgilanadi. Shtrixli kodning original - maketlarini tayyorlash va berish qiymati O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida deklaratsiya qilingan tariflar bo‘yicha belgilanadi.

Yüklə 76,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə