O’zbekiston respublikasi xududiga olib kirilayotgan va chetga chiqarilayotgan tovarlar, ularni majburiy sertifikatlashtirish tartibi mundarija kirish I bob. O’zbekiston respublikasida sertifikatlashtirish faoliyati


II BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SERTIFIKATLASHTIRISH QOIDALARI



Yüklə 76,66 Kb.
səhifə11/17
tarix22.12.2023
ölçüsü76,66 Kb.
#153916
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Sertifikatlashtirish asoslari

II BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SERTIFIKATLASHTIRISH QOIDALARI.


II.1 Maxsulotlarni sertifikatlash qoidalari.

Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish Milliy tizimida respublikada ishlab chiqariladigan va chetdan keltiriladigan mahsulotni sertifikatlashtirishga tayyorlash va o‘tkazishning umumiy talablarini belgilaydi.


Umumiy qoidalar
1. Mahsulotlarni, shu jumladan dasturiy va boshqa ilmiy-texnikaviy mahsulotlarni sertifikatlash mazkur Qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
2. Mahsulotlarni sertifikatlashni tashkil qilish va o‘tkazish ishlari belgilangan tartibda akkreditsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Bojxona rasmiylashtiruvida O‘zbekiston Respublikasi bojxona organi muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddatini, shuningdek, muvofiqlik sertifikatida ko‘rsatilgan tovarning nomini haqiqatda olib kelingan tovarning nomi bilan tekshiradi.
3. Sertifikatlashning alohida chizmalari mahsulotlarni sertifikatlash bo‘yicha tegishli qoidalarida va mahsulotlarga talablarni o‘z ichiga olgan boshqa normativ hujjatlarda belgilanadi. Bunda tekshirishlar hajmiga qarab sertifikatlashtirish chizmasining murakkabligi, mahsulotning xavfsizlik darajasiga bog‘liq holda aniqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish Milliy tizimida qo‘llaniladigan, sertifikatlashning tavsiya etiladigan chizmalari ushbu Qoidalarning 1-ilovasida keltirilgan.
Har bir muayyan holatda Sertifikatlashtirish Organlari arizachining taklifini, yetkazib beriladigan mahsulot hajmi va muddatini, sinash usullarini, ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlarini va uning barqarorligining buzilish xavfi mavjudligini, shuningdek mazkur mahsulotning iste’molchilar uchun potensial xavfini hisobga olgan holda sertifikatlash chizmasini tanlaydi.
Xalqaro tizimlar yoki bitimlar doirasida sertifikatlashtirish ushbu hujjatlarda nazarda tutilgan chizmalar bo‘yicha bajariladi.
4. Sertifikatlashtirishda, mahsulot muvofiqligini tasdiqlanishi lozim bo‘lgan xususiyatlar ro‘yxati, tekshirish va sinash usullari keltirilgan, sertifikatlashtiriladigan mahsulotga me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablarga mos ekanligi tasdiqlanadi.
Me’yoriy hujjatlarda sertifikatlashtirish sinovlari to‘g‘risida bo‘lim keltirilmagan yoki davlatlararo standartlarni qo‘llanishi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u holda Sertifikatlashtirish Organlari me’yoriy hujjatda yoki xalqaro standartlarda ko‘rsatilgan tavsiflar majmuidan birinchi navbatda xavfsizlik bo‘yicha talablarni belgilovchi ko‘rsatkichlarni tanlaydi.
5. Sertifikatlashtirishda, muayyan mahsulot uchun me’yoriy hujjatdan tashqari, mahsulotning majburiy talablarini belgilovchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga va boshqa rasmiy nashr etilgan me’yoriy hujjatlarga ham amal qilish lozim.
6. Mahsulot sinovlarini o‘tkazishda, takrorlashga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, akkreditatlangan sinov laboratoriyalari boshqa akkreditatlangan sinov laboratoriyalarida o‘tkazilgan sinov natijalarini o‘zaro tan olishlari lozim.
7. Sertifikatlashtirish ishlariga haq to‘lash, arizachi tomonidan muvofiqlikni baholash ishlari natijalaridan qat’i nazar, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda, sertifikatlashtirish ishlari to‘lov oldindan amalga oshirilgandan so‘ng bajariladi.


Yüklə 76,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə